Natyurmort chizmatasviri


GIPSDAN YASALGAN NIQOB RASMINI CHIZISH



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

 
GIPSDAN YASALGAN NIQOB RASMINI CHIZISH
Simli niqobni qo‘llash g‘oyasi rasmchilikda Uyg‘onish davrida 
paydo bo‘lgan. Xuddi shunday sharxlar va chizmalar Albrext Dyurer 
qo‘lyozmalarida saqlanib kelinmoqda. Rus pedagogi Sapojnikov 
shunga o‘xshash modelni o‘quv jarayonida qo‘llagan. Ushbu uslub 
variantlaridan biri qisqartirilgan kallaning gips modelidir.
Simdan qilingan model gipsli modeldan afzalligi shundaki, shaklni 
fazoda aynan ich - ichigacha ko‘rishga imkon beradi. Bundan tashqari 
uni hohlagan rakursda (uzoqdagi qismlarni qisqartirib, kichraytirib 
ko‘rsatish) joylashtirish mumkin. Ikki tomoni ochiq konstruksiya 
o‘zining kamchiliklariga ham ega: ayrim
 
bir - birini kesib o‘tgan 
vaziyatlarda simli elementlarning kesishgan turli holatlarida nihoyatda 
chalkash manzarani yaratadi.
 
Bu kutilmagan taassurotni kamaytirish 
maqsadida boshning to‘liq modeli emas, balki faqat niqob qo‘llaniladi. 
Madomiki, niqob karkasining ko‘pgina elementlari fazoning asosiy 
uch koordinatlari bo‘ylab orientirlanganligi uchun bu erda talab 
qilinadigan perspektiv chizilish logikasi shubhasizdir. Shu bilan birga, 
naturadan chizilgan qalam tasvir perspektiv chizmadan farq qiladi. 
Jumladan, tutashish nuqtalari ko‘pchilik hollarda qog‘oz varag‘i 
chegarasidan uzoqda joylashgan. Bu sharoitlarda kesishadigan parallel 
chiziqlarni aks ettirish ma’noga ega emas.
Tabiiyki, keskin perspektiv qisqartirishlar arxitekturani 
tasvirlash paytida o‘rinli bo‘lsa ham, boshning qalam tasvirida ularni 
qabul qilib bo‘lmaydi. Birinchidan, agar niqob gorizont chizig‘ining 
pastida yoki yuqorisida joylashgan bo‘lsa, chiziqning qiyalik 
burchagini aniqlash va ikkinchidan, teskari perspektiv taassurotga yo‘l 
qo‘ymaslik, ya’ni chiziqlar chuqurlikda uzoqlashgan paytida, ularning 
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Ammo modelning o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, tayanch nuqtalarini bog‘lovchi parallel chiziqlar 
qiyaligi noto‘g‘ri aks ettirilsa, niqobning tashqi ko‘rinishi sezilarli 
darajada buziladi. 


60 
Chizishni ayrim tekisliklardan emas, balki yuzning umumiy 
tuxumsimon cho‘ziqrok qismidan boshlash kerak. Avval yuz chiziqlari 
oddiy yumaloq shaklda chiziladi. Ushbu bosqichda abstrakt 
konstruksiyani emas, balki odam yuzini tasvirlash zarur. Faqat shundan 
keyingina tekisliklarni chizishga kirishish mumkin. Chiziqlarni
bosmasdan, keyinchalik qayta ishlov berish kerakligini nazarda tutgan 
holda chizish kerak. 
Perspektiv karkas tayyor bo‘lgan paytda, uning asosida yuz 
qismlari chiziladi: peshona, qosh usti yoylari bilan va qanshar usti 
(perenosisa), pastki va ustki qovoqlari bilan birga ko‘z (ko‘z 
qorachig‘ini tasvirlamagan ma’qul, chunki belgilangan shartlilik
me’yorlari buziladi); qanshar, o‘rkachlar, burun uchi, burun uchi, burun 
to‘siqchasi va burun qanotlaridan iborat bo‘lgan burun; yuqori va pastki 
lablar, burun va lab orasidagi burishgan joy, lunjlari, yuz suyaklari 
(yonoqlari), yonoqlarning egilgan joylari, chaynash mushaklari doirasi, 
jag‘lari va suyagi, quloqlari, boshning chakka va tepa qismlari chiziladi. 
Ushbu barcha shakllar ko‘rinar - ko‘rinmas tuxumsimon cho‘ziq 
ko‘rinishda jongina qilib ko‘rsatiladi.
Shuni inobatga olish kerakki, yassi (oval) shakllar ayrim 
tekisliklar ichida emas, balki, asosan karkas tugunlari atrofida 
joylashadi. Ular har bir aniq shaklning xarakterini belgilovchi bir 
nechta tekislikni o‘z ichiga oladi. Shakllar to‘g‘ri joylashtirilgandan 
keyin tekisliklar chegaralarini yumshatish, tekisliklar orasida ohista, 
ravon o‘tish joylarini yaratish lozim. Haqiqatdan yoritilgan shakllarda
bu o‘tish joylari yorug‘ va soya elementlari orasida kuzatiladi. Biroq, 
bu holda yorug‘ va soyaviy modellashtirish talab qilinmaydi. Shakllar 
ichida tekisliklarning ko‘rinar - ko‘rinmas chegaralari saqlanadi. Agar 
zarur bo‘lsa, tekisliklar chegaralarining tagi aniq yumaloq shaklli 
chiziqlar bilan chiziladi.
Shunday qilib boshning tashqi konturlari, qovoqlar, burun 
teshiklari, og‘iz kesimi, quloqlar sharpalarining chegaralari aniq 
chiziladi. 


61 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin