O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə62/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Korroziya turlari. Elektrolitlar ta’sirida bo’ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko’pgina
metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichik galvanik ele-
mentlar hosil bo’lishi natijasida sodir bo’ladi.
Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko’p metallar tarkibida qo’shimcha sifatida boshqa metallar 
bo’lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga
mis metali tegib turgan bo’lsin. Bunda galvanik element hosil bo’ladi (temir-anod, mis-katod vazifasini o’taydi). Temir 
oksidlanadi:
Fe - 2e



Fe

2+
Bu elektronlar katod (mis) sirtida havo kislorodini qaytaradi: 


O
2


+ 2H

2
O + 4e



4OH


Fe
2+


va OH


ionlari o’zaro birikib, Fe(OH)


2
hosil qiladi. U havo kislorodi va nam ta’sirida Fe(OH)

3
ga aylanadi: 


4Fe(OH)
2

+ O

2
+ 2H

2
O



4Fe(OH)
3


Agar ushbu korroziya kislotali muhitda sodir bo’lsa, temirdan chiqqan elektronlar havo kislorodini qaytar-


masdan, balki vodorod ionlarini qaytarilishiga sabab bo’ladi: 
2H
+

+ 2e



2H 


H


2

.
Temir-qalay korroziyasida korroziyalanish tezligi temir-mis korroziyasiga nisbatan birmuncha sust sodir 


bo’ladi. Temir-rux korroziyasida esa temir oksidlanmaydi, u ruxning korroziyalvanishini tezlashtiradi, chunki temir
ruxga nisbatan asl metaldir. 


Metallarni korroziyasining oldini olish usullari. Metallarni korroziyadan saqlash uchun bir necha chora-
tadbirlardan foydalaniladi: 
1. Metall sirtini boshqa metall bilan koplash. Temirni rux bilan qoplash anod qoplama deyiladi. Qoplama
yemirilmaguncha qoplanuvchi metall yemirilmaydi. Temirni mis yoki qalay bilan qoplash katod qoplama deyiladi. 
Katod qoplamani biror joyi ko’chsa, qoplanuvchi metall tezda ishdan chiqadi.
2. Metall sirtini metall bo’lmagan moddalar bilan koplash. Lak, buyoq, rezina, surkov moylari (solidol, vazelin, 
emal) bilan ishlov berish.
3. Metallarga turli qo’shimchalar kiritish. Odatdagi po’latga 0,2-0,5% mis qo’shish yo’li bilan po’latning kor-
roziyaga chidamliligi 1,5-2 marta oshirish mumkin. Zanglamaydigan po’lat tarkibida 12% ga qadar xrom bo’ladi. Bun-
day po’latlar legirlangan po’latlar deyiladi. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
64
4. Metall sirtida kimyoviy birikmalar hosil qilish usuli bilan qoplamalash. Maxsus kimyoviy operatsiyalar
o’tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. Bunday pardalar — oksidli, 
fosfatli, xromatli va h. pardalar nomi bilan yuritiladi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish ja-
rayoni oksidirlash deyiladi. Metall buyumni oksidlashning uch xil usuli mavjud: 1) metall buyum sirti yuqori haroratda 
organik moddalar bilan oksidlantiriladi (qoraytiriladi, ko’kartiriladi va hokazo); 2) metall buyum (MnO
2
, NaNO

3
,


K

2
Cr


2

O
7


kabi) oksidlovchi moddalar ta’sirida konsentrlangan ishqor eritmasi bilan suyuqlikning qaynash haroratigacha 

qizdiriladi; 3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz o’tkaziladi, bu jarayon an-



odirlash deyiladi.
Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo’lgan ionlar, ya’ni H
+
va OH


ionlari (eritma muhiti - pH) katta 


ta’sir ko’rsatadi. H
+
ionlari ko’paysa korroziya kuchayadi, OH


ionlari temirning korroziyalanishini susaytiradi, ammo 


amfoter metallarning korroziyalanishini tezlashtiradi.
Korroziyani tezlashtiruvchi moddalar korrozion aktivatorlar deyiladi. Korrozion muhitga qo’shilganda metal-
larning korroziyalanishini susaytiruvchi moddalar korrozion ingibitorlar deyiladi. Masalan, aminlar, mochevina,
aldegidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va h. korrozion ingibitorlardir. 

Nazorat uchun savol va mashqlar. 

1. Metallar korroziyasi deb nimaga aytiladi? Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya orasida kanday farq bor? 
2. Ushbu metallar bir-biriga tegib turadi: Zn va Fe, Fe va Sn, Fe va Cu.
Shu metallar juftlaridan qaysilari sulfat kislotada ancha shiddatli eriydi? 
3. Odatdagi po’latning suvda korroziyalanish jarayonlarining tenglamalarini yozing?
4. Metallarni korroziyadan himoya qilishning eng muhim usullarini aytib bering? 
5. Metallar korroziyasining ingibitorlari nimadan iborat va ular qanday hollarda ishlatiladi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.


1. Korroziya

5. Katod qoplama


2. Korrozion aktivatorlar


6. Elektrokimyoviy korroziya

3. Korrozion ingibitorlar


7. Gaz korroziya

4. Anod qoplama


8. Kimyoviy korroziya. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Rahimov X.R. «Anorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1984. 
2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9
b.

3. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. «Umumiy va anorganik kimyo», T.: «O’qituvchi»-1996.


4. Glinka N.L. «Umumiy ximiya», T.: «O’qituvchi»-1986. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
65



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin