Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49

37-rasm. Наг xil finnalar: A - sistserk. В - senur. D - exinokokk. E - sistiserkoid. 

F - pleroserkoid: 1- pufak devoir; 2 – boshchasi; 3 - ichki qizlik pufaklari.  

 

Tasmasimon  chuvalchanglar  sinfi  9  turkumga  ega.  Ulardan  eng  muhimlari 



Tasmasimonlar  (Pseudophyllidea)  va  Zanjirsimonlar  (Cyclophyllidea)  turkumlarining 

vakillari bo„lib, ular odam va chorva mollarining xavfli parazitlari hisoblanadi.  



Tasmasimonlar  (Pseudophyllidea) turkumi vakillari birmuncha tuban darajada 

tuzilgan: ayrimlarida gavdasi bo„g„imlashmagan yoki chala bo„g„imlashgan, bachadoni 

ochiq,  tuxumda  rivojlangan  lichinkasi  kiprikli.  Oraliq  xo„jayinlarda  rivojlanuvchi 

lichinkalari  chuvalchangsimon,  voyaga  yetganlarining  boshchasi  so„rg„ichlar  va 

ilmoqchalarga  ega  emas,  unda  faqat  ikkita  botriyalar,  ya‟ni  chuqurchalar  bo„ladi,  uch 

xo„jayin  ishtirokida  rivojlanadi.  Ushbu turkumga  odamlar,  it, mushuk va   tulkilarning 

ingichka ichagida parazitlik qiluvchi serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium 

latum)ni misol keltirish mumkin.  

Serbar  tasmasimon  chuvalchang  tasmasimon  chuvalchanglar  sinfining  eng  uzun 

va  yirik  vakili  hisoblanib,  odam  hamda  turli  yirtqich  sutemizuvchilarning  (it,  mushuk, 

tulki, ayiq, bo„ri) ichagida parazitlik qiladi.  

Tanasining  uzunligi  10-15  m,  ba‟zan  esa  20  m  gacha  boradi,  eni  esa  3-4,5  sm 

gacha yetadi.  

Bo„g„imlar,  ya‟ni  proglottidalar  soni  har  bir  voyaga  yetgan  keng  tasmasimon 

chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo„g„imlarning eni bo„yiga nisbatan uzun bo„ladi. 

Skoleksi, ya‟ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Ularning 

boshchasida  so„rg„ich  o„rrnida  2  ta  chuqur  egatchalar-botriylari  mavjud,  shu  organi 

yordamida ular asosiy xo„jayini ichak devoriga yopishadi. 


 

Xitinli ilmoqchalari yo„q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistemasi 

qoramol  tasmasimonnikiga  o„xshash,  lekin  keng  tasmasimon  chuvalchanglarda  3  ta 

teshik tashqariga  ochiladi, bularning biri bachadon  teshigi,  qolganlari  esa qin  va  urug„ 

yo„llari  teshigi  hisoblanadi.  Mazkur  teshiklar  boshqalarnikiga  o„xshab  proglottida-

larning  yon  tomonlariga  ochilmay,  balki  oldingi  yuzasiga  ochiladi.  Oxirgi 

bo„g„imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo„lganligi uchun parazitning 

nomi  serbar  yoki  keng  tasmasimon  chuvalchang  deyiladi.  Yetilgan  bo„g„imlar  asosiy 

xojayini tezagi orqali tashqariga chiqadi.  

Urug„donlar har bir bo„g„imda 700–800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo„lib, 

ikki bo„lakdan iboratdir. Yetilgan bo„g„imlardagi bachadonlar ham o„zining shoxlanishi 

bilan boshqa tasmasimon chuval-changlardan farq qiladi.  

Bachadon  shoxlari  uzun,  har  bir  bo„g„imning  markazida,  ya‟ni  o„rtasida 

joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o„xshaydi. 

Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo„jayin ishtirok etadi (38-

rasm).  Asosiy  xo„jayini  –  odam,  mushuk,  it,  tulki,  ayiq  va  boshqalar.  Birinchi  oraliq 

xo„jayini  suvda  yashovchi  mayda  qisqich-baqasimonlar  (siklop  va  diaptomuslar)  va 

ikkinchi  oraliq  xo„jayini  (qo„shimcha  xo„jayini  ham  deb  ataladi)  baliqlar  (cho„rtan, 

okun, losos) hisoblanadi. 

Bunda  asosiy  xo„jayinda  yetilgan  keng  tasmasimon  chuvalchangning  tuxumlari 

axlat  bilan  birga  tashqi  muhitga  chiqariladi.  Bu  tuxumlar  faqat  suvda  rivojlanadi. 

Oradan  3–5  hafta  o„tgach,  tuxumdan  usti  kiprikchalar  bilan  qoplangan  koratsidiy 

chiqadi.  Koratsidiy  sharsimon  bo„lib,  suvda  kipriklari  yordamida  suzib  yuradi. 

Koratsidiylarning kiprikli epiteliyasi ostida 6 ilmoqli onkosfera bo„ladi. Koratsidiylarni 

suvdagi qisqichbaqasimonlardan-sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi. 

Sikloplar  ichida  koratsidiylar  kipriklarini  yo„qotadi  va  onkosferalar  ichak 

devorini teshib tana bo„shlig„iga o„tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik stadiyasi  

proserkoidga aylanadi. 

Proserkoidning  bosh  qismida  6  ilmoqli  yumaloq,  kichkina  o„simta  bo„ladi. 

Proserkoidning  rivojlanishi  3  haftacha  davom  etadi.  Keyinchalik  bunday  lichinkalar 

bilan  zararlangan  sikloplarni  cho„rtan,  nalim  va  ba‟zi  losossimon  baliqlar  yutib 

yuboradi.  Proserkoidlar  baliq  oshqozonidan  muskullar,  jigar  va  boshqa  organlariga 

o„tadi  hamda  keyingi  lichinkalik  davri-pleroserkoidga  aylanadi.  Pleroserkoidning 

uzunligi  10–15  mm  bo„lib,  bosh  qismida  so„rg„ichlar  –  botriylari  aniq  shakllangandir. 

Bu lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi. 

Odamlar  xom  va  chala  pishirilgan  pleroserkoidli  baliq  go„shtini  yoki  ikrasini 

iste‟mol  qilganda,  serbar  tasmasimon  chuvalchangni  o„zlariga  yuqtiradilar.  Odam 

organizmida  21–36  kundan  keyin  plerotserkoiddan  8–15,  ba‟zan  20  m  uzunlikdagi 

jinsiy  voyaga  yetgan  keng  tasmasimon  chuvalchang  yetishadi.  Shuni  ham  aytib  o„tish 

kerakki,  bu  parazitning  rivojlanishida  asosiy  xo„jayin  va  ikkita  oraliq  xo„jayindan 

tashqari,  ayrim  hollarda,  yana  rezervuar xo„jayin  ham  ishtirok  etishi  mumkin.  Sunday 

rezervuar xo„jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo„lib, ular plerotserkoid bilan zararlangan 

mayda  baliqlarni  yutib  yuboradi.  Bunda  mayda  baliqlardagi  plerotserkoid  yirtqich 

baliqlar  muskullariga  va  boshqa  organlariga  o„rnashadi  va  o„zining  tiriklik  holatini 

saqlab  qoladi.  Masalan,  bitta  cho„rtan  baliqda  250  tagacha  plerotserkoid  uchraganligi 


 

aniqlangan.  Bir  sutkada  kasallangan  odam  yoki  hayvon  ichagidagi  parazit  tashqi 

muhitga 2,1 mln. gacha tuxurn chiqaradi.  

 

 



 

38-rasm. Serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum)ning rivojlanish bosqichlari: 

1- serbar tasmasimon chuvalchangning voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo„jayinlari; 3-parazit tuxumi; 

4-koratsidiy lichinkasi; 5-birinchi oraliq xo„jayini-siklop; 6-proserkoid lichinkasi; 7-ikkinchi oraliq 

xo„jayin (baliqlar); 8-pleroserkoid lichinkasi; 9-baliq muskulidagi pleroserkoidlar.  

 

Serbar  tasmasimon  chuvalchang  keltirib  chiqaradigan  kasallik  difillobotrioz  deb 



ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko„proq yashashi mumkin. 

Ular yirik bo„lganligi uchun juda ko„p ovqatni iste‟mol qiladi. Bir odam ichagida 143 

tagacha  parazit  uchraganligi  ma‟lum.  Difillobotrioz  bilan  kasallangan odamlarda  bosh 

og„rishi,  ish  qobiliyatining  pasayishi,  ko„ngli  behuzur  bo„lishi,  ich  yurishining 

o„zgarishi kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib 

ketadi,  bu  esa  kamqonlik  kasalligini  tug„diradi.  Parazit  o„zidan  turli  zaharli  moddalar 

ajratib chiqarib organizmni zaharlaydi. 

Serbar  tasmasimon  chuvalchang  daryo  va  ko„llar  bo„yidagi  aholisi  ko„pincha 

baliq  bilan  oziqlanadigan  hududlarda  keng  tarqalgan  (masalan,  Kareliyada,  Sankt-

Peterburg viloyatida, Boltiq bo„yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Yenisey, Amur, Pechora, 

Neva, Volga havzalarida, Baykal ko„li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar 

ko„p  zararlangan).  Difillobotrioz  kasalligiga  qarshi  yalpi  kurash  tadbirlari  ko„riladi. 

Jumladan, kasallangan odamlarni davolash, suv havzalarining ifloslanishini oldini olish, 







 

zararlangan  baliqlarni,  ya‟ni  yaxshi  tuzlanmagan  va  yangi  muzlatilgan  baliqlarni, 

ularning  ikralarini  iste‟mol  qilmaslik,  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  rioya  qilish  kabi 

tadbirlar  amalga  oshiriladi.  Kasallangan  odamlar  fenasal  va  oshqovoq  urug„i  bilan 

davolanadi.  

Kamar  chuvalchang  yoki  ligula  (Ligula  intestinalis)  voyaga  yetgan  davrida 

baliqchilar,  loyxo„raklar  va  boshqa  suvda  suzib  yuruvchi  hamda  suv  bo„yida 

botqoqliklarda  yashovchi  qushlar  ichagida  parazitlik  qiladi.  Ligulalarning  tanasi 

proglottidalarga  bo„linmaydi,  ammo  ularning  tanasida  uzunasi  bo„ylab  ko„p  marta 

takrorlanadigan  germafrodit  jinsiy  organlari  bo„ladi.  Voyaga  yetgan  ligula  tanasining 

uzunligi  15–100  sm  atrofida,  ikki  uchi  ingichkalashgan.  Tanasining  oldingi  tomonida 

ikkita botiridiyasi bor (39-rasm).  

 

 



 

39-rasm. Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis) ning rivojlanish sikli: 1-jinsiy yetuk 

ligula; 2-tuxumi; 3-koratsidiy; 4-proserkoid; 5-siklop; 6-pleroserkoid bilan zararlangan baliq.  

Ligula  ikkita  oraliq  xo„jayin  orqali  rivojlanadi.  Tuxumi  qush  tezagi  bilan  birga 

suvga  tushadi.  Tuxum  suvga  tushgach,  undan  5-9  kundan  keyin  kipriklar  bilan 

qoplangan lichinka–koratsidiy chiqadi. Koratsidiy suvda 1-2 kun yashaydi. Uni birinchi 

oraliq xo„jayin-diaptomus, sikloplar yutib yuboradi. 

Qisqichbaqasimonlar  tana  bo„shlig„ida  koratsidiylarni  qobig„i  yorilib,  ichidan  6 

ilmoqli  lichinka-onkosfera  chiqadi.  Onkosfera  qisqichbaqasimonlar  tana  bo„shlig„ida 

proserkoid  degan  lichinkaga  aylanadi.  Proserkoid  10–15  kunda  yetiladi.  Ligulaning 


 

ikkinchi oraliq xo„jayini chuchuk suv baliqlarining har xil turlari bo„lib, ular proserkoid 

bilan zararlangan diaptomus va sikloplar bilan ovqatlanganda, bu lichinkalarni o„zlariga 

yuqtiradi  va  baliqlarning  gavda  bo„shlig„ida  12-14  oydan  keyin  ligulaning  uchinchi 

lichinkalik  dlavri  pleroserkoidga  aylanadi.  Bu  lichinkalar  baliq  tanasida  2-3  oy 

parazitlik qiladi. 

Pleroserkoidning  uzunligi  50–80  sm  atrofida  bo„ladi.  Pleroserkoidlar  dastlab 

baliqlarning  terisini  teshib  tashqariga  chiqadi  va  baliqlarning  ko„plab  qirilib  ketishiga 

sababchi  bo„ladi.  Ligulalar  bilan  ko„pincha  karpsimon  baliqlardan  O„zbekiston  suv 

havzalarida qora baliq (marinka), zog„ora baliq, leshch, qizil ko„z baliqlar zararlanadi. 

Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan kasallik ligulyoz deb atalib, suv havzalaridagi 

baliqchilik xo„jaliklariga katta zarar yetkazadi.

 

Suvda  va  botqoqliklarda  yashovchi  qushlar  (ko„k  qo„ton,  baliqchi,  loyxo„rak, 



o„rdak  va  boshqa  qushlar)  kasallangan  baliqlarni  yeb,  bu  chuvalchangni  o„zlariga 

yuqtiradi. Pleroserkoid qush ichagiga tushgandan 2-5 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi 

va  tuxum  qo„ya  boshlaydi.  Parazit  qush  organizmida  qisqa,  ya‟ni  3-4  hafta  parazitlik 

qiladi, so„ngra organizmdan tabiiy holda chiqarib tashlanadi.  

Invaziyaning  manbai  bo„lib  baliqxo„r  qushlar  hisoblanadi.  Hovuz  xo„jaliklarida 

baliqlarning  zararlanishi  40-100  %  ga  yetadi.  Karp  va  oq  amur  chavoqlari 

zooplanktonlar  bilan  oziqlanganda  ligulyoz  bilan  kasallanishi  mumkin.  Agar  ular 

kattaroq yoshda ushbu kasallikka chalinsa, bu hovuzda zoobentosning yetishmasligidan 

yoki  sun‟iy  ozuqalarning  mavjud  emasligidan  va  shuning  uchun  zooplakton  bilan 

oziqlanishga  majburligidan  dalolat  beradi.  Kasallikning  avjga  chiqishi  va  baliqlarning 

nobud bo„lishi odatda bahorda va yozda qayd etiladi. Chunki bu vaqtda plerotserkoidlar 

juda  faollashadi.  Kasallangan  baliqning  qorni  shishib,  ushlab  ko„rilganda  juda  qattiq 

bo„ladi.  Kasal  baliqlar  suvning  yuzasiga  suzib  chiqadi,  oziqlanmay  qo„yadi  va  vazni 

bo„yicha sog„lom baliqlardan ancha ortda qoladi.  



Zanjirsimonlar  (Cyclophyllidea)  turkumi  vakillarida  gavda  to„lig„icha 

bo„g„imlashgan.  Ularning  yetilgan  bo„g„imlardagi  bachadoni  yopiq  holda  tuzilgan, 

embrional taraqqiyoti bachadonda kechadi, tuxumda paydo bo„lgan lichinka – onkosfera 

oraliq xo„jayinlari iste‟mol qilmaguncha tuxumdan tashqariga chiqmaydi. ikki xo„jayin 

ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo„jayini organizmida pufaksimon lichinka paydo bo„ladi.  

Exinokokk  (Echinococcus  granulosus).  Mahsuldor  hayvonlarga  va  odamlarga 

juda  katta  zarar  keltiradigan  tasmasimon  chuvalchanglardan  yana  biri  exinokokk 



(Echinococcus  granulosus)  hisoblanadi.  Voyaga  yetgan  exinokokkning  shakli 

tasmasimon bo„lib, uzunligi 2-6 mm atrofida, tanasi skoleks va 3–4 bo„g„imdan iborat. 

Skoleksida 4 ta so„rg„ichi va xartumi bor. Xartumi ikki qator joylashgan, 28 tacha xitinli 

ilmoqchalar  bilan  qurollangan.  Skoleksdan  keyingi  birinchi  va  ikkinchi  bo„g„imlari 

germafrodit  bo„lib,  unda  50  ga  yaqin  urug„don,  urug„  tashuvchi  naycha,  jinsiy  bursa, 

tuxumdon,  melis  tanachasi  va  qin  joylashgan.  Oxirgi  yetilgan  bo„g„imi  400–800  ta 

tuxum bilan to„lgan bo„ladi (40-rasm).  

Voyaga  yetgan  tasmasimon  exinokokk  it  va  boshqa  go„shtxo„r  yirtqich 

hayvonlarning  ichagida  6  oy,  ba‟zan  1  yilgacha  yashashi  mumkin.  Exinokokkning 

yetilgan  oxirgi  bo„g„imlari  asosiy  xo„jayini  axlati  bilan  tashqariga  chiqariladi  va  bu 

bo„g„imlar faol harakat qilib, 5–25 sm gacha bo„lgan masofani bosib o„tib, yem-xashak 

hamda boshqa narsalarga o„z tuxumlarini sochadi.  



 

 

 



 

40-rasm. Exinokokk (Echinococcus granulosus) ning rivojlanish sikli sxemasi. 

 

Oraliq xo„jayinlar, ya‟ni qo„y, echki, qoramol, tuya, cho„chqa va boshqa o„txo„r 



hayvonlar  exinokokk  tuxumlarini  yem-xashak  bilan  yutib,  bu  parazitni  o„zlariga 

yuqtiradi.  

Mazkur  hayvonlar  ichagida  tuxumdan  ajralgan  6  ilmoqli  lichinka  –  onkosfera 

tezda  ichakni  teshib  qonga  o„tadi,  so„ng  hayvonlarning  o„pkasi,  jigari,  buyragi  va 

boshqa  organlariga  borib  joylashadi.  Bu  organlarda  exinokokk  pufagi  hosil  bo„ladi.  U 

juda sekin va uzoq o„sib, tobora kattalashib boradi. 

Exinokokkning pufakli shakli 10–30 yilgacha ham o„sishi mumkin. Pufak ichida 

exinokokk  lichinkasi  taraqqiy  etadi  va  bosh  qismi  ichkarisiga  qayrilgan  ilmoqchali 

shakllar  hosil  bo„ladi.  Exinokokk  pufaklari  bilan  zararlangan  organlarning  hajmi 

kattalashib, shakllari o„zgarib ketadi.  

Exinokokk  pufaklari  no„xatdek,  yong„oqdek,  olmadek,  yosh  bola  boshiga  teng 

keladiganlari va undan ham katta bo„ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan zararlangan 

sigir o„pkasida og„irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna topilganligi va bunday 

finnadan  43  litrdan  ortiq  suyuqlik  olinganligi  fanga  ma‟lum.  Bunday  miqdordagi 

suyuqlik xo„jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi. Demak, exinokokk pufagi, 

birinchidan, hajmining katta bo„lishi, ikkinchidan, birinchi pufak ichida ko„p miqdorda 

ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining bo„lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir 

nechtadan  bo„lajak  tasmasimon  exinokokkning  boshlari  –  skolekslari  bo„lishi  bilan 

boshqa tasmasimonlarning finnasidan farq qiladi.  

Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10 tadan. 

1000 tagacha bo„ladi. Asosiy xo„jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan organlarni 

iste‟mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi skolekslardan 

jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil bo„ladi. 


 

Exinokokk  asosiy  xo„jayini  ichagiga  tushgandan  70-100  kundan  keyin  jinsiy 

voyaga  yetadi  va  tuxumlarini  chiqaradi.  Exinokokk  keltirib  chiqaradigan  kasallik 

exinokokkoz  deb  ataladi.  Bu  kasaliik  yer  yuzining  turli  mintaqalarida  keng  tarqalgan. 

MDH  mamlakatlarida  hamma  respublikalar  chorvachilik  xo„jaliklarida  keng  tarqalgan 

va  chorvachilikka  hamda  inson  sog„ligiga  katta  zarar  yetkazadi.  Ilmiy  ma‟lumotlarga 

qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo„ydan o„rtacha 2,5 kg go„sht, 300 g 

yog„, 100 g jigar va 400 g o„pka hamda jun mahsulotlari kam olinadi. Exinokokkning 

lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko„plab uchraydi. Masalan, Urugvayda 10 yil 

mobaynida  3780  odam  exinokokkoz bilan  kasallangan. MDHda  exinokokkoz  Ukraina, 

Gruziya,  Ozarbayjonda  va  O„rta  Osiyo  mamlakatlarida  odamlarda  uchrab  turadi. 

Exinokokkning pufakli shakli faqat jarrohlik yo„li bilan olib tashlanadi. Shuning uchun 

ham bu kasallikka qarshi kurashishning yagona choralaridan bir-profilaktika tadbirlari, 

ya‟ni kasallikning kelib chiqishiga yo„l qo„ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz 

itlarning  sonini  kamaytirish  kerak.  Chorvachilik  xo„jaligidagi  hamda  ov  itlarini 

muntazam  ravishda  degelmintizatsiya  qilish,  ya‟ni  gijjaga  qarshi  dorilar  berib  turish 

kerak.  So„yilgan  mollarning  exinokokk  pufaklari  bilan  kasallangan  organlarini  itga 

bermasdan, yo„qotish hamda zararsizlantirish lozim.  

Odamlar  aksariyat  hollarda  itlarga  yaqinlashganda,  ularni  silaganda,  boshqa 

go„shtxo„r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda exinokokk tuxumini o„ziga yuqtirib 

oladi.  Chunki  itlarning  va  boshqa  go„shtxo„r  hayvonlarning  junida  ko„plab  exinokokk 

tuxumlari  bo„ladi.  Shuning  uchun  ham  odamlar  sanitariya-gigiyena  qoidalariga  qattiq 

rioya  qilishlari  hamda  itga  ehtiyot  bo„lib  muomala  qilishlari  kerak.  Exinokokkozni 

aniqlash  asosan  immunologik  usullar  orqali  olib  boriladi.  Bu  kasallik  rentgen  usulida 

ham aniqlanadi.  

Qoramol  tasmasimon  chuvalchangi  (Taeniarhynchus  saginatus).  Qoramol 

tasmasimon chuvalchangi asosan, odamlarning ingichka ichagida parazitlik qilib hayot 

kechiradi (41-rasm).  

Parazitning  tana  uzunligi  4–10  m  gacha  boradi.  Eni  esa  12–14  mm  atrofida 

bo„ladi.  Gavdasi  bosh  (skoleks),  bo„yin  va  mingga  yaqin  proglottidalardan  iborat. 

Skoleksida  4  ta  so„rg„ichi  bo„ladi.  So„rg„ichlari  o„rtasida  rudiment  ko„rinishdagi 

xartumi  bo„lib,  unda  xitinli  ilmoqchalar  bo„lmaydi.  Shuning  uchun  ham  qoramol 

tasmasimoni qurollanmagan tasmasimon deyiladi. 

Jinsiy  organlari  sistemasi  taxminan  200-bo„g„imdan  paydo  bo„la-boshlaydi. 

Germafrodit  bo„g„imlarida  avval  erkaklik,  so„ngra  urg„ochilik  jinsiy  a‟zolari  yetiladi. 

Urug„donlar  soni  har  bir  proglottidda  1000  ga  yaqin,  bir  dona  tuxumdoni  esa  ikki 

bo„lakli.  

Gavdasining  oxiridagi  yetuk  bo„g„imlarda  bachadon  shoxlangan  va  asosiy 

bachadon o„qidan yon tomonlariga 18–35 tadan o„simtalar o„sib chiqadi.  

 


 

 

 



41-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning tashqi tuzilishi va 

taraqqiyot sikli:  1-voyaga yetgan sestoda; 2-asosiy xo„jayini; 3-harakatchan bo„g„in;  4-onkosferali 

tuxum; 5-oraliq xo„jayini; 6-finna (sistiserk); 7-asosiy xo„jayin ichagida sestodaning rivojlanishi; 8-

sistiserk bilan zararlangan hayvon go„shti.  

 

Bu  o„simtalar  o„z  navbatida  yana  shoxlanib,  butun  proglottida  yuzasini  egallab 

oladi. Eng oxirgi yetilgan proglottidaning uzunligi 16–20 mm, eni esa 4–7 mm bo„lib, 

ular strobiladan yakka-yakka ajralib, tashqi muhitga chiqadi. Qoramol tasmasimonining 

lichinkalik stadiyasi – sistiserk ham parazitlik qilib hayot kechiradi. Sistiserkning shakli 

ovalsimon ko„rinishda, no„xat kattaligiday bo„ladi. Uning ichida 4 ta so„rg„ichli skoleksi 

joylashgan.  Sistiserk  qoramollarning  go„shti  orasida  yashaydi  va  u  finna  deyiladi. 

Demak,  qoramol  tasmasimoni  biogelmint  bo„lib,  odam  bu  parazitning  yagona  asosiy 

xo„jayini  hisoblanadi.  Qoramol,  buyvol,  zebu  va  qo„toslar  esa  oraliq  xo„jayinlardir. 

Odamlar  asosan  xom,  chala  pishirilgan  yoki  chala  qovurilgan  fmnali  mol  go„shtini 

iste‟mol qilganda, bu parazitni o„zlariga yuqtiradi. 

Odam  organizmiga  tushgan  sistiserkning  po„sti  oshqozon  shirasi  hamda  o„t 

suyuqligi  ta‟sirida  eriydi  va  undan  chiqqan  lichinka  so„rg„ichlari  yordamida  ichak 

devoriga  yopishib  rivojlana  boshlaydi  hamda  2–3  oydan  keyin  jinsiy  voyaga  yetadi. 

Oxirgi  yetilgan  harakatchan  bo„g„imlar  bittadan  uzilib  tashqariga  chiqadi.  U  odam 

organizmida  18–20  yil  va  undan  ham  ortiqroq  yashashi  mumkin  va  har  yili  600  mln. 

gacha, umri davomida esa 1 mlrd. gacha tuxum qo„yadi. 

Qoramol  tasmasimonining  odam  ichagidagi  rivojlanish  siklini  rus  olimlari  J.K. 

Shtrom va F.F. Tolizin tomonidan chuqur o„rganilgan. Bu olimlar o„z hayotlarini xavf 

ostida  qoldirib,  qoramol  tasmasimoni  tuxumini  yutib,  uning  rivojlanishini  va 

organizmga ko„rsatadigan ta‟sirini o„zlarida tajriba o„tkazib sinab ko„rishgan. Ularning 

olib borgan tajribalariga ko„ra xo„jayin ichagidan har kuni parazitning 10–11 ta yetilgan 

bo„g„imlari  alohida-alohida  tashqariga  chiqadi.  Bitta  bo„g„imda  145–175  mingtagacha 







 

tuxum bo„ladi. Qoramol tasmasimoni-ning yetuk proglottidalari odam eskrementi orqali 

tashqi muhitga chiqib, turli mexanik va fizik ta‟sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli 

lichinkasi  (onkosfera)  bor  tuxum  atrof-muhitga  tarqaladi.  Voyaga  yetgan  parazit  bir 

kecha-kunduzda odam organizmidan tashqi muhitga 300 mingdan 5 mln. tagacha tuxum 

chiqaradi. 

Qoramollar yem-xashak, suv va ba‟zan odamning najasini iste‟mol qilishi orqali 

parazit  tuxumini  o„ziga  yuqtiradi.  Mollar  oshqozonida  shiralar  ta‟sirida  parazit 

tuxumining  po„sti  erib  ketadi  va  undan  chiqqan  lichinka-onkosfera  ilmoqchalari 

yordamida  me‟da  yoki  ichak  devorlarini  teshib  qon  tomiriga  o„tadi.  U  qon  bilan 

organizmga tarqaladi va skelet muskullari, yurak, ko„z, bosh miya va boshqa organlarda 

o„rnashib  rivojlanadi.  Ma‟lum  vaqtdan,  ya‟ni  4–6  oydan  keyin  no„xat  kattaligidagi 

pufaksimon shaklga aylanadi. Bu davr finna, u keltiradigan kasallik esa finnoz deyiladi. 

Umuman,  qoramol  tasmasimonining  jinsiy  voyaga  yetgan  davri  teniarinxus 

(Taentarynchus  saginatus),  keltirib  chiqaradigan  kasalligi  esa  teniarinxoz  deyiladi. 

Lichinkalik  davrida  (Cysticercus  bovis)  hosil  qiladigan  kasallik  esa  sistiserkoz  deb 

ataladi.  Bundan  ko„rinib  turibdiki,  teniarinxoz  bilan  asosan  odamlar,  sistiserkoz  bilan 

esa qoramollar kasallanadi. 

Teniarinxoz  yer  yuzida  keng  tarqalgan.  Ayniqsa,  Afrika,  Janubiy  Amerika, 

Avstraliya  va  Osiyoning  ayrim  mamlakatlarida  odamlar  bu  kasallik  biian  ko„proq 

kasallanadi.  MDHda  teniarinxoz  Kavkaz  ortida,  O„rta  Osiyo  respublikalarida, 

Qozog„istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko„proq uchraydi. O„zbekistonda bu 

kasallik,  ayniqsa,  Xorazm  viloyati  aholisi  o„rtasida  keng  tarqalgan  (13%).  Buning 

asosiy sababi mahalliy aholi o„rtasida milliy taom  mol go„shti qiymasidan tayyorlangan 

«ijjan»ning (piyoz va garmdori qo„shilgan xom qiyma mol go„shtining) keng iste‟mol 

qilinishidir. 

Sistiserkoz  kasalligi  qoramollarda  uchrab,  chorvachilikka  katta  iqtisodiy  zarar 

keltiradi.  Chunki  sistiserkoz  bilan  zararlangan  go„shtning  narxi  past  bo„ladi.  Shunday 

go„sht  faqat  zararsizlantirilgandan  keyingina  iste‟mol  qilishga  ruxsat  etiladi.  Agarda 

mol sistiserkoz bilan kuchli zararlangan bo„lsa, uning go„shti iste‟mol qilishga yaroqsiz 

hisoblanadi. Bunday mollarning bir qismi kasallik boshlanishi davrida halok bo„ ladi. 

Qoramollarning sistiserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, xonadonlarda boqiladigan 

shaxsiy  mollarda  ko„proq  uchraydi.  Chunki  ba‟zi  xonadonlarda  hojatxonalarning 

yo„qligi, agarda bo„lsa ham sanitariya qoidalariga javob bermasligidandir. 

Umuman, odamlardagi teniarinxoz va qoramollardagi sistiserkoz kasalliklarining 

oldini  olish  uchun,  avvalo,  odamlardagi  teniarinxoz  kasalligini  tugatish  kerak.  Buning 

uchun aholi o„rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar olib borish, kasallikning 

bor-yo„qligini  aniqlash  lozim.  Bemorlarni  tezda  davolash  kerak.  Teniarinxoz  bilan 

kasallangan  odamlarni  fenasal,  oshqovoq  urug„ini  berib  davolashadi.  Kasallik 

odamlardan  qoramollarga  yuqmasligi  uchun  aholi  yashaydigan  joylarda  yopiq  tipdagi 

hojatxonalar bo„lishi va ular toza holda saqlanishi lozim. Qoramol go„shti veterinariya 

nazoratidan  o„tkazilishi  kerak.  Xom  yoki  chala  pishgan  qoramol  go„shtini  yemaslik, 

xom  qiymani  tatib  ko„rmaslik  kerak.  Qoramollarda  finnozni  davolash  uchun 

prazikvantel qo„llanil-moqda. 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin