Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
— Sizga xabar berguvchi nima ishlar qilg‘animni ham aytkandir... 
— Jo‘n odamlar qatorida odam o‘ldirib yurdim, degin? Otabekning yuzida kulimsirash 
bilindi. 
— Jo‘n odamlar qatorida emas, — dedi, — majburlar qatorida, zo‘rlanganlar 
qatorida... 
Hoji o‘g‘lining kinoyasiga tushunmadi: 
— Odam o‘ldirish uchun seni kim zo‘rlab majbur qildi? 
— Hali bilmaysizmi? 
— Bilmayman, — dedi  hoji, — aytishlariga  qara-g‘anda seni hech kim majbur 
qilmag‘an. 
— Meni zo‘rlag‘an va majbur qilg‘an edilar, dada, — dedi zaharxanda bilan. — Yo‘qsa, 
sizning o‘g‘lingiz bo‘lg‘an bir yigitning sha’niga albatta odam o‘ldirish uyat va nomusdir. 
— Kim  seni majbur qildi, axir? 
— Siz, onam! 
— Esing o‘zingdami, yigit? 
— O‘zimda, — dedi o‘g‘ul, — siz o‘zingizning orzu-havasingiz yo‘lida meni majbur 
qildingiz va dushmanlarimga yo‘lni katta qilib ochib berdingiz, men bu jonivorliqni xoh-
noxoh ishlashka majbur qoldim. 
— Shundog‘mi, — dedi hoji o‘z gunohi o‘kuliga tushkan holda, — undog‘ bo‘lsa, bizni 
kechir, o‘g‘lim. 
— Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishka manim haqqim yo‘q, dada. Lekin 
gunohsiz bo‘laturib, ham yana muvahaza ostig‘a tushkanim uchun o‘zimni mudofaa 
qilishga majburman... 
Hoji labini tishlab, boshini chayqadi. 
— Xom sut emgan bandamiz, — dedi, — xayr, bu aybniku bizning bo‘ynimizg‘a 
qo‘yasan, darhaqiqat qo‘-yishga haqqing ham bordir... Ammo oralaringg‘a yomonlar 
oralag‘an ekan, shuncha muddatdan beri nega meni xabardor qilmading? Yoki bunda 
ham birav seni indamaslikka majbur qildimi? 
— Hech kim majbur qilmadi, — dedi, — ammo meni shu vartaga tashlag‘an 
do‘stlarimdan... ko‘mak so‘rash ham ma’qul ko‘rinmadi... 
Hoji boshini quyi soldi. O‘g‘lining keyingi so‘zi unga juda ta’sir qilg‘an edi... Nima 
qilsinki, Otabek to‘g‘ri gapni aytar edi...— Biz seni Toshkanddan o‘ylantirsak-da, — dedi 
nihoyat hoji, — katta xotiningdan ajratish fikrida emas edik. Agar sen shu xayol bilan 
bizdan si-ringni yashirib kelgan bo‘lsang, katta ahmoqliq qilibsan, bolam. 
Otabek dadasining bu keyingi so‘ziga qarshi hech narsa demadi, go‘yo hamma alamini 
yuqoridag‘i ikki jumla bilan chiqarib yuborgandek jimgina somi’lik darajasiga tushdi. 
Ammo natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag‘an oshdek shopirilar edi. 
Hoji davom etdi: 
— Kishining boshig‘a  bir ish tushkanda, darrov biravdan kengash va yordam 
so‘raydir. Hatto ota-onasidan ham sir saqlag‘an bir yigitni o‘z o‘g‘lum bo‘lib chiqg‘ani 
menga qiziq ko‘rinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o‘qub-o‘qub mazmuniga 
tushunolmay hayron bo‘laman. Oy sayin Marg‘ilon borib turar edi-ku, deb o‘ylayman. 
Xatni ikki-uch qayta o‘qib chiqg‘andan keyin, bilsam haqiqat shu emish... 
Mirzakarimning yozg‘anig‘a qarag‘anda bir muncha yanglishiq undan ham o‘tkan 
ko‘rinadir va lekin sening bolalig‘ing oldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizlig‘ing 
boshqalarning boshiga ko‘ringan... O‘zing ayt, agar menga shu kasa-lingni bir og‘iz 
bildirsang, men qayin otangg‘a xat yozmasmi edim, Hasanalini yuborib haqiqatni 
ochmasmidim va bu taqdirda odam o‘ldirib yurishlarga  qanday hojat qolar edi? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin