f(a)
f(b)<0
Shunday qilib, tenglamaning yechimi yotgan oraliq va uning qiymati haqida yetarli ma’lumotga
ega bo’ldik.
Yuqorida eslatganimizdek chiziqsiz tenglamalarni ularni qaysi
tipga tegishliligiga qarab
yechimni analitik, ya’ni formula ko’rinishda aniqlash mumkin. Lekin, ko’pincha chiziqsiz tenglamani
analitik yechimlarini formulalar yordamida aniqlash imkoniyati bo’lmaydi. Shuning uchun ixtiyoriy
chiziqsiz tenglamani yechishning EHMdan foydalanishga mo’ljallangan
sonli-taqribiy usullariga
e’tibor kuchayib bormokda.
Bu usullar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• oddiy ketma-ketlik (iterasiya);
• oraliqni teng ikkiga bo’lish;
• urinmalar (Nyuton);
• vatarlar (xord)
va boshqalar
Sanab o’tilgan usullardan oraliqni teng ikkiga bo’lish va vatarlar usuli to’g’ri tanlangan oraliqlarda
ko’tilgan natijalarni uzoqroq vaqt sarflab bo’lsa ham aniqlab beradi. Urinmalar va oddiy ketma-ketlik
usullari esa mos ravishda to’g’ri tanlangan boshlang’ich qiymat va |
(x)|<<1 shartda o’ta tezlik bilan
taqribiy yechimni zarur aniqlikda topish imkoniyatini yaratadi.
0>
Dostları ilə paylaş: