O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


Jahon qimmatli qog„ozlar bozorlari indekslari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2. Jahon qimmatli qog„ozlar bozorlari indekslari 
 
Fond indekslarining mazmuni. Ular nima uchun kerak? 
Fond indeksi – bu qimmatli qog‗ozlar bozori holatini baholash ko‗rsatkichi 
bo‗lib, sodir bo‗layotgan makroiqtisodiy jarayonlarni kompleks ifodalaydi. 
Iqtisodiyotda nqirozlar sodir bo‗lsa, uning miqdori pasayadi. Iqtisodiy o‗sish davrida 
esa uning miqdori ortib boradi. shuning uchun fond indekslarini barcha 
mamlakatlarda iqtisodiyot holatini umumlashgan miqdoriy ko‗rsatkichlari deb qabul 
qilingan. Ya‘ni fond indeksi qanday-dir ma‘lum bir son bo‗lib, qimmatli qog‗ozlar 
bozorining holati sifatini tavsiflaydi (ifodalaydi). Ushbu sonni qandaydir bir vaqtda 
hosil bo‗luvchi oddiy bir son deb qaralsa, unda bu son mazmunan o‗zida hech qanday 
aytarlik muhim axborotni mujassamlashtimaydi. shunday qilib fond indeksi bir 
tomondan mazmunan obyektni – fond bozoridagi qiziqtirgan ko‗satkichlarini bir-bir 
bilan bog‗likligi qonuniyatini matematik shaklda ifodalaydi, ikkinchi tomondan esa 
uning bir necha vaqt cheraralari uchun hisoblab topilgan qiymatlarini bir-biri bilan 
solishtirilganda obyektdagi hodisalarni qiziqtirgan vaqt oraliqlarida o‗zgarishi 
tendensiyalari dinamikasini namoyon qiladi. Aynan shuning uchun ham fond 
indekslari iqtisodiyot uchun ahamiyatlidir.
Fond indekslaridan foydalanuvchilarning maqsadini oqlovchi ideal fond 
indeksi quyidagi asosiy maqsadlarga javob berishi lozim:
- fond bozoridagi holatni aniq va o‗z vaqtida ifodalashi;


41 
- bozor tendensiyasi yo‗nalishini prognoz qilish, taxnik tahlil usul-lari 
yordamida bozor holatini bashorat qilish uchun qulay va yaxShi vosita bo‗lishi;
- turli milliy fond bozorlarida yirik strategik investitsiyalar qilish bilan 
shug‗ullanadigan investorlarga aynan qaysi bir mamlakat bozoriga qaysi vaqtda o‗z 
sarmoyalarini yo‗naltirishi mumkinligi to‗g‗risida tegishli qaror qabul qilishi uchun 
yordam berishi;
- risklarni na faqat bozor doirasida, balki uning alohida ko‗rsatkich-lari 
(masalan, foiz stavkalari) bo‗yicha xedjirlash maqsadida fyuchers va opsion 
shartnomalar uchun vosita bo‗lib xizmat qilishi;
- ―ishonchlilik-daromadlilik‖ toifalarida qimmatli qog‗ozlarning optimal 
portfelini shakllantirish va samarali boshqarishda qaror qabul qilish uchun asos bo‗lib 
xizmat qilishi;
- indeks yordamida ifodalanuvchi fond boyliklari bilan yoki ularning o‗hShash 
(korrelyatsiyalanuvchi) bozorida ishlovchi treyder (yoki portfel boshqaruvchisi va 
h.k.) olishi lozim bo‗lgan daromadning minimal bazaviy miqdorini ko‗rsatishi;
- muayyan kompaniyalar boshqaruvchilarining ish sifatini tarmoqlar va 
umuman bozor bo‗yicha o‗rtacha qiymatlari sifati bilan solishtirma baholash vositasi 
bo‗lib xizmat qilishi;
- indeks portfelida keltirilgan instrumentlar muomalada bo‗luvchi mamlakat 
bozorida uni tartiblashtiruvchi organlar faoliyatini tavsiflashi, iqtisodiy holat va 
investitsion muhitni aks etishi kerak.
Fond indekslari ularni birjada yoki birjadan tashqari (nobirjaviy) bozorda 
qo‗llanilishiga qarab, mos ravishda birja indekslari va birjadan tashqari bozor 
indekslari bo‗lishi mumkin.
Indekslar qimmatli qog‗ozlar turini tanlashga bog‗liq bo‗lgan, ularni hisoblab 
topishda qo‗llaniladigan ma‘lumot bo‗yicha, umuman qimmatli qog‗ozlar bozori, 
qimmatli qog‗ozlar turlarining guruhlari bozori, iqtisodiyotning qandaydir tarmog‗iga 
oid qimmatli qog‗ozlar bozori holatini ifodalashi mumkin. Bu indekslar tendensiyasi 
dinamikasini solishtirish u yoki bu tarmoq holatini umuman iqtisodiyotga nisbatan 
qanday o‗zgarishini ko‗rsatishi mumkin.


42 
Indekslar axborot agaentliklari va fond birjalari tomonidan hisoblab topiladi va 
muntazam ochiq ravishda chop etilib boriladi.
Indekslar moliyaviy instrumentlarning turli hillari uchun ishlab chiqilgan
masalan, aksiyalarga, qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli 
qog‗ozlarga, xorijiy valyutalarga va h.k. Ularning ichida aksiya indekslari eng 
nomdorlisi hisoblanadi.
Fond indekslarining ko‗p qismi ikki guruhdan biriga, ya‘ni kapita-
lizatsiyalashgan va narxli indekslarga, mansubdir.
Kapitalizatsiyalashgan indekslar kompaniyalarning umumiy kapitali-zatsiya 
darajasini o‗lchaydi. Ularni hisoblab topishda kompaniyalarning aksiyalari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar qo‗llaniladi. Indeksning hisoblab topilgan qiymatlari 
ma‘lum bir bazaviy sanaga nisbatan me‘yorlash-tiriladi.
Ta‘kidlash joizki, kompaniyaning kapitalizatsiyasi deganda, uning 
muomaladagi aksiyalari sonini bozor bahosiga ko‗paytmasi tushuniladi.
Kapitalizatsiyalashgan indekslarga Standard and Poor‟s (S&P-500, S&P-400), 
Nyu-York fond birjasining yig‗ma va boshqa shu kabi indekslari kiradi. G‗arb 
mamlakatlari qimmatli qog‗ozlari bozorining ko‗pchilik indekslari shu toifaga 
mansub.
Narxli indekslar, yoki boshqacha qilib aytganda, narxga mutanosib 
vaznlashtirilgan indekslar. Ular indeksning bazaviy ro‗yhatiga kirgan kompaniyalar 
aksiyalarining o‗rta arifmetik bahosi ko‗rinishidagi formula asosida hisoblanib 
topiladi. Bunday indekslarga, masalan, Dou Djons (Dow Jones) sanoat va boshqa 
turdagi indekslari, indeks Tokio fond birjasi indeksi – Nikkei-225, Amerika fond 
birjasining asosiy indeksi – AMEX va shularga o‗hShash boshqa indekslar.
Hozirda indekslar derivativlar uchun bazis aktiv sifatida qo‗llanil-moqda (Dou 
Djons sanoat indeksidan tashqari, chunki u «Dow Jones & C
o
» kompaniyasi 
tomonidan bu maqsadlarda, ya‘ni fyuchers va opsionlar bazisi sifatida, taqiqlangan). 
Bunday bazisli derivativlar qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilariga turli 
investitsion strategiyalarni amalga oshirish, operatsiyalarni xedjirlash, spekulyativ 
o‗yinlarda faol ishtirok etish va h.k. imkoniyatlarini beradi.


43 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin