Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент архитектура қурилиш институти мухандислик қурилиш инфраструктураси факультети



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/28
tarix12.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#96546
növüДиплом
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
HO‘L USUL 
Bu usul agar xom – ashyo mayda bo‗lsa hamda katta namlikka ega bo‗lsa 
qo‗llaniladi va quyidagi texnologik rejada o‗tib boradi. 
Yumshoq jinslar (gil va bor) valik maydalagichda (valkoviy drobilka) da 10 
sm o‗lchamli bo‗lakchalarga maydalanadi va so‗ngra loyqorg‗ichda suv bilan
ivitiladi ,qorishtiriladi suyuq oquvchi modda —shlam ko‗rinishidagi xom ashyoviy 
aralashma 35 — 45% namlikka ega bo‗ladi, loyqorg‗ich — diametri 10m va 
balandligi 2,5 — 3,5 m li dumaloq temirbeton rezervuar bo‗lib, ichi cho‗yan 
plitalar bilan qoplangan bo‗ladi. Qorg‗ichning o‗rtasida gilni maydalash uchun 
po‗lat xaskash maxkamlangan krestovina aylanadi. Gil qorg‗ichga suv bilan 
birgalikda uncha katta bo‗lmagan qismlar bilan solib turiladi. Xaskashlar katta 
bo‗laklarni o‗lchamlari 3 — 5 mm dan katta bo‗lmagan mayda donachalarga 
bo‗ladi, ular esa suvda osongina erib ketadilar. Hosil bo‗lgan shlam maydalangan 
ohaktosh bilan birgalikda tuyish uchun surgichlar bilan xom ashyoviy 
tegirmonning sarflovchi bunkerlariga o‗tkaziladi. Agar karbonat xom — ashyosi 
sifatida bo‗rdan foydalanilsa, u holda uni avval (maydalangandan so‗ng) gil bilan 
birgalikda qorg‗ichda qoriladi, so‗ngra esa tegirmonda tuyiladi. Gilning yirik
erimagan donachalari idishning tubida yig‗ilib qoladi va vaqti — vaqti bilan 
chiqarib tashlanadi. 
Xom —ashyoviy aralashmaning ikkinchi komponenti — ohaktosh — ikkita 
bosqichda maydalanadi. Birinchisi lunjli ikkinchisi bolg‗ali toshmaydalagichda 
maydalanadi va tashuvchi qurilmalar yordamida gilli shlam bilan birgalikda tuyish 
uchun xom — ashyoviy aralashmaning komponentlari o‗rtasida aniq nisbatni 
saqlab turishga imkon beruvchi avtomatik boshqaruvchisi bo‗lgan uzluksiz ishlab 
turuvchi tarozli dozatorlar orqali sharli tegirmonga yo‗naltiriladi. Xom — ashyoni 
tuyish to №008 — elakda uning 8—10% dan ortiq bo‗lmagan qismi qolguncha 
davom ettiriladi, ya‘ni xom —ashyo zarrachalarining 90% — 80 mkm kam 
bo‗lgan o‗lchamga ega. 
Tegirmonda tuydirilgandan so‗ng shlam gorizontal va vertikal shlam- 
basseynlarga surib o‗tkaziladi. Bu shu bilan bog‗langanki,xom — ashyo bir jinsli 


33 
bo‗lmasligi tufayli uning kimyoviy tarkibi o‗zgarishi mumkin, sementning sifati 
esa kuydiriladigan xom ashyoviy aralashmaning kimyoviy tarkibiga bog‗liq. 
Tegirmondagi shlam avval birinchi vertikal basseynga uzatiladi. Boshqacha 
tarkibli shlam esa ikkinchi vertikal basseynga uzatiladi. Bu ikkala idishdagi 
shlamning aniq kimyoviy tarkibini bilgan holda talab etiladigan shlamning 
tarkibini xisoblab topish mumkin. Shlamni sozlash gorizontal shlambasseynda 
amalga oshiriladi. Shlamning kimyoviy tarkibidagi CaO. Si0
2
.Fe
2
0
3
. AL
2
0
3
larning 
miqdorini aniqlab turishni ta‘minlaidigan avtomatik ravishda ishlovchi namuna 
olg‗ich va rentgen kvantometri bilan doimo tekshirib turiladi. Sozlangan shlam 
katta hajmli gorizontal shlambasseynlarda saqlanadi,undan esa surgichlar 
yordamida aylanib turuvchi xumdonga surib o‗tkaziladi. Humdondan u 1000° — 
1100°S haroratda chiqadi va panjarali sovutkichga yo‗naltiriladi. Bu yerda u o‗zi 
orqali o‗tuvchi havo vositasida 30
o
—50
o
C gacha sovutiladi. 
Xozirgi vaqtda ko‗proq «Volga» sovutkichi qo‗llanilmoqda. Sovutqichdan 
klinker va qo‗shimchalar sayvalash asbobiga va bunkerga tushadi. Maydalangan 
klinker yuk tashuvchi vositalar yordami bilan omborga uzatiladi. Uni saqlash 
vaqtida ba‘zan erkin CaO moddada tutib qolinadi va havoning namida so‗nadi va 
bu holatda klinkerning xususiyati yaxshilanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
Ho’l usulda sement ishlab chiqarishining texnologik chizmasi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin