158
Psixologik tanlovning yana shunday
xususiyati borki, tanlanayotgan ob’yektlar
orasida biri boshqalaridan nimasi bilandir
ustunlik qilsa oʻsha ob’yektni tanlanish
ehtimolligi koʻproq
boʻladi.
Yaqinda,
Chikago universiteti talabalari tomonidan
psixologik
tadqiqot
oʻtkazilgan.
Qatnashuvchilar ikki guruhga ajratilgan va
guruhlardan ikkita dam olish joyidan birini
tanlash soʻralgan. Birinchi guruhga tanlash
oson boʻldi. Chunki, ularga joylardan biri dengiz boʻyida joylashganligi aytilgan
edi. Ikkinchi guruh bu borada qiynaldi, sababi ularga hech narsa aytilmadi va
tanlash imkoniyati teng edi.
Erik Erikson rivojlanishning 8 ta vaziyatini keltirgan. Vaziyatlarning har
biri dilemma yoki psixologik tanlovni oʻz ichiga oladi. Ular foydali boʻlishi ham
mumkin yoki xavfli boʻlishi ham mumkin va albatta bittasi boshqasiga
qaraganda manfaatliroq boʻladi. Ular quyidagilar:
-ishonish va ishonmaslik;
-oʻzini harakatlarini erkin boshqarish va uyalish;
-oʻzini harakatlarini baholay olish va aybdorlikni his qilish;
-ishchanlik va ishda oʻzini koʻrsata olmaslik;
-oʻzini anglash va boshqalar tomonidan tan olinmaslik;
-odamlar bilan aloqada boʻlish va odamlardan ajralib qolish;
-oʻzidan nasl qoldirish va yolgʻiz oʻtish;
-oʻsishda davom etish va umidsizlikka tushish.
1
Dostları ilə paylaş: