O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


-MAʻRUZA: GʻARB ALKIMYOSI. TEXNOKIMYO VA METALLURGIYANING RIVOJLANISHI



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə26/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

3-MAʻRUZA: GʻARB ALKIMYOSI. TEXNOKIMYO VA METALLURGIYANING RIVOJLANISHI


O`quv mashg`ulоtining maqsadi: Talabalarga alkimyoning arablar tomonidan gʻarbiy mamlakatlarga yoyilishi, uning ijobiy ahamiyati va roli, gʻarb alkimyosi va u erishgan natijalar va yutuqlar, YEvropada alkimyo va uygʻonish davri, alkimyoning tugallanishi, texnik kimyoning XVI va XVII asrlardagi boshlangʻich qadamlari haqida tushuncha berish, yangi bilimlanir shakllantirish hamda malakasini oshirish.


Kalit soʻzlar: YEvropada alkimyo va uygʻonish davri, alkimyoning tugallanishi, metallar transmutatsiyasi, texnik kimyo, metallurgiya, texnokimyo, shisha, chinni, keramika, tuzlar, qogʻoz, soda ishlab chiqarish,
REJA:



  1. Gʻarb alkimyosi va u erishgan natijalar va yutuqlar.

  2. Metallar transmutatsiyasi.

  3. Texnik kimyoning XVI va XVII asrlardagi boshlangʻich qadamlari.

  4. Metallurgiya, texnik kimyo namoyondalari va yutuqlari.

  5. Kitob nashr etish stanogining vujudga kelishi.

  6. Alkimyoning tugallanishi.

  7. Kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar va materiallar – shisha, chinni, keramika, tuzlar, qogʻoz ishlab chiqarish, Kant, Leblan usullarida soda olish.



MAʻRUZA MATNI

Arablar 670-yilda Xristian dunyosining eng yirik shahri Konstantinopolni oʻz flotlari bilan qamal qilishganda ularning kemalari suv bilan oʻchmaydigan kimyoviy aralashma bilan yoqib yuborildi va ular khemeianing birinchi amaliy oqibatini oʻz terilarida sinab koʻrishdi. Bundan xulosa chiqarib oʻzini oʻnglab olgan arablar keyingi besh asr davomida alkimyoni oʻz nazoratlariga olishdi.


VII-VIII asrlarda Yadin Sharq mamlakatlarining (Suriya, Meso­potamiya) Damashq, Bagʻdod, Kordovada arab alkimyogarlari ishlaydigan ilmiy markazlar paydo boʻldi. Arab olimlarining ilmiy ishlari va xususan alkimyo Oʻrta yer dengizi boʻylab Yevropaga sekin kirib kela boshladi. 300-1100- yillar davomida Yevropaning tarixida kimyo sahifasi boʻm-boʻsh va unda hech qanday yangiliklar uchramaydi. XII asrda alkimyo Yevropaga koʻchdi. Dastlabki Yevropalik alkimyogarlar arablarning shogirdlari edi. Asr oʻrtalaridayoq arab alkimyogarlari asarlari lotinchaga oʻgirildi. Shahar va ministrlarda alkimyo laboratoriyalari paydo boʻldi, u yerda alkimyogarlar sunʻiy oltin tayyorlash yoʻllarini zoʻr berib izladilar.21
Alkimyogarlar kishilarni aldash va tez orada boyish maqsadida turli koʻz boʻyamachilikdan foydalandilar: bitta alkimyogar oltin buyumlarni mis folga bilan qoplab, kishilar koʻz oʻngida kislota bilan eritsa yana bir tayyor quymani alkimyoviy idishga shunchaki tashlaydi. Uchinchisi tubi 2 qavatli tigeldan foydalansa 4-si oltinning Hg dagi alangasidan foydalangan. 5-si esa oʻrtasi nodir metallar bilan toʻldirib tubiga sham quyilgan kovak choʻpni qizdirib reaksion massada oltin qolganligini koʻrsatganlar. Lekin barcha tajribalar ham omadli chiqavermadi, ularni omma oldida oltin suvi yuritilgan dorga osdilar. “Arzon oltin” olish imkoniyati iqtisodga kuchli zarba berish mumkin edi. Shuning uchun Misrni qaram qilgan rim imperatori Diokmetian bunday sohada olib boriladigan har qanday ishni oʻlim jazosi bilan taqiqladi. Mavjud boʻlgan barcha faoliyat toʻliq toʻxtatildi.
Shu tariqa moʻjizalarga ishonishga putur yetadi, yaʻni uygʻonish davrining boshlanishidagi Yevropaliklar dunyo qarashi oʻzgardi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin