O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
22
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
– maoniy yuzi oyinasi 
[8.42]

Bu kabi misollar badiiy adabiyot poetik shaklni Qur‟oni 
karim va Hadisi sharifdan olgani isbotidir. Sharq-islom adabiyoti nafaqat shaklni, balki 
mazmunni va vaznni ham e‟tiqodimizning mazkur mo„tabar manbalaridan olgani 
ma‟lum. Alisher Navoiy “Mezonu-l-avzon”da: “Haq subhonahu va taoloning kalomi 
majidida ko„p yerda nazm voqe‟ bo„lubdurki, aruz qavoidi bila rostdur” [3.540], deya 
ta‟kidlaydi. Biroq bu o„rinda alohida e‟tibor qaratish kerak bo„lgan muhim jihat 
shundaki, ulug„ bobokalonimiz “nazm” deganda bugungi “she‟r” istilohini nazarda 
tutmagan. “Nazm” atamasida so„zning “nizomga solinishi, aniq tartibga 
bo„ysundirilishi” ma‟nosi mujassam. Sharq-islom adabiyoti Qur‟oni karim va Hadisi 
shariflardan ayni shu xususiyatni oldi. Buyuk mutafakkir “Mezonu-l-avzon”da, 
jumladan, «Lan tanolu-l-birra hatto tunfiqun» (Oli Imron, 92) oyati 
ramali musaddasi 
mahzuf
vaznida, «Va-l-mursaloti urfan, fa-l-osifati asfan» (Al-Mursalot, 1-2) oyatlari 
muzorei musammani axrab
vaznida ekani, “Kalomullohda ko„p yerda bu nav‟ voqe‟” 
bo„lgani xususida to„xtalib o„tadi. Hazrat Alisher Navoiyning yozishicha: “Rasul 
sallallohu alayhi vassallam ahodisida dag„i ham bu tariq tushubdur” [3.540]. Ulug„ 
alloma fikricha: “Man akrama oliman faqad akramaniy»
hadisi «maf‟ulu mafoilun 
mafoiylu faul» afoili bilan ruboiy vaznida 
hazaji axrabi maqbuzi makfufi majbub
da 
voqe‟ bo„lgani [3.540] buning isbotidir.
Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyili ijodiy uslubni belgilaydi. Biroq shu 
paytgacha ijodiy uslub masalasiga G„arb adabiyotshunosligi mezonlari asosida 
yondashilib kelindi. Ijodiy uslub masalasiga o„zbek mumtoz va zamonaviy 
adabiyotining o„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sharqona adabiy-estetik 
tafakkur 
mezonlari 
asosida 
yangicha 
yondashilishi 
zamon 
taqozosidir. 
Adabiyotning badiiylik mezoni uning ham mazmun, ham badiiyat jihatidan 
mukammal bo„lishini taqozo qiladi. Badiiylik mezoni badiiy shakl va mazmunning 
har jihatdan uyg„un bo„lishi, g„oyaning milliy axloqqa mutanosibligi, badiiy shaklni 
yuzaga keltiruvchi komponentlarning mukammalligi asosida yuzaga keladi. 
O„zbek mumtoz adabiyotining islomiy asoslarga tayanishi uning milliyligini 
inkor etmaydi. Ulug„ shoiru adiblarimiz asarlarini milliy tilda yozgani, ularda turkiy 
millatga xos e‟tiqod, ruhiyat, dunyoqarash aks etgani buning isbotidir. Adabiyot 
ijtimoiy voqelikni badiiy aks ettirsa-da, uning asosiy tasvir ob‟ekti insondir. Inson 
ruhiyati, e‟tiqodi, hayot tarzi, ma‟naviy olami, ibratli umr yo„lini butun murakkabligi, 
ziddiyati bilan obrazli tasvirlash orqali shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqiga xizmat 
qilish adabiyotning asl mohiyatini tashkil etadi.
Hazrat Alisher Navoiy asarlari sharq islom adabiyotining 
yuksak namunalaridir. Buyuk mutafakkirning badiiy ijodda 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin