Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Siz – rahbar sifatida 
Rahbar Shahs
– jamiyat, davlat, tashkilotda doimiy va hal qiluvchi ta’sirga ega 
bo‘lgan shahs. Rahbar ishning ko‘zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini ko‘zlab 
faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. 
Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay 
ishlash, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari 
ahamiyatlidir:
1. Rahbar–ijtimoiy shahs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi shahs. 
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo,, mustaqil qaror qabul 
qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini 
belgilaydi.
3. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli 
faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar 
keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni 
oldindan ko‘ra olishi va ularga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta 
boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim.
Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum aspektlarini 
namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni - rahbarlik faoliyati bilan
Shug‘ullanuvchining Shahsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. 
Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi 
kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 


93 
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma 
sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa 
orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy 
faollik shakllanmaydi.
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar oldida 
«o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday 
fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?» - degan savol hamisha ko‘ndalang turadi. 
Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. 
Ammo eng avvalo,, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi 
san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ya’ni, har kimdan 
san’atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. 
Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, 
odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning 
umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik usulini yaratadi. U o‘z 
boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shahsdir, lekin uning rahbarlik 
usuli ijobiy natija berishi kerak. 
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shahsning tafakkuri, aql-idrokiga 
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, 
yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish 
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar 
rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini 
qiynalmasdan egallaydi hamda o‘z jamoasida obro‘ e’tiborga ega bo‘lib, ular
ishonchini qozonadi.
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va 
uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik 
faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.
Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa 
a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. 
Rahbar shahsining etiketi uning axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Axloqiy 
madaniyat – elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, axloqiy fikrlash madaniyati (axloqiy 
mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va 
yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlariga axloqiy 
me’yorlarni qo‘llay bilish va hakozalar)ni qamrab oladi. 
O‘z ichiga yana tuyg‘ular madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga” 
qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va 
o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda hatti-harakat 
me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; shakllarni 
reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni, muloqotda 
shahsning o‘zini tuta bilishini oladi.


94 
Qisqa qilib aytganda, rahbar Shahsining axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy 
tamoyillarni bilish, ularni chuqur his etilgan qarashlariga aylantirish, hatti-
harakatlarning eng munosib shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini 
o‘zlashtirish rahbar shahsining axloqiy madaniyati mustahkamligini shakllantirishga 
yordam beradi. Rahbar shahsining axloqiy madaniyati oliy darajasini “axloqiy 
donolik” deb, axloqiy faoliyatining optimalligini va uyg‘unligini ta’minlab bera olish, 
har qanday vaziyatda ham munosib hatti-harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi. 
Avvalo, rahbarlar va rahbarlikka da’vogar shahslar o‘zlarini har jihatdan 
tarbiyalab borishlari lozim. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish yoki 
iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon 
tajribalari asosida shakllangan ilg‘or boshqaruv malakalarini ham o‘zlashtirgan 
bo‘lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lib erishadi. 
Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o‘qishi, radio va oynai jahon yangiliklaridan 
xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim egallashi mumkin. Yana siyosat, 
iqtisodiyot va ma’naviyatga daxldor kitoblarni, hatto mumtoz adabiyotlarni mustaqil 
o‘qishi, tarixiy jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning dunyoqarashini 
kengaytiradi. 
Bularning barchasi rahbar madaniy saviyasining o‘sib borishiga va siyosiy 
madaniyatining takomillaShuviga katta yordam beradi. Chunki cheklangan tafakkur, 
chala bilim, past madaniyat bilan dunyoni bilib, mas’uliyatli ish va mansabni egallab 
bo‘lmaydi. 
Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimiz talabi shuki, 
siyosiy yetuk, aqlan va ma’nan barkamol, puxta bilimga ega bo‘lgan teran tafakkurli 
kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi organlari 
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy 
qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori qabul qabul qilingan bo‘lib unda: “Rahbar 
o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda 
o‘rnak bo‘lishi, davlat organida yohud uning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmasida 
ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi lozim, u bo‘ysunuvchi 
xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni 
bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof hatti-harakatlarni sodir 
yetishga undamasligi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin