62
IV - BOB. TIRIK ODAM BOSH QISMI VA QOMATINI
TASVIRLASH
TIRIK ODAM PORTRETINI TASVIRLASH
Portret san’atda eng murakkab va ayni paytda eng mazmundor
ob’ektdir. Odam tasvirining
ajoyib namunalari grafikada, jumladan,
chizmatasvirda ham mavjud. Ijodiy uslublar va san’at yo‘nalishlarining
turlichaligiga qaramay, mashhur rassomlar o‘z ishlarida tasvir-
lanayotgan odamni chuqur o‘rganib, tahlil qilganlar. Bunda grafik
yechimlar – g‘oyaviy maqsad va rassom oldida turuvchi ijodiy vazifalar
bilan aniqlangan. (39, 40 - rasmlar).
39 - rasm. V. Savinskiy.Erkak portreti. 18.01.1980 yil.
64
Bosh
qismini chizish, uzoq muddatli o‘quv rasmlarini mustaqil
bajarishda bosh vazifa bo‘lib hisoblanadi (41, 42 - rasmlar). Mustaqil
ishning maqsadi bosh shakli xarakterini aniqlash hamda u yoki bu
burilishda ifodalashdan iborat. Ayniqsa, bunday topshiriqlar boshning
o‘quv rasmini bajarish avvalida muhim ahamiyatga ega. Boshning
qisqa muddatli rasmlari yirik o‘lchamda, biroq naturadan ancha kichik
bo‘lishi mumkin. Ularda ma’lum burilishda bo‘lgan jonli shakl tuzilishi
xarakterini ifodalash zarur (43, 44, 45 - rasmlar).
Tasvirlovchi talaba
ko‘rinmaydigan qismlar joylashuvi haqida to‘liq tasavvurga ega
bo‘lishi, asosiy yorug‘lik - soya nisbatlarini aniqlashi, ko‘z bilan
og‘irlik markazini topish va asosiy tayanch nuqtalarining o‘zaro
bog‘liqligini aniqlashi kerak.
41 - rasm. Оdam bosh qismini chizish ketma - ketligi (1- 2 - bosqichlar).
42 - rasm. Odam bosh qismini chizish ketma – ketligi (3 – 4 - bosqichlar)
Jonli shaklni chizishda vertikal va gorizontal
nuqtalarni mexanik
tarzda kesib o‘tkazishdan saqlanish kerak. Vazifani yechishda tayanch
nuqtalari o‘rtasidagi ichki anatomik bog‘lanishni topish zarur.
Eng avvalo, katta munosabatlar yordamida boshning xarakterli
shakli aniqlanadi. Bunday chizishlar bilan bir qatorda davomli rasm
nihoyasida talabalarga xotira asosida qoralamalar bajarish tavsiya
qilinadi. So‘ngra turli burilish va egilishlarda bo‘lgan
bosh rasmini
bajarish kerak.
65
Navbatdagi topshiriq turli qiyofalar tuzilishi va ularning ko‘rish
nuqtalariga qarab o‘zgarishlarini kuzatishdan iboratdir. Talabalar
boshni yon tomondan chizishda o‘ng yoki chapga egilgan bo‘lishi
mumkinligini unutib qo‘yadilar. Pastga egilgan yoki yuqoriga
ko‘tarilgan boshni chizishda yuz qismi vertikal o‘lchamda qisqaradi.
Gorizontal chiziqlar esa dumaloq shaklga aylanadi. O‘quv mashqlari
sifatida bajarilgan ba’zi rakurslardagi bosh
rasmlari ancha sxematik
bo‘lishi mumkin. Bu holatda asosan naturadagi perspektiv qisqarish
muammosi hal etilishi lozim. Bunday chizgilar davomiyligi 10
daqiqadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ular ma’lum muhitda bo‘lgan turli
xarakterli odamlar rasmlarini ancha dadil bajarishga imkon yaratadi.
Naturaning xarakterli xususiyatlarini aniqlash butun o‘rganish davri
davomida turli xil rasmlar bajarishda asosiy zamin bo‘lishi kerak. Bu
ko‘nikma talaba fazoda turli holatda bo‘lgan jonli shaklni erkin
ifodalash tajribasini o‘zlashtirganda beqiyos ahamiyatga ega bo‘ladi.
Naturaning individual xususiyatlarini aniqlash
odamni tasvirlashda
ancha yuqori ijodiy sur’atdir. Bu individual xususiyatlar u yoki bu
sharoitlarda turlicha namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Portret
chizuvchi mashhur ustalar o‘z ishlarida tasvirlanayotgan odamni
chuqur o‘rganishdan
kelib chiqishar ekan, bu ularga grafika-ning
nisbatan oz imtiyozlaridan foydalanib, haqqoniy va ifodali model
xususiyatlarini ifodalashga imkon bergan.
Talabalar ko‘pincha boshning alohida
qismlari va butun figurani
tasvirlashda o‘xshashliklarga berilib ketib, yaxlit katta shakl, hamma
qismlar o‘zaro bog‘liqligini nazardan qochiradilar.