O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#176403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
alisher-navoiy-ijodining-islomiy-ma-rifiy-asoslari

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30 
 
 
 
 
 
24
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
qanday daromad tez orada turli tabaqalar vakillariga in‟om sifatida sarflangan yoki 
masjid, madrasa, xonaqoh va shu kabi inshootlar qurilishiga – xalq manfaatiga 
yo„naltirilgan. Shunga qaramay, amir Navoiy zakot berishga g„ayrat ko„rsatgan. 
Ramazon ro„zasini tutish barobarida bu muborak oyda sadaqa va xayr-ehsonni 
oshirgan. Fozillar, shoirlar, qashshoqlar, nogironlar va yetimlarni pul va kiyim-
kechaklar sovg„a qilib siylagan. Turli tabaqadagi kishilarni xayr-ehson dasturxonidan 
bahramand etgan. 
Hazrat Navoiy islomning beshinchi rukni haj ibodatini ado etish niyatida bir 
necha marta yo„lga chiqqan. Birinchi marta Mashhadga yaqinlashganda, Mavlono 
Abdulhay ismli chopar Sulton Husayn Boyqarodan maktub olib keladi. Sulton Iroq 
va Bog„doddagi vaziyat notinch va beqaror ekani, Misr va Shom chegaralarida turli 
boshboshdoqliklar yuz berayotganiga doir xabarlar bois, yo„lning xavfsizligi hajning 
shartlaridan biri ekanini dalil qilib, ulug„ amirni haj safaridan qaytaradi. Ikkinchi 
marta davlatning bardavomligi hamda uning qudrati va ulug„ligi abadiy bo„lishini 
duo qilish sharti bilan haj safariga ruxsat so„raganda, Sulton 1500-yil 2-iyunda 
bajarilishi barcha uchun majburiyligi ta‟kidlangan maxsus farmon chiqaradi. Unga 
ko„ra, hazrat Navoiy haj yo„lida joylashgan mamlakatlardan qay biriga borsa, u 
yerdagi hokimlar, a‟yonlar, aholi va yo„l xavfsizligi qo„riqchilari hurmat-ehtirom 
ko„rsatishi, xizmat qilishi, xavf-xatarli joylardan o„tishida qo„riqchilar bilan 
ta‟minlashi shart, deb belgilangan. Ammo farmon chiqarilgan javzo (21-may – 21- 
iyun) oyida havo harorati ko„tarilgani bois katta qiyinchilik tug„dirishi mumkinligi 
uchun haj safariga sunbula (22-avgust – 21-sentabr) oyida borishga qaror qilinadi. 
Uchinchi marta 1500-yilning 26-avgustida haj safariga otlanadi. Lekin yo„lda sog„ligi 
yomonlashgani bois o„sha yil sentabrida yo„lga chiqishni niyat qilib, uyga qaytadi. 
Biroq Xurosonning ulug„ mashoyixlari va olimlari shahzoda Muhammad Husayn 
Mirzo isyon ko„targani munosabati bilan saltanat osoyishtaligini saqlashda buyuk 
amirning roli katta ekanini aytib, haj safarini qoldirishni so„raydi. Xullas, bu qutlug„ 
niyat amalga oshmay qoladi.
Alisher Navoiy buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalarining quyidagi 
kitoblarini qunt bilan o„rgangan va o„z asarlarida tilga olgan [14.3-35]: 
Tafsir 
kitoblari:
Najmiddin Kubroning Qur‟oni karim tafsiriga doir “Aynu-l-hayot”, 
G„azzoliyning “Javohiru-l-Qur‟on”, Ro„zbehon Baqliyning “Aroyisu-l-bayon fi-l-
haqoyiqi-l-Qur‟on”, Abu Tolib Makkiyning “Qutu-l-qulub”, Najmuddin Roziyning 
“Bahru-l-haqoyiq”, Husayn Voiz Koshifiyning “Javohiru-t-tafsir”, 
Mahmud Zamaxshariyning “Al-kashshof fi tafsiri-l-Qur‟on”, 
Sadruddin Qo„naviyning “Tafsiri fotiha” asarlari. Ushbu mo„tabar 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin