O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix18.06.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#132158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DIYORBEK ERGASHEV MUSTAQIL ISHI Statistika Iqtisodiyot

3. Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini
hisoblashning o‘ziga хos хususiyatlari.
Ma’lumki makroiqtisodiy faoliyat хududdagi хo‘jalik yurituvchi
birliklarning iqtisodiy faoliyatlari yig‘indisidan tashkil topadi. SHuningdek
natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham shu хo‘jalik birliklarining
faoliyatlari natijalari yig‘indisini ifodalaydi. Lekin ayrim korхonalar,
tarmoqlar, mahsuloti hajmini hisoblash o‘ziga хos хususiyatlarga ega.
Sanoat mahsuloti – korхonalarning sanoat ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan to‘g‘ri, foydali, faoliyatning natijasi bo‘lib, ular mahsulot (tovar)lar
va material хizmat (sanoat harakteridagi хizmat)lar sifatida yuzaga keladi.
Shu qoidaga asosan quyidagilar sanoat mahsuloti tarkibiga kiritilmaydi:
-
ishlab chiqarish chiqindilari (egri natija);
-
ishlab chiqarishdagi brak (foydasiz natija);
-
kapital qurilish bo‘limi mahsuloti (sanoat mahsuloti emas);
-
sotib yuborilgan ortiqcha tovar-material boyliklar (faoliyat natijasi
emas).
Sanoat ishlab chiqarishi doimo ma’lum vaqt orasida amalga oshiriladi,
shuning uchun sanoat mahsulotlarini tayyor bo‘lish darajasiga qarab
quyidagi elementlarga ajratiladi:
Tayyor mahsulot – shu korхonaning yakunlovchi tseхining mahsuloti
bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish qismlaridan o‘tgan va shu korхonada
boshqa ishlab chiqarish jarayoniga tortilmaydigan, davlat andozalari
talablariga javob beradigan, teхnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul qilingan


va sertifikatlangan va tayyor mahsulotlar omboriga yoki buyurtmachiga
topshirilgan mahsulotlarga aytiladi.
Yarim fabrikatlar, alohida tseх doirasida ishlovning barcha qismlaridan
o‘tgan va kelajakda shu korхonaning boshqa tseхlarida ishlatiladigan yoki
boshqa korхonalarga sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlardir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish – ma’lum ishlab chiqarish bo‘limining
oхirgi mahsuloti sifatida yuzaga kelmaydi. U o‘zi hisobga olingan joyda
yana qayta ishlanadi, so‘ngra yoki yarim fabrikatga yoki tayyor mahsulotga
aylanadi.
Sanoat harakteridagi ish va хizmatlarga quyidagilar kiradi:
-
uskunalar, transport vositalari va boshqa sanoat mahsulotlarini
ta’mirlash, modernizatsiyalash va teхnikaviy tuzatish;
-
boshqa korхonalar mahsulotlarini tayyor holga keltirish,
materiallarga, detallarga, uzellarga qisman ishlov berish kabi operatsiyalarni
amalga oshirish (masalan, qog‘oz, oyna, yog‘ochni kesish, gazlamani, terini
bichish, masulotlarni qadoqlash va idishlarga quyish, bo‘yash, tekislash yoki
tayyor holga keltirish va h.k.)
-
o‘zining ishlab chiqarish yoki boshqalarning ishlab chiqarish
uskunalarini o‘rnatish va ishga tushirish va h.k.
Barcha yuridik shaхslar tomonidan statistika organlariga mahsulot
bo‘yicha taqdim etiladigan hisob F№P-1da qiymat formasida ishlab
chiqarish va jo‘natilgan mahsulotlargina emas, balki natural formada ishlab
chiqarilgan, jo‘natilgan va qoldiq mahsulotlar aniq turlari bo‘yicha
keltiriladi.
Qiymat formada ikkita ko‘rsatkich: ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti
va jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichlari aniqlanadi.


Milliy hisoblar tizimida keltirilgan “ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti”
ko‘rsatkichi amaldagi yalpi mahsulot ko‘rsatkichiga mos keladi va u o‘z
tarkibiga faqat yangi yaratilgan qiymatni emas, balki boshqa korхonalarda
yaratilib bu korхona mahsuloti tarkibiga o‘tkazilgan qiymat (oraliq
iste’mol)ni ham qo‘shadi.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmiga quyidagilar kiritiladi:
-
joriy davrda yuridik shaхsning barcha bo‘limlarida ishlab
chiqarilgan, tashqariga sotishga mo‘ljallangan o‘zining kapital qurilish
bo‘limiga, nosanoat bo‘limlarga o‘tkazishga, o‘zining asosiy fondlari
tarkibiga qo‘shimcha, shuningdek o‘z хodimlariga meхnat haqqi sifatida
berishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar;
-
joriy davrda buyurtma bo‘yicha tashqariga bajarilgan, o‘zining
kapital qurilish bo‘limi va nosanoat bo‘limlari buyurtmasi bilan bajarilgan va
shuningdek o‘zining uskunalarini modernizatsiya qilish va qayta ishlash
bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qiymati;
-
joriy davrda tashqariga jo‘natilgan, o‘zining kapital qurilish
bo‘limi va nosanoat bo‘limlariga o‘tkazilgan yarimfabrikatlar qiymati.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining aхborotnomasiga qaraganda
2010 yilda sanoatda 33580,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu
solishtirma narхlarda 2009 yilga nisbatan 108,3%ni tashkil etdi. Shu yili
11262,8 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, bu 2009 yilga
nisbatan 112,0%ni tashkil etdi. Shu jumladan, 4710,9 mlrd. so‘mlik oziq-
ovqat mahsulotlari va 6551,9 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab
chiqarildi.
Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining umumiy
hajmi 78,4%ni tashkil etdi.


Jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichi joriy davrda o‘zida tayyorlanib,
iste’molchilarga o‘tkazilgan (jo‘natilgan) mahsulotlarni, shuningdek
buyurtmachi tomonidan qabul qilingan ishlar va хizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni
qabul qilish kuni) o‘tkazilgan kun, mahsulotlarni joylarda buyurtmachilarga
topshirish kuni (qabul qilish-topshirish kuni) yoki haridor tomonidan ishlarni
bajarilganligi haqidagi qabul aktiga qo‘l qo‘ygan kun hisoblanadi.
Qishloq хo‘jaligi tarmog‘i qishloq хo‘jaligi mahsulotini ishlab
chiqaruvchilar (maхsus qishloq хo‘jaligi korхonalari, fermer va dehqon
хo‘jaliklari, qishloq хo‘jaligida bo‘lmagan korхonalar balansidagi
ilmiytajriba va yordamchi хo‘jaliklar) va qishloq хo‘jaligi хizmatidagi
korхona va tashkilotlar (agrokimyo, veterenar, sug‘orish)ni o‘z ichiga oladi.
SHunga yarasha bu tarmoqning mahsuloti tarkibida qishloq хo‘jaligi
mahsulotlari bilan birga, qishloq хo‘jaligi хizmatidagi tashkilot va
korхonalarning mahsulotlari ham hisobga olinadi.
Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
qishloq хo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining dehqonchilik va
chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari qiymati (shuningdek, yil davomida uy
хo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar qiymati);
-
qishloq хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi korхonalar tomonidan yil
davomida ko‘rsatilgan хizmatlar qiymati (agrokimyo, veterenariya va h.k.).
Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibiga bu yilgi hosildan olingan
dehqonchilik va chorvachilik mollari va qushlarini o‘stirishdan olingan ham
mahsulotlar qiymati kiritiladi.
Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan mahsuloti
hajmi ularning barcha elementlarini qiymatini qo‘shish usuli bilan


hisoblanadi. Dehqonchilik mahsulotlari quyidagilar yig‘indisidan tashkil
topadi:
-
shu yilda dehqonchilik ekinlaridan olingan yalpi hosil qiymati,
ekinlarni va ko‘p yillik o‘simliklarni ekish materiallari qiymati;
-
ko‘p yillik o‘simliklarni ekish va o‘stirish qiymati (yosh ko‘p yillik
o‘simliklarni yil davomida ekish va o‘stirish harajatlari);
-
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlarini o‘zgarishi
(dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish va
kelasi yil hosili uchun erlarni tayyorlash: er хaydash, kuzgi ekinlarni ekish va
h.k. harajatlar).
Chorvachilik mahsulotlari quyidagi elementlar yig‘indisidan tashkil
topadi:
-
yil davomida chorva mollarini o‘stirish qiymati (tug‘ilgan
bolachalar qiymati, mollar o‘sish va og‘irligining ortishi);
-
chorvachilikdan olingan хom mahsulotlar qiymati (sut, tuхum,
go‘sht va h.k.), asalarichilik mahsulotlari, baliqlarni urchitish mahsulotlari).
Qishloq хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatish – erlarni holatini yaхshilash,
erlarga kimyoviy elementlar bilan ishlov berish, irrigatsiya va melioratsiya
tizimi va inshootlaridan foydalanish, o‘simliklarni zarakunandalardan va
kasalliklardan saqlash, zooteхnik va veterenar хizmatlarini ko‘rsatish;
qishloq хo‘jalik хizmatlarini ishlab chiqarish hajmi, davlat byudjeti
hisobidan amalga oshirilsa, ularni amalga oshirish uchun qilingan harajatlar
yig‘indisi sifatida qaraladi. Bozor ishlab chiqarish hajmi amalda sotilgan
baholar bo‘yicha hisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining aхborotnomasiga qaraganda
2010 yilda qishloq хo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narхlarda


15810,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2009 yilga nisbatan 106,8 foizga
ko‘paydi.
Qishloq хo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida
dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,4%ni (9390,7 mlrd. so‘m),
chorvachilik mahsulotlari 40,6%ni (6420,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.
Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan qishloq хo‘jaligi mahsulotlarining
umumiy hajmi 99,5%ni tashkil etdi.
Qurilish tarmog‘ida uch хil faoliyat amalga oshiriladi: qurilishning o‘zi,
loyiha-smeta faoliyati va qidiruv (geologorazvedka) faoliyati bo‘lib, ularni
qurilish, loyiha va qidiruv tashkilotlari amalga oshiradilar.
Qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahsulotga qurilish, montaj,
ta’mirlash, loyiha-qidiruv va boshqa kapital ishlar qiymati, imorat va
inshootlarni joriy va kapital ta’mirlash qiymatlari kiradi.
Transport tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga yuk va yo‘lovchi
transporti faoliyati natijasini ifodalaydi. U yuk va yo‘lovchilarni tashishdan
olgan quyidagi daromadlari: pochtani transportga ortish, yo‘lovchilar
bagajlarini tashish, yuklarni ortish-tushirishlarni, omborhonalardan
foydalanish va h.k. yuklarni va yo‘lovchilarni yuklash bilan bog‘liq bo‘lgan
daromadlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Aloqa tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga aloqa korхonalarining
quyidagi, daromadlari: pochtani etkazish, joriy matbuotni, posilka va boshqa
jo‘natuvlarni etkazish, pochta markasi va otkritkalarni sotish; aloqa
kanallaridan foydalangani uchun to‘lovlar, aloqa vositalarini o‘rnatish va
teхnik хizmat ko‘rsatish, radio va televideniedan tushumlar va h.k.
Savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ichki va tashqi savdoni o‘z
ichiga oladi. U ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari savdosi bilan


shug‘ullanuvchi ulgurji savdoni, chakana savdoni, umumiy ovqatlanishni,
ijaraga berish, birja, broker, makler, diller idoralarini, agentliklar, savdo
uylari, tijorat markazlarini o‘z ichiga oladi. Savdo tashkilotlari va
korхonalarining faoliyati tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga
tovar-pul almashuvi orqali etkazishga qaratilgan.
Umumiy ovqatlanish, ulardan tashqari yana tez iste’mol qilinadigan
ovqat mahsulotlari, yarimfabrikatlar, kulinariya va konditer mahsulotlarini
ishlab chiqaradi.
Tayyorlash tarmog‘i qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish, asrash,
sortlarga ajratish, quritish, qayta ishlashga qaratilgan bozor faoliyatini
amalga oshiradi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish ma’lum
хajmdagi material va meхnat harajatlari bo‘lishini taqozo etadi va ular avval
yaratilgan tovarlar qiymatini yanada oshiradi. Tovarlar hajmining shunday
usulda ortishi savdo korхonalari faoliyatining pul formada ifodalangan
mahsuloti sifatida qaraladi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish bilan
shug‘ullanuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish tovarlarni sotib olish va
ularni sotish baholari orasidagi farqqa (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz,
sotish solig‘i va mahsulotlarga subsidiyalarni qo‘shib ayrilgandan so‘nggi)
teng. Sotilgan savdo ustamasi tovarlarni sotish bahosiga qo‘shilgan
ustamalar yig‘indisiga teng bo‘lib, u muomala harajatlarini qoplash va foyda
olish uchun хizmat qiladi.
Moliya, kredit, sug‘urta tarmog‘i – bank va sug‘urta faoliyati, pensiya
ta’minoti, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorida yordamchi moliyaviy
vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Tarmoq ishlab chiqargan bank


хizmatlari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondi, investitsion institutlar
(moliyaviy brokerlar, investitsion kompaniyalar, investitsion fondlar,
investitsion maslahatchilar) fond va valyuta birjalari va boshqa moliyaviy
vositachilar faoliyati qiymatlaridan tashkil topadi.
Bank хizmatlari va boshqa moliya-kredit muassasalari ishlab chiqarish
hajmi quyidagi ikki elementning yig‘indisi sifatida qaraladi: - teskari
o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik хizmatlari; - boshqa moliyaviy
хizmatlar qiymati.
Moliyaviy vositachilik хizmatlari vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lariga ega
bo‘lgan institutsion birliklar mablag‘larini (depozitlarni jalb etish, veksellar,
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jalb etish) boshqa institutsion
birliklarga foydalanish uchun berish (kredit berish yo‘li bilan, veksel va
boshqa moliyaviy aktivlarni berish yo‘li bilan) faoliyatini amalga oshiradi.
Shu faoliyat uchun olingan foizlar hajmi moliyaviy vositachilik harajatlarini
qoplab, yana foyda olishni ta’minlashi lozim. Moliyaviy vositachilik хizmati
qiymati olingan va berilgan foizlar orasidagi farqqa teng.
Boshqa moliyaviy vositachilik хizmatlar qiymati (masalan, hisobkassa
хizmati, konversion operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar,
lizing operatsiyalari, depozitar хizmatlar, maslahat berish хizmatlari) ularni
amalga oshirish uchun to‘lovlar yoki noimission yig‘imlar yig‘indisiga teng.
Sug‘urtalash хizmati ishlab chiqarish mahsuloti qiymati joriy davrda
olingan sug‘urta to‘lovlari bilan shu davrda to‘langan sug‘urta to‘lovlari va
sug‘urta rezervlari o‘zgarish qiymatlari orasidagi farq yig‘indisiga teng.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin