O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
28
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
Jumladan, “Layli va Majnun” dostonining hamd bobida Haq taolo qudratini 
anglashda aqlning nechog„liq ojiz ekani ifodalanadi
: Ey sendin ulus xujasta farjom, 
Og„ozingga aql topmay anjom. Ey aqlg„a foizi maoniy, Boqiysenu borcha xalq foniy 
[2.6].
 
Bu orqali buyuk shoir faqat aqlgagina tayanish e‟tiqod asoslariga muvofiq 
emasligini, aql va ishq munosabati bilan bog„liq doston konsepsiyasini o„quvchi 
shuuriga singdira boradi. Alloh taoloning husnni dilpazir (yoqimli), el ko„nglini unga 
asir qilganini ta‟kidlar ekan, kitobxon ruhiyatini Qaysning Majnunga aylanishiga 
tayyorlaydi. Hazrat Navoiy talqiniga ko„ra, Haq taolo husni tajalli qilgani bois Layli 
Uning ishqiga mazhar bo„ldi. Laylining sifoti esa Majnun qilmoqdir: 
Ey Majnunung 
xiraddin ozod, Ohi beribon xiradni barbod, Ey aql sening yo„lungda g„ofil - Kim, 
telba sening yo„lungda oqil 
[2.7].

Hazrat Navoiy ana shu tarzda asarning hamd 
bobini asosiy syujet bilan mustahkam bog„laydi. Asardagi har bir so„z va obraz, har 
bir bayt va bob muallif ijodiy niyati ifodasiga xizmat ettiriladi.
“Sab‟ai sayyor” dostonida muallif konsepsiyasi negizida nafs yo„rig„iga yurish, 
unga qul bo„lishning oqibati xorlik ekaniga doir Qur‟oni karim ta‟limotining badiiy 
talqini turadi. Dostondagi har bir detal, obraz va talqin ana shu konsepsiyani mantiq 
va badiiyat qonuniyatlari asosida dalillashga qaratiladi. Ovga mukkasidan ketgan, 
saltanat ishlariga loqayd, ko„nglida dard moyasi yo„q, ishq otashidan mahrum 
Bahrom obrazi orqali nafsga mutelik qoralanadi. Dunyoga hirs qo„yish shaxsni 
yemirishi, saltanatni inqirozga olib kelishi bilan bog„liq barcha zamonlar uchun 
ahamiyatli xulosa obrazli va ta‟sirli ifodalanadi.
“Xamsa”ning so„nggi beshinchi dostoni “Saddi Iskandariy”ni yozishga 
kirishishdan avval hazrat Navoiy buyuk jahongir tarixini qunt bilan o„rgangan. 
Bundan buyuk mutafakkirning “Tarixi anbiyo va hukamo”ni “Xamsa”dan keyin 
yozgan bo„lsa ham, bu tarixiy asar uchun zarur bo„lgan materiallarni ancha avval 
to„play boshlagani ayon bo„ladi. Ushbu asarda 
“Iskandar Zulqarnayn Yofasning 
to„rtinchi o„g„lidur” 
[5.544], degan xabar beriladi. Iskandar o„zigacha va undan 
keyingi barcha hukmdorlardan afzal ekani, hakim va valiy bo„lgani, ba‟zilar uni 
payg„ambar deb hisoblagani aytiladi. To„rt yuz hakim uning xizmatida bo„lgani, 
Arastu unga vazirlik qilgani, ya‟juj-ma‟jujlarga qarshi sadd – devor qurgani, Marv, 
Hirot, Samarqand va Isfahonni bunyod etgani ta‟kidlanadi. Buyuk shoir bu 
materiallardan unumli foydalangan bo„lsa ham, Iskandar obrazini Qur‟oni karimning 
“Kahf” surasidagi Zulqarnayn qissasi asosiga quradi. Barcha tarixiy-ilmiy va badiiy 
asarlarda Iskandarning insoniyat uchun eng ahamiyatli xizmati 
ya‟juj-ma‟jujlarga qarshi devor qurdirgani ekani ta‟kidlanadi. 
“Saddi Iskandariy”ning nomlanishidan asar syujeti va 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin