O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
25
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
tafsirlar butun islom olamida e‟tirof etilganiyoq buyuk mutafakkirning Qur‟on ilmiga 
e‟tibori nechog„liq kuchli ekani isbotidir. Husayn Voizning “Javohiru-t-tafsir” asari 
bevosita hazrat Navoiy tavsiyasi va homiyligida yozilgan. Tafsir xotimasida muallif 
ulug„ amirning islom dini rivojiga doir faoliyatiga yuksak baho bergan.
Hazrat Navoiy
hadis ilmiga doir 
nodir manbalarni o„rganishga ham alohida 
e‟tibor bergan. Bu ilm rivojida beqiyos ahamiyatga ega bo„lgan Imom Buxoriyning 
“Al-jomi‟ as-sahih”, Imom Muslimning “Sahihu-l-Muslim”, Imom Termiziyning 
“Sunani Termiziy”, Majduddin Muhammadning
 
“Jome‟u-l-usul” asarlari, hadis 
ilmining badiiy adabiyotga ta‟siriga doir Imom an-Navaviyning “Arba‟inu-n-
Navaviy”, Abdurahmon Jomiyning “Sharhi hadis” va “Arba‟in” asarlari buyuk shoir 
tafakkuri miqyoslarining yuksalishida alohida o„rin tutgan.
Tasavvuf ilmi hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodida nechog„liq muhim o„rin 
tutgani isbot talab qilmaydi. Shu bois bolalik kezlaridan tasavvufiy adabiyotning 
mumtoz namunasi bo„lgan Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqu-t-tayr” asarini 
sevib mutolaa qilgan, hatto yodlab olgan edi. Tasavvuf ilmining ulkan nazariy-
falsafiy va adabiy-ma‟rifiy ahamiyatga molik manbalari hisoblangan al-Arabiyning 
“Fususu-l-hikam”, Abu Homid G„azzoliyning “Ihyou ulumi-d-din”, Ka‟b binni 
Zuhayrning “Qasidai burda”, Abdulloh Ansoriyning “Manozilu-s-soyirin”, 
Shahobuddin Suhravardiyning “A‟lomu-t-tuqo”, Hakim Sanoiyning “Hadiqatu-l-
haqoyiq”, Shayx Sayyiduddin Farg„oniyning “Manohiju-l-ibod ala-l-mi‟od”, Xoja 
Muhammad Porsoning “Faslu-l-xitob”, Amir Qosim Anvorning “Anisu-l-oshiqin”, 
Jaloluddin Rumiyning “Masnaviyi ma‟naviy”, Abu Ali Jullobiy Hujviriyning 
“Kashfu-l-mahjub”, Shayx Alouddin Simnoniyning “Iqboliya”, Abulhusayn 
Jahzam Hamadoniyning “Bahjatu-l-asror”, Shayx Najmuddin Kubroning 
“Favotihu-l-jamol”, Xusrav Dehlaviyning “Mir‟otu-s-safo”, Horis Muhosibiyning 
“Kitobu-l-munqiz va-l-vasoyo”, Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqu-t-tayr”, 
“Tazkiratu-l-avliyo”, Abdulloh al-Yamaniyning “Ravzu-r-rayohin”, Shayx 
Mahmud Shabustariyning “Haqqu-l-yaqin”, Abulqosim Qushayriyning “Risola fi-
t-tasavvuf”, Abudurrahmon an-Nishoburiyning “Tabaqoti sufiya”, Hakim at-
Termiziyning “Xatmu-l-valoya”, Jomiyning “Ashia‟tu-l-lama‟ot” hamda al-
Arabiyning “Naqshu-l-fusus” asariga yozgan “Naqdu-n-nusus”, “Fususu-l-hikam” 
asariga yozgan “Naqdu-l-fusus” nomli sharhlari va boshqa asarlar buyuk shoirning 
mutasavvif sifatidagi kamolotiga xizmat qilgan, ijodiy yuksalishida manba 
vazifasini o„tagan.
Hazrat Alisher Navoiyning 1483-1485-yillarda ijod qilingan 
«Xamsa»
 
asari besh dostondan tarkib topgan bo„lsa-da, yagona 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin