O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-rasm.Yalpi mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə47/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

1-rasm.Yalpi mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar.

Ekstensiv omillarga ishlab chiqarish resurslarining miqdorini aks ettiradigan miqdoriy omillar kiradi. Xodimlar sonining, ekin maydonlarining, mollar bosh sonining, asosiy va material aylanma vositalar hajmining ko‘payishi yoki kamayishi yalpi mahsulot miqdorining o‘zgarishiga olib keladi. Lekin qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish resurslari – ish kuchi, yer, ozuqa, chorvachilik binolari va boshqalar – chegaralangani uchun ekstensiv asosda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish asosiy omil hisoblanmaydi.


Shuning uchun, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni, harakatdagi resurslar potensialidan foydalanishni sifat jihatdan yaxshilashga asoslangan intensiv omillar asosida ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu omillar ichida hal qiluvchi qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligini oshirishdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga mablag‘ni ko‘paytirib, mehnat, yer va moddiy resurslardan samarali foydalanib, mavjud o‘zlashtirilgan yer resurslari va mavjud mol bosh sonidan qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulot miqdoriga ekin maydonlari va poda oboroti tarkibi muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish deganda, hosildorligi past ekinlar o‘rniga hosildorligi yuqori bo‘lgan ekinlarni almashtirib, ularning salmog‘ini oshirish tushiniladi. Ancha yuqori hosilli ekinlar bilan ekin maydonlarini yanada kengaytirish dehqonchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko‘paytirish imkonini beradi.
Chorvachilikda poda oboroti tarkibini takomillashtirish, podada ancha mahsuldorli mollarni, shuningdek podada sog‘in sigirlar, ona qo‘ylar, echkilar va boshqalarga salmog‘ini oshirish tushiniladi.
Podada sigirlar salmog‘ini oshirish degani, masalan bir bosh sigirdan ozuqani kam miqdorda oshirgan holda sut ishlab chiqarish keskin ko‘paytirishdir.
Mamlakat oziq – ovqat fondini ko‘paytirishning muhim manbai, qishloq xo‘jalik mahsulotlaridagi yo‘qotishlarni tugatish, ulardan foydalanishni yaxshilashdir. Chunki har yili ishlab chiqarish, saqlash, ortish-tushirish qoidalariga amal qilmaslik, shuningdek mahsulotning sifatini buzilishi hisobiga necha millionlab so‘m zarar ko‘rilmoqda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin