Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Yo‘lakdagi majhul kimarsa go‘yo shuni kutib turg‘andek oyog‘ uchini onda-sonda tashlab 
o‘zini maydon ichiga oldi... 
Bargi to‘kilib quruq shoxlari bilan qolg‘an maydon ichi tumanlik oydin, majhul kishi 
yuzini oyding‘a berib, xaroba uy ostida qadalib turg‘anliqdan uning kim ekanligini tanish 
oson edi. Bu alamzada, zulmdiyda yuz eng so‘ngg‘i kurashka hozirlang‘an bir yigit edi... 
Otabek xaroba uy devori yonida so‘ng chekdagi bir e’tibor bilan ichkariga quloq 
solmoqda edi. Ichkaridan o‘tin yorib o‘choqqa o‘t qalash harakatlari eshitilar, gohi xotin 
kishining tovshi ham kelib qo‘yar edi. Ul bir-ikki qayta ohista adimlar bilan xaroba 
uylarning u boshi bilan bu boshig‘a borib keldi, ya’ni ichkariga oshib tushmak uchun 
qulayroq o‘rin chog‘lar edi. Xaroba imoratlarning o‘rta bir yeridagi raxnadan oshib 
tushish qulayroq bo‘lg‘ani uchun shuning ostig‘a shumshayib o‘lturdi. O‘lturishi hamono 
qayoqdandir oyoq tovshi eshitkandek bo‘ldi-da, sekingina o‘lturgan joyig‘a yerga 
singgandek qilib yotib oldi. Oyoq tovshi to‘xtab narigi yoqdan usta Alimning tovshi keldi. 
Usta Alimning xuftandan qaytib kelganligini ongladi va uning maydonga kirish ehtimoli 
bo‘lg‘anliqdan shu ko‘yi yotaberdi. 
Vaqt juda sekin harakat qilar edi. Ul o‘zining har bir yurak tepishini sanag‘andek 
o‘tkuzar edi. Kuzning yoqimsiz shamoli o‘pkani qichitib, yo‘talni qistatar, ul chalqancha 
yotqan ko‘yi  og‘zini o‘ramlab ko‘mak kutkan kabi ko‘kka ko‘zini tikkan edi. 
Oradan bir-bir yarim soatlar chamasi vaqt o‘tib ketdi. Tevarakdan «jannat 
qushlari»ning birinchi tovshi qichqirilib o‘tdi, shu kezda xaroba havli tomondan bir necha 
oyoq tovushlari eshitildi-da, ul o‘rnidan turib quloq solishg‘a majbur bo‘ldi. Bir muncha 
vaqt onglashilmag‘an so‘zlashish tovushlari kelib turgach, darichaning g‘iyq etib 
ochilishidan so‘ng, bu tovushlar yana ham uzoqlashdilar. Otabek devorg‘a intildi va 
sekingina yuqorig‘a ko‘tarildi. Buzuq uyning darichasi-dan narigi qatordag‘i ayvon va 
undagi o‘choqda yonib turg‘an o‘t ko‘rindi. Ammo ochiqqina bo‘lib uy ichidan kishilar 
tovshi kelar edi. Ul o‘marilmasliq etib devor ustiga mindi va osong‘ina xaroba uy ichiga 
o‘zini oldi. Chunki uy tomi o‘pirilib ostig‘a bosqanliqdan uyning sahni juda ham yuza edi. 
Avaylab uch-to‘rt adim bosdi-da, uyning buzuq darichasi yonig‘a kelib to‘xtadi va 
mo‘ralabqina havli yuziga qaradi. Qarshidag‘i uyning har ikki darichasi ham yopiq, ammo 
tirqishlaridan sham’ yoruqlig‘i ko‘rinar va boyag‘ig‘a qarag‘anda sekinroq bir tovushda 
g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir so‘zlashish eshitilar edi. Oradan o‘n besh daqiqa chamasi fursat o‘tib 
tovushlar bir oz yuqorilashib kelmakka boshladi. Bu orada uydan qo‘lig‘a lagan ushlagan 
bir xotin chiqdi-da, qozondan laganga bir narsani ko‘tara berdi. Otabek go‘yo shuni kutib 
turg‘andek uzoq bir tin oldi va o‘zini chetka burdi. Xotin lagan bilan uyga kirib ketkach
ichidan taqing‘an xanjarini qinidan sug‘urib oldi-da, damini oyding‘a solib boqdi va 
xanjarining uchini yonboshidan orqasig‘a o‘tquzib ushladi, yana uyni kutib to‘xtadi. Xotin 
yana chiqg‘an va toboqlarg‘a sho‘rba suza boshlag‘an edi. Uyga bir-ikki qatnab suzilgan 
sho‘rbalarni tashib bitirgan, uyning eshigini bekladi-da, kirib ketdi. 
Otabek havlining o‘rtasig‘a, tut yog‘ochining yonig‘a kelib to‘xtag‘an va janubda kishi 
yo‘qmi, deb alang‘lar edi. Ul bu to‘g‘rida bir qanoat hosil etkach, bitta-bitta bosib kishilik 
uyning yo‘lak tomonidag‘i darichasi yonig‘a yetdi va o‘zini so‘ng chekda ehtiyotlab 
daricha ostig‘a o‘lturdi. O‘lturishi hamono dimog‘ig‘a ichkulik bilan sho‘rba isi kelib urdi. 
Uydagilarning so‘zlarinigina emas, hatto tomoq chaynashlarini ham eshitsa bo‘lar edi. 
Ichkaridan kimdir birav shap-shap etib chaynab der edi: 
Endi menga berma, Sodiq, Mutal polvong‘a beraver! 
Otabek bu tovushning kimniki bo‘lg‘anlig‘ini bilgan edi. 
— Hadeb menga beraverasanlarmi, oralatib Jannat opamga ham berib qo‘y, xa-xa-xa! 
— Bizning kampirga bersang qaytarmasdan icha beradir! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin