216
Professionallarning bolalari field (soha ma’nosida) soʻzining bu ma’nosini
shifokorlar, jurnalistlar va huquqshunoslarda “soha” boʻladi deb, hisobchi va
oddiy ishchilarda esa “job” (ish) boʻladi deb qabul qilishadi, shuning uchun
ularning bolalari field soʻzining bu ma’nosini bilishi ehtimoldan yiroq (toʻgri
javob D).
Test qiluvchi kompaniyalar bu turdagi mazmun bilan bogʻliq
muammolarni turli sohadagi test tuzuvchilarni ishga olish va ma’lum guruhlar
ba’zi elementlarni qiyinroq yoki osonroq deb qabul qilishini statistik oʻrganish
orqali kamaytirishga harakat qilishadi. Biroq muammolar hali ham mavjud va
SAT verbal testlarining yaqindagi analizi ma’lum qilishicha oq tanlilar osonroq
savollarda, Afrika-Amerikaliklar, Ispan-Amerikaliklar va Osiyo-Amerikaliklar
esa qiyinroq savollarda yaxshiroq natijalarga erishar ekan (Freedle, 2002). Bu
tafovutlar unchalik katta boʻlmagani holda, ular test natijalariga ta’sir qilishi
mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, kundalik muloqotda ishlatiladigan
soʻzlarni ichiga olgan oson savollar turli madaniyatlarda turlicha ma’noga ega
boʻlishi mumkin, murakkab soʻzlar esa (masalan, vehemence, sycophant)
kundalik muloqotda ishlatilmaydi va bunday ma’no farqlariga ega emas. Test
formati ham test natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Ayollar odatda oson
savollarda yaxshi natija koʻrsatadilar va SAT yaqinda insho komponentini
qoʻshganda, ayollarning umumiy verbal SAT natijalari erkaklarnikidan ancha
yaxshilangan.
Dostları ilə paylaş: