O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə27/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

YEvropada oʻygʻonish

1096- yilda birinchi salb yurishi boshlandi: xristianlar musulmonlardan ular bosib olgan yerlarni qayta zabt qila boshladilar. 1099- yilda xristianlar Iyerusalim (Quddusi sharif) ni ishgʻol qildilar. Deyarli ikki yuz yil davomida Suriya boʻylarida yashagan bir hovuch xristianlar Yevropa mamlakatlariga arab fanining yutuq va yangiliklnrini olib kela boshladi­lar. Madaniyatning biroz kuchayishi sodir boʻldi va Evropaga qaytgan bir nechta xristianlar, evropaliklarni arab fanlarining yutuqlari bilan tanishtirdi. Shu vaqtning oʻzida, arablar tomonidan VIII arsning boshlarida bosib olingan Ispaniyani, xristianlar oʻzlariga asta-sekin qaytarib olishdi. Asta-sekin VIII asrda arablar bosib olgan Ispaniya yerlari xristianlar qoʻliga oʻta boshladi. Shu janglar paytida xristianlarning YEvropasi ajoyib Mavritaniyaning sivilizatsiyasi haqida bilib olishdi. YEvropaliklar, arablar oʻzlari tomonidan tarjima qilingan grek olimlari, masalan, Aristotel va oʻzlarining olimlari, masalan, Ibn-Sinoning ilmiy asarlari kabi bebaho asarlar sohiblari ekanliklarini bilib qolishdi. Yevropaliklar arablarning boy kutubxonasi borligini va unda barcha yunon faylasuf va olimlari asarlarining tarjimasi, ularga yozilgan sharhlar va Sharq allomalarining asarlari saqlanayotganligini bilishdi.22


Oʻzining ashaddiy dushmaniga bunchalik qimmatli asarlarni berishni hohlamagan arablarning qarshiligiga qaramasdan, bu asarlarni tortib olishdi va lotin tiliga tarjima qilishga urina boshlashdi. Bu ishlarga fransuz olimi Gerbert (940-1003 yy.) boshchilik qildi, unga cherkov 999- yildan boshlab papa Silvestr II degan ruhoniy nomini berdi.
Chesterlik ingliz olimi Robert 1144-yilda, keyinchalik italiyalik olim Gerard Kremonskiy (1114-1187- yy.) arab ilmiy adabiyotlarini lotin tiliga tarjima qilishni boshladi. U arab tilidan 92 traktatlarni tarjima qildi. Yevro­pa olimlari orasidan birinchi alkimyogar koʻproq Albertus Magnus (Buyuk Albert) nomi bilan mashhur boʻlgan Albert Bolshtedskiy (1193-1280-yy.) arab olimlari va Aristotel ishlarini qaytadan oʻrganib chiqdi, alkimyoviy tajribalarning izohlarida mishyakni shunchalar aniq tavsifladiki, baʻzan olimlar bu element ochilishini shu olim nomi bilan bogʻlaydilar, holbuki mishyak toʻgʻrisida arab alkimyogarlari ancha axborot toʻplashgan va uning birikmalarini ham bilishar edi.
Ingliz rohibi va olimi Rodjer Bekon (1214-1294-yy.) oʻzining “Alkimyo koʻzgusi” kitobida barcha murakkab tarkibli metallar va boshqa minerallar simob va oltingugurt birikmalaridan hosil boʻlgan deb yozgan edi. U ilmiy ishlar qilish va uni rivojlantirish uchun dastlab amaliy ishlarni yoʻlga qoʻyish va bajarilgan eksperimentlarning natijalarini hisoblash va tushuntirishda matematik usullarni qoʻllash lozim deb hisoblaydi. Bekon butun bilimlar ensiklopediyasini yaratishga urindi va birinchi boʻlib poroxni tavsiflab berdi, lekin poroxni kashf qilmagan. Porox yaratilishi bilan qalʻa va qasrlarni zabt qilish osonlashdi va piyoda askarlar mustahkam zirhli sovut kiygan otliqlardan koʻra xavfliroq boʻlib qoldi. Villanovalik ispan vrachi Arnold (1240-1311-yy.) va Raymund Lulliy (1235-1313-yy.) larning asarlari asosan metallar transmutatsiyasiga bagʻishlangan. Hatto Lulliy inglizlarning serxarajat qiroli Eduard II uchun oltin tayyorlab bergan.
Ammo olimlar ularning faoliyatiga bilan qarashgan va ishonishmagan. XIV asr alkimyogarlaridan eng sermahsul ishlagan olim oʻz nomini yashirgan va asarlariga Jobir deb imzo chekkan. Psevdo-Jobir bugungi kimyoning eng zarur birikmalaridan boʻlgan sulfat kislotasini, undan keyin nitrat kislotasini tavsiflagan, minerallardan olish yoʻlini isbotlagan. Ilgari arab va yunon alkimyogarlari eng kuchli kislota deb sirka kislotani hisoblashgan va uni hayvonot dunyosi yoki oʻsimliklardan olishar edi. Maʻdanlardan temir olish kashf etilgach, eng muhim yutuqlardan biri kuchli maʻdan (mineral) kislotalarining olinishi boʻldi. Endi alkimyogarlar juda koʻp reaksiyalarni amalga oshirdilar, ilgari yunon va arab olimlari kuchli erituvchilarida erita olmagan birikma va qotishmalar uchun oʻz erituvchilarini topdilar.
Alkimyogarlar orasida aldamchilik, tovlamachilik, kosibchilik yanada avj ola boshladi. Oltin olish shunchalar inson ongini ogʻuladiki, zamonaning yetuk allomalari ham shu yoʻlga kirib ketdilar (hatto XVII asr namoyandalari Boyl va Nyuton ham). Tovlamachilikka yoʻl qoʻymaslik va arzon oltin olish yoʻlini toʻsish maqsadida Diokletian davridagidek alkimyogarlik taʻqiqlandi va bu soha vakillari quvgʻinga uchradi. Bundan haqiqiy fan fidoyilari ham jabr koʻrishdi va ular oʻzlarining ishlarini yashirishga yoki undan voz kechishga majbur boʻldilar.
Koʻp yillik tajribalar natijasida kimyo sohasidagi keyingi tadqiqotlarning “moddiy-texnik bazasi” yaratildi. XI-XII asrda etil spirtini haydash usuli bilan olina boshlandi, XIII asrda etil spirti asosan tibbiyotda ishlatilar edi. Uni “barcha dori-darmonlarning onasi, malikasi” deb hisoblashardi. Bundan tashqari XIII asrda temir kuporosi bi­lan oltingugurt yoki selitrani qizdirib sulfat kislotasi olindi. XV as­rda oltinni tozalash uchun koʻp miqdorda nitrat kislotasi uchun ehtiyoj tufayli dastlab 1270-yili Bonaventur “zar suvi” yoki “podshoh arogi”ni nitrat kislotasi bilan novshadil spirti eritmasining oʻzaro aralashmasidan olish mumkinligini isbotlab berdi. Bu oʻsha davrning eng muhim kashfiyoti - oltinni zar suvida eritish mumkinligini ochib berdi.
XVI asr oxirlariga kelib eritma tayyorlash, choʻktirish, haydash, bugʻlantirish, sublimatlash, kalsinatsiyalash (kuydirish), qayta kristallash, ekstraksiyalash kabi ishlar toʻla oʻrganildi. oʻsha paytdagi barcha kimyoviy jarayonlarni nemis kimyogari va vrachi Andrey Libaviy (1560-1616-yy.) 1597- yilda yozgan “Alkimyogar” kitobida yigʻib tushuntiradi. Kislotalarning kashf etilishi koʻp minerallar tarkibini oʻrganib, rudalardan turli kimyoviy reaksiyalar yordamida sof metallarga ajratish imkonini yaratdi. Kislota va ishqorlar tuzlar olish uchun xom ashyo boʻlib qoldi. Bu paytda ishqorylar uchuvchan (ammiak, ammoniy karbonat) va ogʻir ishqorlar (soda, potash) ga ajratildi.23
Yevropaliklar boshqa fanlar sohasida ham oʻzlarining afzalliklarini isbotlashga urinishardi. "Buyuk kashfiyotlar" asrida nemis tadqiqotchisi Iogann Gutenberg (1397-1468-yy.) kitob chop qilish stanogini birinchi boʻlib yaratdi. Endi tarixda birinchi marta kerakli miqdorda arzon kitob chiqarish imkoniyati yaratildi. Dastavval Lukretsiyning poemasi bosib chiqarildi. 1543-yil boshlarida polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543- yy.) koinot markazi qadimgi astronomlar taʻkidlaganidek yer emas, balki quyosh deb eʻtirof etgan va planetalarning geliosentrik tuzilishini isbotlab bergan kitobi va flamandiyalik tabib Andrey Vezaliy (1514-1564-yy.) odam anatomiyasini juda mohirlik bilan tushuntirgan va bu haqidagi qadimiy yunonliklar tushunchalarini oʻzgartirib yuborgan kitoblar chop etildi. Frensis Bekon (1561-1626-yy.) 1620- yilda yozgan “Yangi organon” asarida “Alkimyogarlar va sehrgarlarning ishi hech qanday kashfiyot boʻlishi mumkin emas, u faqat kulgi va koʻz yoshiga arziydi”,- deb ularning ishlarini tanqid qiladi.
Yevropada olimlar oʻzlarining kashfiyotlari va yaratgan yangiliklari uchun cherkov va uning inkvizisiyasi tomonidan qanday “mukofotlanganliklarini” haqida quyidagi maʻlumotlar mavjud. Oʻrta asrlarda birgina Ispaniyaniyaning oʻzida 30000 koʻproq kishi ilm-fan, taraqqiyot yoʻlida qilgan xizmatlari, kashfiyotlari va hur fikrlari uchun oʻtda kuydirilgan. 290000 kishi turli qiynoq, qamoq va surgun jazolariga duchor etilgan. Papa Adrian VI ning oʻzigina besh yil ichida 1620 kishini tiriklayin oʻtga tashlagan. XVI asrda yashagan alkimyo, fiziologiya, tibbiyot bilan shugʻullangan, fanga gaz tushunchasini kiritgan, gollandiyalik tabiatshunos Yan Baptist van Gelmont (1579-1644-yy.) ham ruhoniylar va hukmronlar tomonidan uzoq vaqt zindon qiynogʻiga mahkum etildi.
Alkimyo davrining salbiy tomonlari bilan bir qatorda uning ijobiy tomonlari ham boʻldi. Alkimyoga qiziqish XVI asr oxirlariga kelib susaydi. Alkimyogarlar oʻz maqsadlariga erisha olmasalar ham yangi kimyoga qator moddalar, laboratoriya jarayonlari (moddani tozalash usullari -- filtrlash, bugʻlatish, sublimatsiya, haydash, qayta kristallash, choʻgʻlantirish, eritish, aralashmalarni ajratish; bir erituvchidan boshqa erituvchiga oʻtkazish kabi amaliy usullar topildi; nitrat, xlorid, sulfat, fosfat kislotalar va boshqa moddalar, idish va asboblarni meros qilib qoldirdilar, hatto, chinni ham kashf etildi.
Butun alkimyo davrida ilmiy xulosa qilinmadi. Metallurgiya, boʻyoqchilik va farmatsiya sohasidagi kashfiyotlar hunarmandlarga tegishlidir. Alkimyoning eng katta yutuqlari qatoriga 1669-yilda gamburglik savdogar X.Brandtning fosforni tasodifan kashf etganligini aytish mumkin.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin