O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


- mavzu: O‘zbek paleografiyasi tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

4- mavzu: O‘zbek paleografiyasi tarixi. 
Reja: 
1. O‗rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi asosida o‗zbek
paleografiyasining vujudga kelishi.
2. Yozuv materiallari va yozuv qurollari tarixi.
3. Qo'lyozmalarning bezagi va shakli. 
Maqsad:
 O‗rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi asosida o‗zbek 
paleografiyasining vujudga kelishi. Yozuv materiallari tarixi. Yozuv qurollari. 
Qo'lyozmalarning bezagi va shakli. 
O‘rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi asosida o‘zbek 
paleografiyasining vujudga kelishi.
Sharq va shu jumladan O‗rta Osiyo xalqlari 
qo‗lyozmalarining asosiy xususiyati shuki, bu xalqlar islom dini shakllangan 
davrdan boshlab 14 asr davomida ilmiy va badiiy asarlarini na faqat o‗zlarining 
ona tillarida, balki arab va fors tillarida ham yaratganlar. Tarixda O‗rta Osiyo bilan 
Eron o‗rtasida, shuningdek arab mamlakatlari o‗rtasida chegara bo‗lmagan. 
Shuning uchun arab tilidagi qo‗lyozmalarning bir qismi O‗rta Osiyo hududida 
yaratilgan bo‗lsa, qolgan qismi arab mamlakatlaridan yoki Erondan olib kelingan 
bo‗lishi mumkin. Xuddi shunday gapni fors tilida qo‗lyozmalarga nisbatan ham 
aytish joyiz. Shunday qilib O‗rta Osiyo hududida turkiy tillarda bitilgan 
qo‗lyozmalar bilan bir qatorda arab va fors tillarida bitilgan qo‗lyozmalar ham 
mavjuddir. Fikrimizning dalili uchun quyidagi raqamlarni fakt sifatida keltiramiz: 
O‗zbekiston FA Sharqshunoslik institutining hazinasida hozir 17 mingdan ziyod 
qo‗lyozma kitoblar saqlanmoqda. Shularning 10 foizdan oshiqrog‗i ya'ni qariyb 
1700 tasi turkiy tilda bitilgan qo‗lyozmalardir. Taxminan 30 foizini fors tilida 
bitilgan qo‗lyozmalar tashkil etadi. Bu esa 5000 dan ziyod qo‗lyozmadir. Qolgan 1 
foizi esa, arab tilida yaratilagn qo‗lyozma kitoblardir. Shuning uchun O‗rta Osiyo 
xalqlari qo‗lyozmalarining paleografiyasi haqida gap borganda, turkiyzabon 
qo‗lyozmalar bilan chegaralanib qolmasdan, arab va fors tillarida yaratilgan 
qo‗lyozmalarni ham e'tiborga olish kerak bo‗ladi. 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin