N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yuk ko‘taruvchi zanjirlarning ehtiyot koeffitsientlari (K



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə9/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Yuk ko‘taruvchi zanjirlarning ehtiyot koeffitsientlari (K3)

Zanjir turi

Yuritma

dastaki

mashinali

Kalibrlanmagan payvandli

3

6

Kalibrlangan payvandli

3

8

Plastinali

3

5



      1. Arqonlar

Ko‘p marta cho‘zilib, so‘ng termik va kimyoviy ishlov be- rilgan yaltiroq yoki ruxlangan po‘lat simlardan (diametri 0,2 dan 0,3 mm gacha) eshilgan arqon po‘lat simli arqon deyiladi.
23

Bu arqonlarning mustahkamlik chegarasi 1600...2600 MPa bo‘ladi. Po‘lat simli arqonlar (18-rasm, a) har biri po‘lat simlar 2 dan tarkib topgan o‘rimlar 1 dan to‘qilgan. O‘rimlar kanop o‘zak 3 atrofiga yoki o‘rimlarning o‘zidan yumshoqroq po‘lat simdan qilingan o‘zak atrofiga o‘raladi.
Yuk ko‘taruvchi mashinalarda ko‘pincha qo‘sh o‘rimli ar­qonlar ishlatiladi: avval po‘lat simlar markaziy sim atrofida eshiladi, so‘ngra o‘rim o‘zak atrofida eshilib, po‘lat simli arqon hosil qilinadi.
Arqondagi po‘lat simlar va o‘rimlar soni har xil bo‘ladi. Ammo yuk ko‘taruvchi mashinalarda asosan olti o‘rimli arqonlar ishla­tiladi. O‘rimlar ichidagi po‘lat simlar soni 19 va 37 ta bo‘ladi. Sakkiz o‘rimli po‘lat arqonlar kranlarda va ko‘targichlarda kichik diametrli barabanlar va shkivlar ishlatilganda qo‘llaniladi. Ko‘p qavat arqon o‘raladigan barabanlarda ular ishlatilmaydi. Po‘lat arqonlar bir tomonlama (18-rasm, a) va ayqash (18-rasm, b) qilib eshilishi mumkin. Bir tomonlama eshilganda har qaysi tola va arqonni eshish yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Bunday po‘lat arqonlar kam yeyiladi va egiluvchanroq bo‘ladi, ammo kuch (nagruzka) ostida osongina bo‘shaladi. Ayqash eshilgan po‘lat arqonda o‘rimdagi simlar va arqondagi o‘rimlar yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘ladi, bunday arqonlar tezda bo‘shab ketmaydi. Arqonlarning



18-rasm. Po‘lat arqonlar konstruksiyasi:
a — bir tomonlama eshilgan; bayqash eshilgan; d, e — olti o‘ramli normal va aralash strukturali arqonlarning kesimlari; 1 — arqon o‘rami;
2 — sim; 3 — o‘zak.
o‘rimlari bir xil diametrli (kesimi normal strukturali) yoki har xil diametrli (kesimi aralash strukturali) simlardan eshilishi mumkin, bunda katta diametrli simlar arqonning sirtida joyla- shadi. Kesimi aralash strukturali arqonlarni tayyorlash ancha mu- rakkab, lekin ular egiluvchanroq va tashqi qatlamlari ishqalanishga chidamliroq bo‘ladi.
Arqon simlar to‘plamidagi simlarning bir-biriga urinishi xi- liga qarab: chiziqli-urinmali — LK (CHU) (18-rasm, d), nuqtali-urinmali — TK (NU) (18-rasm, e), nuqtali va chiziqli urinmali — TLK (NCHU) (18-rasm, d) arqonlarga bo‘linadi.
Arqon tayyorlashda o‘rimning alohida qatlamlari uchun bir xil diametrli simlar (B harfi bilan belgilanadi, chunonchi, CHU — B; LK — O) (18-rasm, d) qatlamlarining ustki qatlami uchun ikki xil diametrli simlar (X harfi bilan belgilanadi, jumladan (CHU — X), LK — R, 18-rasm, e) o‘rimning alohida qatlamlari uchun har xil va bir xil diametrli simlar (XB harflari bilan belgilanadi, masalan, CHU — XB) LK — RO tanlanadi.
Po‘lat arqonlar bo‘shaladigan va bo‘shalmaydigan xillarga ajraladi. Bo‘shalmaydigan arqonlar ilgagining balandligi katta bo‘lgan yuk polispastlari uchun juda qulaydir.
Po‘lat arqonlar simining mexanik xossalariga qarab: yuqori markali — 10, birinchi markali — I, ikkinchi markali — II bo‘ladi.
Po‘lat arqonning mustahkamligini oshirish uchun ular turli diametrdagi simlardan eshiladi. Kabelli kran va boshqa kranlarning yuk aravachalari siljiydigan po‘lat arqonlar silliq sirtli bo‘ladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin