O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
27
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
poydevori ustiga quriladi. Dostonda ushbu fazilatlarning har biri alohida bob 
doirasida badiiy talqin etiladi. “Hayratu-l-abror”ning ikkinchi maqolati «alif»lari 
amniyat bog„ining sarvlari, «sin»i saodat qasrining kungirasi, «lom»i latofat 
gulchehrasining sunbuli zulfi va «mim»i muhabbat mash‟alining nuri” deya 
ta‟riflangan “islom” vasfiga bag„ishlangan. Hazrat Navoiy talqinicha, Tangri taolo 
olam ahlini ikki toifa: ahli najot va ahli halok etib yaratgan, birinchisi islom 
yo„lidagilar, ikkinchisi esa “obidi asnom” – sanamlarga topinguvchilar. Keyin esa 
islomning besh sharti – “xamsi muborak”ni shahhlaydi: 
Anglag„il arkonini 
beishtiboh, Avvali “Illalloh” ila “lo iloh”, Yona Muhammadni ango bil Rasul, Ber 
munga tonig„lig„u qilg„il qabul 
[8.95-96].
 
Ya‟ni birinchi shart – Alloh taoloning 
yagonaligi va Muhammad alayhissalom uning rasuli ekaniga guvohlik berish hamda 
chin ko„ngildan qabul qilish. Buyuk shoir ta‟rificha, ikki olam nizomi ana shu ikki 
kalom bilandir. Islomning ikkinchi sharti – adoi salot, ya‟ni namoz, uchinchisi – 
zakot, to„rtinchisi – ro„za, beshinchisi – haj, ya‟ni Baytulharamni ziyorat etmoq bilan 
bog„liq talqinlar ham fikrning ta‟sir kuchi va betakror badiiyati bilan alohida ajralib 
turadi. 
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” hamda “Sab‟ai sayyor” dostonlari 
asosiy qahramonlari tarixiy ildizlariga ega. Jumladan, buyuk mutafakkir “Tarixi 
muluki Ajam”da Xusrav Parviz binni Hurmuz tarixini alohida zikr etadi. Asarda 
Farhod, Shirin, Buzurg Ummid nomlari ham tarixiy shaxslar sifatida tilga olingan.
Xusravning olamda husnu latofat va jamolu malohatda tengsiz Shirin ismli 
mahbubasi, Farhoddek raqibi, shuningdek, Buzurg Ummiddek asrining a‟lami 
darajasidagi vaziri bo„lgani, Farhodni begunoh qatl ettirgani haqidagi ma‟lumotlar 
[6.638] mazkur obrazlarning tarixiy shaxslar ekanidan dalolat beradi. Asarda tarixiy 
haqiqat yuksak badiiy haqiqatga aylantirilgan. “Tarixi muluki Ajam”da yozilishicha, 
Xusrav Parvez hukmronligi Muhammad alayhissalomning payg„ambar etib 
yuborilishi davriga to„g„ri kelgan. Payg„ambarimiz uni islom diniga da‟vat etib noma 
yuborgan. Lekin u g„ururga ketib, muborak nomani yirtib otgan. Buyuk shoir 
ta‟rificha, bu orqali u o„z mulki va davlatig„a qasd qilgan. Rasuli akram s.a.v. 
mo„jizasidan mulki zavolga uchrab, o„g„li Sheruya podshoh bo„lgan [6.638]. Bundan 
hazrat Navoiy tarixiy voqealar hamda Sharq xalqlari ijodiyotidagi ularga asoslangan 
sayyor syujetlarni “Xamsa” konsepsiyasi asosida qayta ijod etib, mukammal badiiy 
asar darajasiga ko„targani ayon bo„ladi.
“Xamsa”dagi besh doston muqaddimasi hamd, munojot va 
na‟t boblaridan tarkib topgan va ular muallif ijodiy niyatidan kelib 
chiqib doston xususiyatiga mos talqinlar bilan boyitilgan. 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin