Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 ta asosiylarini birlashtiradi:  a)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

3 ta
asosiylarini birlashtiradi: 
a)
muqarrarlik motivi (burchli
); 
b)
oʻqitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish
; v)
bolalar 
bilan muloqatga kirishish. Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga koʻra 
mualliflar 4 guruhga mansub oʻqituvchilarni ajratadilar: Burch hissining 
ustunligi bilan (43 %); oʻqitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %); 
bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %); oʻzi hohishlarini 
ruyobga chiqarish motivi. Oʻrganilgan manbalarga koʻra motivasiya tiplari 
oʻqituvchilarning oʻquvchilarga boʻlgan pedagogik talablarining yoʻnalishi va 
xarakteriga ta’sir koʻrsatadi. Oʻqituvchining turli tomonli motivasiyasi 
oʻquvchilarning axloqiga va ularning oʻquv materialini oʻzlashtirishga talabning 
uygʻunligi bilan tavsiflanadi. Oʻqituvchilardagi majburiyat motivlarining
ustunligi oʻquvchilarga faqatgina katta talablar qoʻyib qolmasdan, balki, qat’iy 
intizomni ham talab qiladi. Oʻquv faniga boʻlgan qiziqish motivlari ustun 
turuvchi oʻqituvchilarda oʻquv materialini oʻzlashtirishga boʻlgan talab koʻzga 
tashlanadi, chunki bunda eng koʻp talab oʻquvchi shaxsiga qaratilgan boʻladi. 
A.K.Baymetov ta’kidlab oʻtganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi 
avtoritar oʻqituvchilarda muloqat motivining ustunligi liberal oʻqituvchilar u 
yoki bu motivlardan hech birining ustun boʻlmasligi demokratik uslubli xos 
oʻqituvchilarga xos jihat hisoblanadi.
1
Pedagog kasbini oʻzlashtirishda kasbiy bilimlarga boʻlgan ehtiyoj 
oshadi. V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga koʻra 25-30 yoshli 
oʻqituvchilarda oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan chogʻida unchalik ahamiyat 
bermagan pedagogik va psixologik bilimlarni egallashga boʻlgan extiyoj 
uygʻonar ekan N.V.Jurinim oʻqituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil 
omillarga 
munosabatini 
oʻrgangan. 
Tadqiqotlar 
shuni 
koʻrsatadiki, 
oʻqituvchilarning oʻz kasbi va ish joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda 
maktabning moddiy bazasiga bogʻliq boʻladi, boshqalarida esa pedagogik 
faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan oʻzaro 
aloqa oʻrnatishga, toʻrtinchi kishida oylik olish bilan bogʻliq boʻladi. Oʻquv 
faoliyati motivasiyasining xususiyatlarini oʻrganishda 2 jihatni farqlab olish 
lozim: Birinchi jihat - oʻquv faoliyatini tanlash motivasiyasi. Ikkinchisi nima 


152 
uchun olim aynan shu mavzuni oʻrganib chiqishga qoʻl urgani sababini aniqlash. 
Fan bilan shugʻullanish bir necha sabablarga bogʻliqligi bilan belgilanadi. 
Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir 
aniq masalalarga qiziqish,oʻz kashfiyotlari bilan insoniyatga foyda keltirish, 
istagan yoki qandaydir xalq xoʻjaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki 
oʻz ishi bilan oʻzidan tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga 
intilish (ilmiy darajalariga ega boʻlish) mashhurlikka intilish kabilar bilan 
belgilanadi. 
Pedagogik 
faoliyatning 
muhim 
qismlari 
boʻlib, 
uning 
motivatsiyasida koʻrinadi. Pedagogik faoliyat oʻquv faoliyatidagi kabi 
motivasion orientasiyalarga ajratiladi. Ular tashqi motivlar boʻlib, bunga oʻz 
faoliyati natijasi va jarayonini orientasiya qilishni misol qilish mumkin. Aniq 
ta’lim muassasasidagi ish nufuzining tashqi motivlari, mehnatga xaq toʻlashdagi 
adekvatlik motivlari, koʻpincha kasbiy va shaxsning oʻsish motivlari bilan mos 
oʻzaro bogʻliq.G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini 
ularning faoliyati bilan bogʻlagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki 
samaralari quyidagi istaklarda namoyon boʻladi; 1. Oʻz ijtimoiy olamini 
boshqarish; 2. Boshqalar xulqiga ta’sir oʻtkazish va oʻz maslaqatlari bilan yoʻlga 
solish, buyurish, oʻz soʻziga ishontirish; 3. Oʻz e’tiqodiga yoʻnaltirish. 
Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish 
mumkin ―hayot faqat yeb ichishdan iborat emas. Boshqa soʻz bilan aytganda 
pul bilan xodimlarni jalb etishning oʻzi yetarli emas. Korxonada moddiy 
ragʻbatlantirishdan tashqari xodimlar jalb qilinadiganlar motivasiyasining 
qoʻshimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin. Bu ularni 
psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni qondirishga 
moʻljallangan boʻlishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga 
erishgan ishchilarning ragʻbatlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivasiyalarning 
ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Motivlarning qaysi biri ustunlik qilishi 
ijobiymi yoki salbiymiq degan savolga javobni aniq bir korxonada ishlash va 
xodimlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bogʻliq holda hal qilish 
mumkin. Shunday ekan, motivasiya adekvat boʻlishi, korxona xodimining ish 
natijalariga mos boʻlishi kerak.. Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning oʻz 
natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi. Bunda 


153 
rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning oʻz-oʻziga beradigan 
bahosi muvofiq keladi. V.A.Krutetskiy oʻspirinlarda uchrash mumkin boʻlgan 
motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab oʻtadi: - biror oʻquv faniga nisbatan 
oʻspirinning qiziqishi; - Vatanga foyda keltirish istagi; - shaxsiy qobiliyatini 
roʻkach qilib koʻrsatish; - oilaviy an’analariga rioya qilishi; - doʻstlari va 
oʻrtoqlaridan oʻrnak olganligi; - ish joyining va oʻquv yurtining uyga yaqinligi; - 
moddiy ta’minlanganlik; - oʻquv yurti koʻrinishining chiroyliligi yoki unga 
joylashishining osonligi singari motivlardir. Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki, 
ilk oʻspirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki 
omillarga bogʻliq. Shuningdek, kasb tanlashga boʻlgan intilish ishtiyoqlar 
negizida kasbiy motiv va motivasiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari 
kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha boʻlgan va kasb 
tanlab boʻlgandan keyingi jihatlarini koʻrsatib oʻtadilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin