Natyurmort chizmatasviri



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

43 – а,б,в. rasmlar. Odam bosh qismini turli holatlarda chizish 
namunalari.
44 - а,б,в. rasmlar. Odam bosh qismini turli holatlarda chizish namunalari.


67 
Portret sohasining katta ustalari odamlarni oddiy sharoitlarda, 
sodda va tabiiy holatlarini topib tasvirlashga harakat qilishgan. 
Natura xarakterini ko‘rsatuvchi tasvirlar va portret chizgilari ko‘-
pincha grafika yoki rangtasvirda portret bajarish uchun tayyorgarlik 
bosqichini o‘taydi. Bunday hollarda talabalarga ushbu natura uchun 
xarakterli holatni, ba’zan esa figuraning tashqi muhit bilan aloqasini 
topish uchun bir necha chizgilar bajarish tavsiya etiladi.
45 - а,б,в. rasmlar. Odam bosh qismini turli holatlarda chizish namunalari.
Rasm ustida ishlashda hayotiylik, soddalik va ixchamlikka e’tibor 
bergan rassom uchun bolalar qiyofasini chizish ancha qiyin. Chunki 
bolani tinch o‘tirishga majbur qilish qiyin. Bolalar qomatini o‘ziga xos 
proporsional munosabatlarda tasvirlash qiyin kechadi. Ishning 
murakkabligi bolalar qomatiga nisbatan kattalarda ko‘proq ko‘zga 
tashlanadi.
Bola qomati proporsiyalarida yoshlik bilan bog‘liq bo‘lgan 
quyidagi o‘zgarishlar kuzatilishini eslatib o‘tamiz: chaqaloq boshi 
uzunligi butun qomat uzunligining ¼ qismini tashkil etadi. Ikki yashar 
bolada 1/5, olti yoshda – 1/6, o‘n besh yoshda – 1/7. Yoshga muvofiq 
alohida qismlar o‘rtasidagi nisbat sezilarli o‘zgaradi. Odatda, 2-5 yosh 
o‘rtasida gavda o‘sishi sekinlashadi, 5-7 yoshda esa bola sezilarli 
cho‘ziladi, ozadi. Gavdaning pastki qismi yuqorisiga nisbatan katta 
o‘sish dinamikasiga ega. Bolalar boshi proporsiyalarida miya bo‘limi 


68 
kattalarga ko‘ra yuziga nisbatan kattaroq qismni egallashini sezish 
mumkin. Biroq talaba o‘zining ijodiy ishlarida yuqorida keltirilgan 
ma’lumotlarga ko‘r - ko‘rona yondashmasligi kerak. Aks holda, rasm 
jonsiz va jozibasiz holatga keladi. 
Har bir bola va o‘smirda xuddi katta odamlardagi kabi umumiy 
proporsiyalardan 
tashqari, 
individual 
cheklanishlar, 
qomat 
xarakteridagi ma’lum xususiyatlar va burilishlar bo‘lishi mumkin. 
Bular ba’zan talabalar tomonidan kattalar nisbatlarini o‘rnatishda 
hisobga olinmaydi. Bolalarning umumiy mashg‘ulot bilan birlashgan 
guruhlarini chizish katta qiziqish uyg‘otadi. Masalan, kitob tomosha 
qilayotgan, oromgohda o‘ynayotgan, rasm chizayotgan bolalar tasviri 
ustida ishlash ular ruhiyatini ancha chuqur tushunishga olib keladi va 
ishda qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi.
Bosh qismini chizganda asosiy e’tiborni o‘tkaziladigan o‘q 
chiziqlariga qaratish kerak. Naturani to‘liq o‘rgangandan so‘ng xarak-
terli holat tanlanib, uzoq muddatda bajariladigan ishga kirishiladi. Ish 
bajarish bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Naturani kuzatish, chizish uchun xarakterli, qulay vaziyatni 
tanlash. 
2. Naturani qog‘oz yuzasiga kompozitsion jihatdan to‘g‘ri 
joylashtirish. 
3. Bosh shaklining umumiy xarakterini, detallar o‘rnini, burilganlik 
va egilganlik holatlarini topish. 
4. Bosh qismidagi hajmni konstruktiv jihatdan to‘g‘ri anglash. 
5. Shaklni plastik modelirovka qilish. 
6. Umumiylikdan xususiylikka o‘tish, detallarni ishlash. 
7. Shaklda tus darajasini va materiallikni berish. 
8. Xususiylikdan umumiylikka o‘tish, ishda yaxlitlikni ta’minlash 
va umumlashtirish. (46 - rasm). 
Rasm chizishni boshlash uni qog‘oz yuzasida to‘g‘ri joylash-
tirmoq, aniq kompozitsion yechimni topish bilan boshlanadi. Ish uzoq 
muddatga mo‘ljallab bajarilishi ko‘zda tutilganligi sababli aynan shu 


69 
natura ustida turli ko‘rish nuqtalaridan bir necha bor qisqa muddatli 
tasvirlar bajarish juda ham foydalidir. 
Odatda, portret bosh qismi o‘lchamini o‘z o‘lchamidan bir oz 
kichik qilib olish qabul qilingan. Ayni vaqtda tasvirlovchi kishi bilan 
tasvirlanayotgan natura orasidagi masofa hisobga olinishi kerak. 
Tasvirlashga kirishganda biz chizayotgan modelimizning hajmli 
timsolini tasavvur qilishimiz zarur. Ikkinchi darajali bo‘laklarga 
e’tiborni chalg‘itmasdan, uch o‘lchamli bosh qismining to‘liq umumiy 
ko‘rinishini, ya’ni burilganligi yoki egilganligini, ufq chizig‘iga 
nisbatan holatini, ko‘zning nisbatan yuqorida joylashganligini, o‘ng 
tomonga burilganligini nazarda tutish lozim. Masalan, bosh qismining 
ufq chizig‘iga nisbatan cho‘zinchoq holatini kuzatamiz. 
 
Umumiy shakl topilgandan so‘ng qalamning yengil harakatlari 
bilan modelning xarakterli tomonlarini topish boshlanadi. Bunda 
umumiy shaklning konstruktiv yechimiga alohida diqqat qaratish zarur. 
Boshning konstruktiv yechimida asosiy yoki profil o‘tkazilgan chiziq 
o‘ziga xos simmetriya o‘qi bo‘lib xizmat qiladi. Bu chiziq yuz qismini 
chizishda naturadagi bosh suyagining miya qismi va yuz qismini 
tasavvur qilish, uni qog‘ozga tushirishda yengillik yaratadi.
Peshona qismiga e’tiborni qarating. U oldinga bo‘rtib chiqqanmi,
tekis yoki ichkariga qarab ketganmi? Burun uzunligini – uning uch 
qismidan qoshlar orasigacha bo‘lgan masofani aniqlang. Burun ostki 
asosidan ostigacha bo‘lgan joydan og‘iz qismining o‘rnini belgilang. 
Bunda burun ostki qismidan to labgacha bo‘lgan masofa labdan 
ostigacha bo‘lgan masofadan kamligiga e’tiborni qarating. Agar 
naturani profil yoki 3/4 qismini chizayotgan bo‘lsangiz, u paytda bosh 
qismini yaxlit faraz eting. Ko‘rinmayotgan yoki yarim ko‘rinayotgan 
ko‘zni ham yoddan chiqarmang. 
Profil vaziyatda chizilganda amaliyotda qo‘yidagi kamchiliklar 
ko‘zga tashlanadi: ko‘z ko‘p hollarda oldindan chizilgancha o‘xshab 
ketadi, ko‘z kosasi chegarasidan quloqqacha bo‘lgan masofa 
kattalashib yoxud kichik bo‘lib qoladi. Shu bilan bir qatorda quloq ko‘z 
va burunga nisbatan o‘z o‘rnida joylashmay qoladi.

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin