bitta belgi bilan ifodalangan omonimlarni bir-biridan farqlashga xizmat qilgan.
Misr belgilarining aksariyat ko‘pchiligi determinativga ega. Masalan, jins
determinativi : erkak kishining ismidan keyin erkak bilan bog‘liq bo‘lgan ifodadan
so‘ng o‘tirgan erkakni tasvirlovchi belgi va aksincha, ayol kishi ismidan keyin yoki
aloqador ifoda oxirida ayolni tasvirlovchi belgi qo‘yilgan. Mamlakatlar
determinativi – kattaligi
cheklangan bir parcha er, vaqt determinatvi – quyosh
gardishi, ish harakatlar determinativi - biron yumush bilan bog‘liq qo‘l,
mavxum
tushunchalarniki – qo‘lyozma o‘rami bilan ifodalangan.
Eron va Mesopotamiya epigrafik yodgorliklari.
1761 yil Daniya qiroli
uzoq Arabiston, Eron va boshqa noma`lum sharqiy mamlakatlarni o‘rganish uchun
ekspeditsiya uyushtiradi. Ekspeditsiya sostavida ruxoniy o‘g‘li, arab tilini bilgan
K.Nibur ham bor edi. 1765 yil u Arabistonga jo‘nab ketadi.
U erdan
Mesopotamiya so‘ngra Eronga o‘tadi va nixoyat SHerozning shimoliy sharqiy
tomonida,undan 7 mil narida uning ko‘p yillik orzusi ro‘yobga chiqadi, u qadimgi
Persepolning harobalarini topadi.
Persepol shaxri A. Makedonskiy tomonidan yondirilgan edi. 1939
yillargacha bu haroba axoli uchun tosh koni bo‘lib xizmat qilgan edi. Lekin
K.Nibur bu erdan o‘ziga kerakli narsani topa oladi. U uch xafta mobaynida:
xaykal, qabrtosh, baxaybat toshlarga bitilgan mixxatlardan nusxa ko‘chiradi.
Axmoniylarning mixxat Yozuvi topildi. Lekin olimlar uni o‘qishga muvaffaq bo‘la
olmadilar. Mixxatni o‘qib chiqishni G. Grotefend amalga oshiradi.
Qadimgi Xett epigrafikasi.
Milodan avvalgi 1296
yili baxorida Orant
daryosi vodiysida qadimgi Misr Fir`avini Ramzes II va Xett podshosi Muvatallis
(Xatesuliy III) qo‘shinlari o‘rtasida Kadesh
shahri yonida yaqinida
to‘qanashadilar. Bu jangda g‘olib bo‘lmay, ikkala tomonning kuchlari ham teng
keladi va mil.av.1280 yil ikki davlat o‘rtasida ―Abadiy tinchlik va do‘stlik
to‘g‘risida‖ bitim tuziladi. Ramses II bitimning isboti sifatida Xett podshosi qiziga
uylanadi.