Natyurmort chizmatasviri



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

Chizmatasvirdan 
tuzilgan ish rejasida antik davr haykali namunalaridan bosh 
qismining tasvirini yaratish asosiy o‘rin egallaydi. Mazkur 
topshiriqlar talabalar uchun tirik odam boshini tasvirlashda 
tayyorgarlik bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 
Bunday usul Italiya, Olmoniya, Angliya, Belgiya, Gollandiya, 
Rossiya markazlari (akademiya, studiya, badiiy maktablar)ning rassom 
va rassom -pedagoglar tayyorlash jarayonidagi ko‘p asrlik badiiy 
tajriba-siga aylangan. 
Naturani “yaxlit ko‘rish, katta shaklni ko‘rish” uslublari turlicha 
bo‘lib, Uyg‘onish davri rassomlari ulardan unumli foydalanganlar.
Umumlashtirish yoki rassom - pedagog P.P. Chistyakov “obrubovka” 
deb nomlagan uslub juda mashhurdir. Bu uslubdan hozirgi davr 
rassomlari ham keng foydalanadilar. Bu uslubning asosiy mohiyati 
shaklni sun’iy ravishda biror bir geometrik shakl holiga keltirishdir. 
Masalan, olma, anor tasvirini chizganda – shar shaklida, bosh qismi 
tuxumsimon yoki shar holatida, qo‘llar – silindr, burun – to‘rt qismdan 
iborat prizma shaklida kuzatiladi. 
GIPSDAN YASALGAN BOSH RASMINI CHIZISH 
Rasm chizish uchun boshlar tanlashning ham ma’lum ketma - 
ketligi mavjud. Dastlab monumental (umumlashtirilgan, katta - katta 
shakllarga ega bo‘lgan) xarakterdagi haykallar boshi namunasini 
chizish tavsiya etiladi. Bu talabga gipsli grek haykallari namunalari: 
“Dorifor”, “Gera”, “Diadumen” kabilar javob beradi. Keyinchalik 
murakkabroq modellar – rum haykallari – Lyustiya, Vera, Seneka va 


58 
boshqalarni chizish tavsiya etiladi. II bosqichdan boshlab Yunon 
haykaltaroshlik san’atining Zevs, Gerkules, Laokoon, Apollon, Germes 
kabi ajoyib namunalarini tasvirlashni tavsiya etish mumkin. (37, 38 - 
rasmlar). 
37 - rasm. Antik davrga mansub gips boshini tasvirlash bosqichlari
38 - rasm. Antik davrga mansub gips boshini tasvirlash
Gispli bosh namunasidan chizishni bo‘lajak rassom – dizay-
nerlarga o‘rgatishning boisi shundaki, talaba gipsli model misolida 
nisbatlarni, konstruksiya (tuzilish), yorug‘lik – soya tarqalishini erkin 
ishlaydi. Naturaning siljimaslik holati rassom - talaba oldiga qo‘yilgan 
barcha vazifalarni echishga to‘la imkon beradi.
Gipsli boshni chizishdan oldin ko‘rish nuqtasi aniqlanishi lozim. 
Naturaga tushib turgan yorug‘lik, boshning umumiy shakli va detallari 
(soch yo‘nalishlari, yuz tekisliklari va h.k.) ajralib turishi zarur. 
Akademik uzoq muddatli rasm bajarishga kirishishdan oldin boshning 


59 
turli holat va burilishlari chizilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday 
rasmlar bir tomondan gipsli boshning perspektiv tuzilish va o‘zgarish 
qoidalarini kuzatish uchun, ikkinchi tomondan akademik rasm 
bajarishda eng qulay holatni aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin