Natyurmort chizmatasviri



Yüklə 7,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix29.11.2023
ölçüsü7,39 Mb.
#169898
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
8-mavzu. Tasviriy san\'atda NATYURMORT

 


70 
 
46 - rasm. Yosh odam bosh qismini chizish namunasi. 
Modelning konstruktiv chiziqli yechimi shu asosda topila boriladi. 
Bunda oldingi bosqichda chizilgan boshning kesik shakli tuzilishini 
eslash maqsadga muvofiqdir.
 
Boshning konstruktiv yechimi 
topilgandan so‘ng, uning tus yechimini topishga diqqat qaratiladi. 
Bunda naturaga tushayotgan yorug‘lik ta’sirini unutmaslik kerak. (47 - 
rasm).
Ma’lumki, tushayotgan yorug‘lik naturani ikkiga ajratadi: natura-
ning yoritilgan tomoni hamda nur kam tushayotgan yoki tushma-yotgan 
tomoni. Shu sababli natura umumiy tus munosabatlarining aniq 
yechimini topishga intilish zarur. Agar tus munosabatlari yechimi 
naturada o‘z ifodasini topmasa, to‘g‘ri topilgan chiziqli tasvir 
bo‘shliqda shaklni aniq idrok etishni qiyinlashtiradi. Masalan, peshona 
qismi yorug‘ tusda ishlanib, burunning ustki qismi to‘q tusda tasvir-


71 
lansa, burun oldinga bo‘rtib chiqqan emas, balki ichkariga kirgandek 
taassurot uyg‘otadi. 
47 - rasm. Кекsа аyol portretini chizish namunasi.
Ishning navbatdagi bosqichi bajarilgan tasvirni umumlashtirish deb 
yuritiladi. Bunda oldingi bosqichlarda bajarilgan chiziqli - konstruktiv 
qurish, shakldagi tus yechimi aniq bir maqsad – modelning badiiy 
obrazini yaratishga bo‘ysundirilishi lozim. Bunda chizilgan tasvir 
yaxlit, butunligicha idrok etilishiga erishish lozim. 
Yakuniy bosqichda chizilgan tasvir asl model bilan taqqoslanadi. 
Bunda planlar nuqtai nazaridan bo‘lgan ko‘rinish farqlarini eslash 
lozim. Ya’ni birinchi, yaqin plandagi narsalarning chiziqlari, soyasi, tus 
munosabatlari ikkinchi, uchinchi plandagi narsa va detallar chiziqlari, 
soyalari, tus munosabatlari bilan solishtiriladi. Kerakli joylari 
bo‘rtiriladi yoxud aksincha xiralashtiriladi. (48, 49, 50 - rasmlar). 
Chizayotgan kishimiz aniq, jonli va o‘ziga to‘liq o‘xshashlik 
xususiyatlarini topishi uchun detallar chegaralariga katta e’tibor berish 
zarur. Nafis chizilgan chegara chizig‘i rassom uchun plastik va fazoviy 
vazifalar yechimini ta’minlaydi. 


72 
 
48 - rasm. O‘smir bosh qismi chizmatasviri. 
49 - rasm. Аyol kishi bosh qismi chizmatasviri. 


73 

Yüklə 7,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin