Test natijalarini anglash.
Standartlashtirilgan testlardan test natijalarini tushunish uchun undagi
atama va asosiy oʻlchov nazariyasini, akademik oʻqishni oʻlchash va baholashni
tushunish kerak. Oʻlchovda 2asosiy qism boʻlib bular- ishonchlilik va
qonuniylik boʻlib, ular oldingi bobda muhokama qilindi; bu bobda esa asosoan
baholashs nazariyasi holatlariga va test natijalariga ur’gu berilgan.
Test baholarining turlari.
Standart baho
oʻrtacha qiymatdan yuqori standart ogʻishdan kelib
chiqqan holda test natijalarini namoyish qiladi (Linn & Miller, 2005). Standart
baholarning turlari bor:
Z-baho:
standart bahoning bir turi boʻlib, unda oʻrtacha qiymat 0 va
standart ogʻish 1 ga teng. Bu z-baho bizga toʻgʻridan-toʻgʻri baho oʻrtacha
213
qiymatdan nechta standart ogʻish pastda yoki tepada ekanligini anglatadi.
Masalan, agar oʻquvchi 2 z-baho olsa, uning bahosi oʻrtacha qiymatdan ikki
standart ogʻish yuqoridaligini yoki 84-prosentilda ekanini bildiradi. 1.5 z-baho
olgan oʻquvchi oʻrtacha qiymatdan bir va bir yarim ogʻish past olgan boʻladi.
Normal distributsiyadagi xohlagan bahoni oʻrtacha qiymat va standart ogʻish
ma’lum boʻlsa z-bahoga oʻzgartirish mumkin boʻladi. Formula quyidagicha:
Z−baho=
baho−oʻrtacha baho
Standart ogʻish.
Shunday qilib, agar baho 130 va oʻrtacha qiymat (mean) 100 hamda
standart ogʻish 15 boʻlsa hisoblash quyidagicha boʻladi:
Z=
130−100
=2
15
15-Namunaga qarasangiz, bu toʻgʻri ekanini koʻrishingiz mumkin—130
baho oʻrtacha qiymatdan 2 standart ogʻish yuqori va shunin uchun z-baho 2 dir.
T-baho:
oʻrtacha qiymati 50 va standart ogʻishi 10. Bu 70 T-baho
oʻrtacha qiymatdan 2 standart ogʻish yuqoriroqdir va shunday qilib u 2 z-bahoga
ekvivalentdir.
Stanaynlar:
stanaynlar odatda oʻquvchilarning baholari hisobotini qilib
borishda foydalaniladi va standart toʻqqiz balli shkalaga asoslanadi va oʻrtacha
qiymat 5 va standart ogʻish 2dir. Ular faqat butun raqamlar sifatida qaraladi va
11-10 Namunalar ularning normal egri chiziqqa munosabatini koʻrsatadi.
|