Nizomiy nomidagi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix02.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#78265
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
2 5440577043987173933

II-bob uchun xulosa 

Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga 
va chiniqtirishga yordam berish. 

O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar 
berish, ularga gigienik bilim va ko’nikmalarni singdirish. 

O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va 
takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish. 

Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, 
epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish. 

Botirlik, qatiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini madaniy 
hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash. 

Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini 
shakllantirish. 

O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam 
mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash. 

O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi 
jismoniy madaniyat faolini tayyorlash. 
 


49 
III-BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKEL QILISH VA 
O’TKAZISH 
1. Tajriba sinov ishlarini tashkel qilish 
Jismoniy tarbiyada o’qitishning predmeti sifatida harakatlantiruvchi harakat 
va maxsus mashg’ulot o’qitishning muayyan uslublarni egallashni o’qituvchidan 
talab qilinadi, o’quvchilardan esa ta’limning usullari bilan. O’quvchilarni 
bilmaslikdan bilishlikka, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday yetaklab bormoq 
kerak – o’qituvchining konstruktiv faoliyatining sterjenli vazifalaridan biridir. 
Ta’lim berishning usullari ko’p, biroq ulardan birortasi ham universal bo’la 
olmaydi. Ta’limning usullari tavsiflarini bilish bu usullar xilma-xilligiga to’g’ri 
yo’l topib olishiga va o’quv vazifalar uchun eng samaradorligini tanlab olishga 
imkon beradi. O’quvchilarga bilimlar va ko’nikmalar berish usullari, 
o’qituvchining o’quvchilarga ta’sir o’tkazishi, o’quvchilar o’zlarining ishi – 
bularning hammasi uslublarga (usul, yo’l-grekcha so’z) va uslubiy usullarga 
tegishli. 
O’qitish uslubi – bu o’qituvchining o’qitish usulidir va o’quvchilar yaxshi 
material o’zlashtirishidir. Bu to’g’rida mualliflarning fikri har xil bo’lsada, 
ko’pchiligi o’xshash tomonlari mavjud. 
Ta’limning sharoitlari va didaktik vazifalar bilan muvofiqlikda har qaysi 
uslub uslubiy usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan: ko’rsatish uslubi 
har xil usullar bilan, mashqni profil yoki nafasda zaruriy tezlik darajasida yoki 
sekinlatib ko’rsatish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning 
o’rgatishning vazifasini amalga oshirish usulidir. 


50 
Ushbu o’quvchilarning faol harakatlantiruvchi faoliyatiga asoslangan 
jismoniy mashqning bajarilish sharoitlari reglamentatsiyasining darajasidan 
bog’liqlikda uslublar ikki guruhga bo’linadilar. Qattiq reglamentatsiyalashtirilgan 
mashqning 
(qismlar 
bo’yicha 
o’rganish 
va 
umuman) 
va 
qisman 
reglamentlashtirilgan (o’yinli va musobaqalashuvchi). Bu farqlar nisbiydir. 
Reglamentatsiya 
payti 
har 
qanday 
uslubda 
bor. 
Turli 
xilligi 
faqat 
reglamentatsiyaning xarakteri va darajasidir. 
Bu uslublar yuklamaning miqdori uning oshishi, dam olish bilan almashinuvi 
va x.k. harakatlar qattiq reglamentatsiyasining shakllari harakatining ko’p marta 
bajarilishi bilan xarakterlanadi. Bu guruhga tegishli uslublar bir-birini to’ldiradi va 
ko’pgina shartlar bilan muvofiqlikda qo’llaniladi. Ular aniq o’quv vazifasini 
aniqlaydi: o’quvchilarning guruhli va shaxsiy xarakterini, ta’limning bosqichlarini, 
o’quv materialining mazmuni va xarakterini, ta’limning mahalliy sharoitlari bilan, 
o’quv vositalarining mavjudligi (inventarlar, asboblar) va boshqalar. 
Uslub harakatning alohida qismlarini ularning yaxlitlikda kelgusida 
qo’shilishi bilan dastlabki o’rganishni nazarda tutadi. Bu uslubning to’la qimmatli 
singdirilishi ko’pincha harakatlantiruvchi harakatning qismlarga bo’lib yuborish 
zarurligi va imkoniyatini tushunishdan bog’liq. Shuningdek, amaliy mahorat 
ta’limning vazifalari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Murakkab harakat 
uning harakatlari mexanik tarzda qo’shiluvchilarning natijasini ifodalaydi. 
Yaxlitlik har doim uning ayrim unsurlaridan nima bilandir farq qiladi, ular 
o’rtasida muayyan nisbat o’rnatiladi. 
Bo’lib yuborish qismlar bo’yicha o’rganish uslubining xarakterli xislatidir. 
Biroq, qismlarni o’rganishning o’zi birdan bir maqsad emas. U faqat yaxlit 
harakatlarni o’rganishni yengillashtiruvchining boshlang’ich bosqichiga xizmat 
qiladi. Tugallanish umuman asosiy harakatdir. 
Harakatlarni bo’lib yuborish usullari xilma xil bo’lishi mumkin. Biroq, 
ulardan har biri pirovardida yakunlovchi mashqlar vujudga kelishiga olib keladi. 
Ular o’zining vazifasi va tabiati bilan yaxlit harakatning «qismlari – unsurlari» 
bilan printsipial farqlarga ega emas. Murakkab harakatdan qandaydir unsurini 


51 
bo’lib yuborayotib, masalan (kanatda to’g’ri qo’llarga osilishda oyoqlarni oldinga 
bukish) biz jismoniy mashq vujudga keltiramiz. U keltirilgan misolda tirmashib 
chiqishning ushbu usuli uchun yakunlovchi bo’lib hisoblanadi. 
Yakunlovchi mashq harakatlantiruvchi biror bir harakatning yaxlitligini 
shaxsiy ilmiylik vazifalarini tahminiy yechish orqali o’zlashtirishni yengillashtirish 
uchun foydalaniladi. Yakunlovchi mashq yaxlit harakatning tarang unsurlarining 
asab-mushak xarakteri va strukturasi bo’yicha o’xshashligi tarkibiga olganligi 
sababli erishiladi. 
Yakunlovchi mashq markaziy asab tizimida shunaqangi asoratli samaralarni 
ko’proq oddiy vaqtinchalik aloqalarni ular asosiy mashqlar bilan koordinatsion 
umumiylik va bir xillikning ma’lum oqibatini to’planishiga ko’maklashadi va 
uning o’zlashtirilishini yengillashtiradigan bo’lishi mumkin. 
Yakunlovchi mashqlar tizimini yaratish harakatga o’rganish uchun 
mo’ljallangan uning mas’ul unsurlarini ajratish va qismlarga bo’lib yuborish yo’li 
bilan erishiladi. Yakunlovchi mashqlar miqdori, harakatning taqsimlab yuborish 
xarakteri ularning qo’llash muddati va navbatiga bog’liq. Bularning hammasini 
o’qituvchi o’rganilanadigan harakatning murakkabligi va o’quvchilar tayyorligini 
hisobga oluvchi, ta’limning aniq vazifalariga tadbiqan aniqlashi kerak. 
Yakunlovchi mashqni o’rganishning vazifalari va harakatlantiruvchi 
harakatning strukturasi bilan bog’liqlikda ikki shaklda tasvirlash mumkin. 
Harakatning yaxlitligini qismlarga bo’lib yuborish shaklida yoki yaxlit harakat 
shaklida. Yakunlovchi mashqlarning ikkinchi shakli unga tamomlangan strukturani 
kuchaytirish uchun qo’shimcha harakatlar bilan o’rganiladigan harakatning 
muayyan qismini ifodalaydi. 
Qismlar bo’yicha o’rganishning pedagogik ustunligi: 
1. 
Harakatning 
o’zlashtirish 
jarayonini 
yengillashtiradi. 
Shaxsiy 
harakatlantiruvchi ko’nikmalar zahirasining asta-sekin to’planishi yo’li bilan 
o’quvchilar maqsadiga to’g’ri keladi va kerakli harakatni shakllantiradi. Shu kabi 
o’rgatish har bir detalga diqqatni to’plashga, umuman harakatlantiruvchi biror 


52 
ayrim hodisada uning rolini anglashga imkon beradi. Natijada o’rgatishning 
muddati qisqaradi va harakatlarning umumiy bajarish madaniyatini oshiradi. 
2. Qismlar bo’yicha o’rgatish ta’lim jarayonini har bir mashg’ulotda ko’proq 
aniqlab boriladi. Binobarin, hatto bitta unsur bilan yutuqni o’zlashtirishga asos 
bo’ladi. 
3. Yakunlovchi mashqlar xilma-xilligidan ta’lim jarayonida darslar ko’proq 
qiziqarli bo’lib qoladi. 
4. Qismlar o’rganishini vujudga keltiruvchi harakatlantiruvchi harakatning 
katta zahirasi bolalar harakatlantiruvchi tajribasining boyitish vazifasini 
muvofaqqiyatli yechishga imkon beradi. 
5. Qismlar bo’yicha o’rganish uslubining tadbiq etilishi yo’qotilgan 
ko’nikmani nisbiy tez tiklashga ko’maklashadi. 
Bu uslub koordinatsionli murakkab harakatlarni o’rganish vaqtida almashtirib 
bo’lmaydigan va zaruriyat tug’ilganda ayrim bo’g’inlar va mushaklar guruhlariga 
ta’sir o’tkazadi. 
Shunday qilib, qismlar bo’yicha o’rganish uslubi o’rganilanayotgan harakatlar 
tahliliga ijodiy yondoshishga yordam beradi. Harakatni uning faqat tashqi shaklida 
idrok etishga imkon bermaydi. 
Harakatni bo’lib yuborish xarakteri, yakunlovchi mashqlar miqdori, ulardan 
har biri qo’llashning davom etishi, bularning hammasi faqat umumiy tavsiya 
shakliga ega bo’lishi mumkin va kerak. O’qituvchining ishi – ta’limning o’ziga xos 
sharoitlariga tadbiqan mavjud tavsiyalardan xatosiz foydalanishdir. Harakatni 
savodsiz bo’lib yuborish vaqtida, binobarin, yakunlovchi mashqlarni tasodifiy 
tanlash vaqtida noto’g’ri foydalanish paytida ularni o’rgatish jarayonini jiddiy 
murakkablashtirib qo’yadi. 
Bu uslub ta’limning har qanday bosqichida qo’llaniladi. Nisbatan oddiy 
mashqlarda va o’quvchilar tayyorligining yetarlicha yuqori darajasida yakunlovchi 
mashqlarda zaruriyat yo’q bo’ladi va umuman o’rganish uslubini ta’limning 
birinchi bosqichlarida foydalanilsa bo’ladi. Umuman o’rganishning yakunlovchi 
bosqichida har qanday harakatni o’rganish vaqtida qo’llaniladi. 


53 
 
Ushbu uslublar mukammallashtirish bosqichida foydalaniladi, qachonki 
o’quvchilar bilim va ko’nikmalarni yetarlicha hajmda egallagan va qo’yilgan 
vazifalarni yechish uchun harakatni erkin tanlay oladilar. Ushbu guruhga kiruvchi 
uslublar har xil belgilarga ega bo’lib o’xshashlikka ega. Foydalanish vaqtida 
ularning u yoki bu harakatda ustunlikni tasdiqlashga intilsa, o’quvchilar o’rtasida 
raqobatchilikning unsuri har doim ishtirok etadi. 
O’yin uslubi. 
O’yin uslubi jismoniy tarbiya o’yinlari uchun xarakterli bo’lgan ko’pgina 
belgilarga ega. O’yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasidir (ya’ni jismoniy 
mashqlar xarakterli tizimlari bilan), balki tarbiyaning va ta’limning samarali uslubi 
hamdir. Shuning uchun o’yin uslubining tabiatini umuman o’yinning mohiyatini 
faqat tushunish asosida mumkin. 
Uslub sifatidagi o’yin nafaqat umum qabul qilingan o’yinlar orqali singdirish 
amalga oshiriladi. O’yin uslubining tushunchasi rasmiy o’yinlardan ko’ra 
singdirish shakllari bilan va vositalari bo’yicha ancha keng. Shu bilan birga birorta 
ham harakatli yoki sport o’yinlaridan foydalanmasdan, butun darsni o’tkazish 
mumkin. 
O’yin uslubining eng xarakterli belgilar quyidagilardan iborat: 
1. O’yin harakatlarida emotsionallik va raqobatlilikning yorqin ifodalanishi. 
Uslub odamlar o’rtasida nisbatan murakkab o’zaro munosabatni qayta tiklashga 
imkon beradi. Shu munosabat bilan o’yin uslubida o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentatsiya qilinadi. 
2. Harakatlar bajarilishining sharoitlari kurash olib borishning shartlari 
haddan tashqari o’zgaruvchanligi. Buning natijasida o’yinchilar vujudga kelgan 
vazifalarni yechishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda shakllangan 
ko’nikmalar esa o’zgaruvchan sharoitlarga uyg’unlashuvchanligi, bukiluvchanligi 
bilan farq qilishi kerak. 


54 
3. Harakatlarda ijodiy tashabbuskorlikka yuqori talabchanlik. O’yin 
vaziyatlarining variantivligi jismoniy mashqlarning eng rezultativligi tanlashda 
mustaqillikni talab qiladi. 
4. Yuklamada va harakatlar xarakterida qattiq talab qiluvchi tartibni yo’qligi, 
o’quvchiga tushadigan yuklama uning o’yinda bajaradigan vazifalar va faolligidan 
to’laligiga qaram. 
Reglamentatsiyaning darajasi nisbatan kam hollarda, qachonki o’yin uslubi 
yangi harakatlarni o’rganish uchun qo’llanilgan paytda oshadi. 
5. Xilma xil harakatlantiruvchi ko’nikmalar va sifatlarning majmuali 
namoyon bo’lishi. O’yinda muvofaqqiyatga erishish uchun o’quvchiga bir qancha 
harakatlar majmuasidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va h.k.) foydalanishiga 
to’g’ri keladi. Bularning hammasi o’ynovchilarning organizmiga majmuali ta’sir 
o’tkazishni ta’minlaydi. 
6. Ko’p hollarda o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro munosabat biror bir 
predmetlar, masalan, koptoklar, bayroqchalar va x.k. yordami bilan amalga 
oshiriladi. 
Unitmaslik kerakki, o’yin uslubi uchun qayd qilingan belgilarning hammasi 
yoki ko’pchiligining mavjudligi xarakterlidir. U ta’limning samarasini tekshirish 
va umumiy jismoniy tayyorlik darajasi oshishining vositasi sifatida foydalaniladi. 
O’yin uslubidan to’g’ri foydalanilgan vaqtda ongli intizomni va o’zini tuta bilish, 
dadillik, matonatlik, tashabbuskorlik, faollik, jamoatchi xissiyotini tarbiyalashda 
katta ahamiyat egallaydi.
Musobaqa uslubi musobaqa uchun xarakterli bo’lgan ko’pgina belgilarini 
egallaydi. Ammo keyingisi bilan taqqoslash bo’yicha ko’proq keng qo’llanishga 
ega, musobaqa musobaqalashuvchi usulning eng yaqqol ifodalanishidir. 
Biroq musobaqalashuvchi usul ishiga ko’ra ham qo’llanishning keng sohasini 
egallaydiki, mashg’ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish vaqtida foydalanilsa 
bo’ladi. Masalan: musobaqalashuvchi usul bilan dars boshlanishidan oldin safga 
tortish bilan boshlab va zaldan chiqish bilan tugallab jismoniy tarbiya darsini 
o’tkazish mumkin. 


55 
Yuqorida qayd etildiki, ushbu uslub o’yin uslubi bilan ko’pgina umumiylikka 
ega. U shundan iboratki, ta’lim jarayonining o’yin uslubida har doim syujetli 
mazmunga ega. Musobaqalashuvchi uslubda bu moment yo’q bo’ladi va harakatni 
bajarish jarayonida to’laligicha uning mazmuniga bo’ysundirilgan. Demak, bu 
ikkita uslubni farqiga faqat harakatning syujetli rasmiylashtirishning yo’qligi yoki 
mavjudligi bo’yicha yetish mumkin. Agar yog’och bo’ylab siljish 
takomillashtirilsa, «daryocha orqali o’tkazish» ko’rinishida syujetli mazmunga ega 
bo’ladi. Binobarin, u holda o’yin uslubi ko’llanilgan. Agar usha mashq o’xshash 
syujetli rangga ega bo’lmasa, lekin harakatning texnikasini takolmillashtirishga 
bo’ysundirilgan bo’lsa, demak u holda musobaqalashuvchi uslub qo’llanilgan. Bu 
farqlar qay darajada bo’lmasin o’yin uslubidagi musobaqalashuvchi momentni olib 
tashlamaydi, biroq u mashqning syujetli mazmuniga bo’ysundirilgan. Agar o’yin 
uslubining mazmuni biror bir harakatlanadigan yoki sport o’yinidan iborat bo’lsa 
va shu o’yin bilan musobaqa o’tkaziladi. Bunday holda ikkala uslub o’rtasidagi 
farq yo’qoladi. 
Musobaqalashuvchi uslubning eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Oldindan belgilab qo’yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda u yoki bu 
harakatda g’alaba qozonish vazifasiga barcha faoliyatning bo’ysundirilishi. 
2. Yuqori sport yutug’iga erishish uchun birinchilik uchun kurashda jismoniy 
va ruhiy kuchlarni maksimal namoyon qilishi. 
3. O’quvchilarni boshqarishda ularning yuklamalarini tartibga solish 
imkoniyati chegaralanganligi. Bu uslub harakatda vujudga kelgan vazifalarni 
yechishda katta mustaqillikni talab qiladi. Binobarin, musobaqalashuvchi usul 
harakatni mukammallashtirish vaqtida eng samaralidir. Biroq uni o’rganishning 
dastlabkisida emas. Harakatlantiruvchi sifatlar rivojlanishining yetarlicha yuqori 
darajasini talab qiladi. Shu bilan birga ularning majmuali namoyon bo’lishida 
omadsizlikka va g’alabaga o’quvchilarning ruhiy mustahkamligi rivojlangan 
sharoit vaqtida o’zini pedagogik oqlaydi. Bu uslub bir tomondan o’quvchilarni 
oldindan har tomonlama tayyorgarligi sharoiti vaqtida eng ko’p pedagogik samara 


56 
beradi. Boshqa tomondan esa uning yordami bilan mavjud tayyorlik darajasini 
yuksaltirish mumkin.
O’qituvchi so’z yordami bilan uning konstruktiv, tashkilotchilik va faoliyatni 
boshqa tomonlarining ko’pgina vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek, 
o’quvchilar bilan o’zaro munosabatni o’rnatadi, ular bilan aloqa qiladi. So’z 
ta’limning barcha jarayonini faollashtiradi, chunki ko’proq to’la va yaqqol 
tasavvurni shakllantirilishiga ko’maklashadi. O’quv vazifasini faolroq idrok 
etishga, chuqur tushunishga yordam beradi. 
So’z yordami bilan o’qituvchi o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini tahlil 
qiladi va shu bilan birga o’zini o’zi baholashning rivojlanishiga ko’maklashadi. 
Shunday qilib, jismoniy tarbiya o’qituvchisi so’zning ikkita vazifasini 
foydalanish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, uning yordami bilan o’qitiladigan 
materialning ma’nosi ifodalanadi va o’quvchining xissiyotga emotsional ta’sir 
o’tkazishga imkon beruvchi ma’noli vazifani amalga oshirish uchun o’qituvchining 
nutqi o’quvchilarga aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Bu quyidagi uslubiy 
tavsiyalarda aniq ifodalanadi. 
1. So’zning ma’noli mazmuni ta’limning vazifalariga va o’quvchilarning 
fazilatlari bilan muvofiqlikda bo’lishi kerak. Faraz qilaylik, yangi mashqni 
o’rganishdan oldin dastlabki tushuntirishdan, so’ngra esa texnik asoslarini 
o’rganishning detallarni tasvirlashdan foydalanilgan bo’lishi mumkin. 
2. So’zdan foydalanib, o’rganilanayotgan harakatning samaradorligini 
ta’kidlab o’tish zarur. Masalan: bolalar erkin usul bilan tirmashib chiqishni 
nisbatan 
dadil 
egallayotib, 
tez-tez 
harakatlarning ko’proq murakkab 
koordinatsiyalari bilan tirmashib chiqishni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. Biroq 
o’rganilanadigan usulning ustunligini tushunarli qilib tushuntirib borilsa, unga 
bo’lgan salbiy munosabatni o’zlashtira oladi. 
3. So’z harakatda ayrim harakatlar o’rtasida o’zaro aloqadorlikni aniqlashga 
yordam berishi kerak. Ayniqsa yakunlovchi mashqlar bajarilayotgan vaqtda buni 
unutmaslik muhimdir. Ular kamroq emotsionalli va shuning uchun ularni asosiy 
harakatlar bilan aloqasini yaqqol tushunishni talab qiladi. 


57 
4. So’z uslubi asosiy kuchlarni ishlatish paytida, jismoniy mashqning texnik 
asoslarini o’quvchilarga tushuntirishda katta rol o’ynaydi. Shu maqsad bilan tez-
tez alohida so’zlar («qo’llar!», «bosh!» va boshqalar) ko’rinishida 
instruktivlashtirilgan aytib berishdan foydalanadilar. 
5. So’z obrazli bo’lishi kerak. Bu uning ko’rgazmaligini oshiradi va 
o’quvchilar uchun ko’proq tushunarli bo’ladi. O’quvchilarning harakatlantiruvchi 
tajribasini va bilimini hisobga olib o’qituvchi qo’yilgan vazifalarning bajarilishiga 
bog’liq bo’lgan holatlarga e’tiborini to’play oladi. 
6. O’quvchilarga harakatlarni avtomatik bajariladiganlar to’g’risida gapirish 
maqsadga muvofiq emas (to’g’rilash talab qilinadiganlardan tashqari). 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin