Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
O‘zimning sal shunaqanggi kayfim balandroq edi, xanjarchamni qinidan sug‘urib oldim-
da, to‘g‘ri Hotam to‘raning darbozasig‘a borib chaqira boshladim. Bu ishimdan jon-poni 
chiqib ketkan Qalandar yonimg‘a kelib turta boshladi: «Hoy, Mutal, sanga nima bo‘ldi?» 
Men Hotam to‘rani chaqira berib «tovshingni chiqarma, xoting‘a o‘xshag‘an yigit», 
dedim. Qalandar yonimda turolmadi, meni yolg‘uz qoldirib ura qochdi. Bir vaqtda haligi 
Hotam to‘ra darboza orqasig‘a kelib «kim» dedi. Men tovshimga shoshilishqan tus berib 
«Men, men, oching tezroq!» dedim. Bechora go‘l to‘ra darbozani ochib yuborishi bormi, 
lip etib o‘zimni ichkariga oldim va Hotam to‘rani qo‘lidan ushlab havlig‘a boshladim. 
Bechora endi meni tanig‘an, avzog‘imning buzuqlig‘ini ham payqag‘an edi. Ke-kirdagiga 
xanjarimni tirab: «Joningdan umiding bormi, yo‘qmi, noinsof!» dedim. Juda tili shishib 
qolg‘an edi xumsaning — «bovv-bovv» deb g‘o‘ldirab javob berardi... «Bir bechora 
o‘g‘lingni deb ko‘kragini zaxka berib yotsin-da, san tinchkina o‘g‘lingni olib yot!.. Qani 
o‘g‘ling, yotqan joyini ko‘rsat!» dedim. Hotam to‘ra dir-dir qaltirar edi, shu ko‘yi uni 
ayvong‘a o‘zim yetaklab bordim-da, o‘g‘lini ko‘rsatdi. Bolani uyqu aralash turg‘uzib 
kiyintira boshlag‘an edim, bir tomondan ona-si dodlab qoldi-ku, xanjarimni olib unga 
yugirdim. «Tovshingni o‘chir, mochaxar... o‘g‘lingni o‘limg‘a olib borayotqanim yo‘q, 
nihoyati bir piyola choy ichadi-ku keladi!» dedim. Qisqasi, ilgari dahshat berib, keyinidan 
yaxshi gaplar bilan ularni ishontirib, bolani olib chiqdim va Jonkeldiga topshirib ketdim... 
Baxtimga o‘sha kuni bitta ham mirshab yo‘liqmadi. Ey-y, Sodiqcha, san hali nimani 
ko‘rding-ku, nimangga ishonding, buzoq bo‘g‘uzlag‘andek qilib bir-ikkitani so‘ygan bilan 
odam bo‘lding-qo‘ydingmi? Gap bilan bo‘lib zang‘ar kayf ham tarqab ketdi, qani, quy-chi 
bir-ikkini! 
Homid: 
— Sizga qoyilman, Mutal polvon, sizning shuna-qangi ishlaringizni bilib yurganim 
uchun bu yerga chaqirtirib keldim-da! 
Mutal: 
— Shuni bilgan bo‘lsangiz bas, bu ishni menga topshirib qo‘yabering! 
Homid: 
— Sodiq aytkandek darbozadan kirishni xohlamayman, chunki mirshablarning oyog‘ 
usti. 
Mutal: 
— Bo‘lmasa havlining orqasidan tushamiz! 
Homid: 
— Orqasi havlidir? 
Jannat opa: 
— Qix, haligi oti qursin... Malikboyning maydoni-da! 
Homid: 
— Juda yaxshi ekan. Bo‘lmasa tomig‘a shoti yetarmikin? 
Jannat opa: 
— Qix, juda balan. 
Mutal: 
— Balan bo‘lsa, zarari yo‘q, osoni uyning tegidan teshamiz, qo‘yamiz! 
Homid: 
— Qiyin bo‘lmasmikin? 
Mutal: 
— Hammadan ham osoni teshish, mo‘ljalini yaxshi olsaq bas. 
Homid: 
— Bir-ikki soatda uni teshib bo‘larmidi? 
Mutal: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin