Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Sovg‘a qanday taqdim etiladi? 
O‘ziga bo‘ysunuvchilarga firma rahbari sovg‘a bermoqchi bo‘lsa, xodimlarni 
bayramona tushlikka taklif etib, yoki aksincha rahbarni bayram bilan tabriklash lozim 
bo‘lganida ham shunday yo‘l tutiladi. 
Ammo berayotgan sovg‘a qimmatbaholigi bilan rahbarga xushomadgo‘ylik 
qilayotgandek bo‘lib qolmasligi kerak.
 
Ayollar etiketni buzganda 
Quyida esa ayol va erkak munosabatlarida ayollarning xatosi ko‘rsatiladi. 
Hiringlash; Stol atrofida lab bo‘yash. Albatta, yaxshi emas. Bu erkak kishini stol 
atrofida soch taraganiga o‘xshab xunuk ko‘rinadi. 


91 
Ishxonada ko‘cha so‘zlari, qo‘pol o‘xshatishlarni ishlatmang, bu sizning lug‘at 
boyligingiz kambag‘al ekanligini ko‘rsatadi. Ish vaqtida shahsiy masalalar yuzasidan 
telefonda gaplashish. Bunday suhbatlarni tushlik vaqtida amalga oshiring.
 
Bayram ziyofatlari 
Bayram yuzasidan uyushtirilgan ziyofatlarda hamkorlaringiz va birga 
ishlayotgan xodimlar taklif etiladi. Bu bayramona kayfiyatda o‘tishi lozim. Shunday 
bo‘lmagan taqdirda ham asosiy umumiy odamshavandalikni saqlab qoling. Boshqa 
notanish kishilar bilan ham ularga ma’qul bo‘lgan mavzularda suhbatlashing.
 
Tabrik qog‘ozlari 
Ko‘plab kompaniyalar bayram tabriklarini otkritkalar orqali amalga oshirishadi. 
Albatta, har bir xodimga iltifot ko‘rsatib bitilgan tabrik otkritkalari chindanam 
diqqatga sazovor va bu xodimlarga bo‘lgan e’tibor ularning qalbiga iliqlik olib keladi. 
Shuning uchun otkritkalarni avval har bir kishiga alohida tarzda tayyorlab, ularni 
xodimlarga taqdim etganlari ma’qul.
Ish kunimiz qachon boshlanmasin, uning boshlang‘ich asosi uy sharoitidan: 
kayfiyatimiz, o‘zimizni qanday his qilishimiz, ko‘proq qanday hordiq chiqarib
oiladagi munosabatlarga va h.k. bog‘liqdir. Chiroyli tabassum va ertalabki salom-alik 
er-xotininng yaxshi kayfiyatda bo‘lishida kuchli ta’sirga ega. Ammo kayfiyat 
keyinroq ham buzilishi mumkin – yo‘lda, shahar transportida. Avtobus, vaq tig‘iz 
bo‘lgan paytda tramvay va trolleybuslardagi tiqilinch – asabga tegishga, o‘z yo‘lida 
kayfiyatni buzilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda kayfiyatni buzmaslik 
mumkinmi? Ha, mumkin. Har qanday cho‘g‘ olishi mumkin bo‘lgan janjalni 
mutoyiba, tabassum bilan o‘chirish mumkin. Har qanday sharoitda o‘z hatti - 
harakatni boshqarishga intilish lozim. Xushmuomalali, tavoze’li bo‘lish, odamlarga 
tabassum qilish ham insonning o‘zida, ham boshqalarda yaxshi kayfiyatni ushlab 
turishga sabab bo‘ladi. 
Muassasa xonasiga kirayotgan kishi eshikni taqillatmasligi kerak – bu faqat ish 
bilan band bo‘lgan odamlarning asabiga tegib, diqqatini bo‘ladi. Odatda rasmiy 
muassasaning eshigi taqillatilganda raddiya hech qachon bildirilmaydi. Rahbar 
xonasining eshigini agar kotiba bo‘lmasa, taqillatish lozim. Agar rahbar eshikni 
taqillatmay kirishni shama qilsa, bu qoidaga bo‘ysungan ma’qul.
Majlislar, yig‘ilishlar – agar uning ishtirokchilari behuda chiqishlar bilan 
boshqalarning vaqtini olmasa, foydalidir. Tor doiradagi majlisda, agar begonalar 
bo‘lmasa bir – biriga erkinroq munosabatda bo‘lish mumkin. Majlis paytida 
o‘g‘rincha konfet so‘rish yoki esnash mumkin emas. Erkaklar faqat rais ustki 
kostyumini yechgandagina, o‘zlarining kostyumlarini yechishlari mumkin. Yon 


92 
verida o‘tirgan kishi bilan bir og‘iz gap bilan so‘zlashib olish mumkin, ammo suhbat 
olib borish yaramaydi. 
Sizning kasbdoshingiz ko‘p chekadi. Unda u xonaning tez-tez shamollatilishiga 
norozilik bildirmasligi kerak. Yoki uning o‘zi buni nazoratga olishi lozim. 
Chekuvchilar yashash huqiga ega, ammo chekmaydiganlar bu huquqdan mahrum 
degani emas. Xodimlardan biri davo uchun ko‘p sarimsoq piyoz iste’mol qiladi. 
Ammo boshqalar bunga chiday olmaydilar. Agar davolash uslublarini xush 
ko‘radigan bunday Shahs «dori» ning hidini ketkazadigan narsalardan foydalanmas 
ekan, unda bunday davolash uslubidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. 
Xodimlar ichida ozodalikning «kasallari» bo‘ladi. Ular hamisha bir nimani 
tozalash, artish bilan Shug‘ullanadilar. Ozodalikning ortiqcha mazamati uning aksi 
bo‘lmish yuvinishga ko‘p vaqt ajratmaydiganlar kabi yoqimsiz his uyg‘otishi 
mumkin. Agar bu ayol yosh bo‘lsa, suv mo‘‘jizalar yaratish qudratiga ega ekanligiga 
ishora qilish mumkin. Yoshi kattaroq odamga bunday deyish noqulay.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin