O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə24/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Mirzo Ulugʻbek

Amir Temurning sevikli nabirasi - Muhammad Taragʻay 1394- yil 22-martda Sultoniya shahrida Shohruh oilasida dunyoga keldi. Amir Temur Xitoyga qilgan yurishi paytida 1405-yil 18-fevralda Oʻtror shahrida vafot etdi. 11 yoshli Ulugʻbek ana shu vaqtda ham bobosining yonida, qoʻshinda boʻlgan. Toʻrt yillik taxt uchun urushlardan keyin Shohruh mirzo gʻolib keldi va Ulugʻbekni Samarqand taxtining hokimi deb eʻlon qildi. Ammo u ilmga intilar, asosan astronomiyaga qiziqar edi.


Ulugʻbek oʻsha zamonda ilmiy fikrning markazini Samarqandda barpo etishga ahd qildi. Shu maqsadda u Samarqand, Buxoro va Gʻijduvonda uchta katta madrasalar qurdirdi. 1417-yilda Buxoroda qurilgan Ulugʻbek madrasasi hozirgacha saqlangan, uning peshtoqiga “Ilmga intilish har bir musulmon erkak va muslimaning vazifasidir” degan soʻzlar yozib qoʻyilgan.20
Ulugʻbek madrasalar bilan birga 1420-1423-yillarda Samarqandning Kuhak tepaligida observatoriya barpo etadi. Unga oʻsha vaqtning mashhur astronomlari Qozizoda Rumiy va Gʻiyosiddin Jamshid rahbarlik qilganlar. Ularning vafotidan keyin observatoriyadagi ilmiy ishlarga Ulugʻbekning oʻzi va talantli yosh olim Ali Qushchi rahbarlik qildi. Ulugʻbek observatoriysiada olib borilgan ilmiy ishlar natijasida “Ziji Jadidi Koʻragoniy” nomli asar yaratildi. U 4 qismdan iborat. Ulugʻbek asarlari Angliyada lotin tiliga, Parijda fransuz tiliga tarjima qilingan.
1449-yili shahzoda Abdullatif Samarqand yaqinida otasi qoʻshinini tor-mor etadi. Shu yili 27-oktyabrda hajga otlangan Ulugʻbekning boshi qilich bilan Abbos tomonidan judo qilinadi. Ulugʻbekning fojeali oʻlimidan keyin olti oy oʻtgach Abdullatifning oʻzi ham oʻldirilali. Bu davrda parokanda boʻlgan olimlar birin-ketin Samarqanddan turli tomonlarga tarqalib keta boshlaydi.
Ali Qushchi. Alovuddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474-yy.) Ulugʻbek observatoriyasida ishlab, quyosh sistemasi jismlari harakatini ilmiy asosda tushuntirib bergan. “Oʻz zamonasining Ptolomeyi” degan nom olgan olim Ali Qushchi ham Makkaga haj qilish bahonasi bilan Samarqandni tark etadi va Istambulga koʻchib ketadi. Bu yerda Ulugʻbekning astronomik jadvalini nashr etib juda katta ish qilgan. Shuningdek Ali Qushchi matematikaga doir bir necha (“Arifmetikaga oid risola”, “Kasr sonlar haqida risola”) asarlar muallifidir.
Shuni xulosa qilish mumkinki, Oʻrta asrlarda Turkiston, xususan Oʻzbekistonda kimyoviy fikr va dunyoqarash yuqori boʻlgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan. Buning isboti sifatida Turkiston hududida IX-XI asrlarda mis (Zarafshon, Soʻx, Oloy, Navkent, Isfara togʻlari, Olmaliq, Oqtosh va Oqsuvda), qoʻrgʻoshin va kumush (Qoʻrgʻoshinkon va Oltintopgan), qalay (Turkiston togʻlari, Chirchiq, Sayram, Shahrisabz) ruda konlari topilib, ulardan metall olish yoʻlga qoʻyilganligini eslatib oʻtish kifoya.
Demak, kimyo fanini oʻrganishni boshlashda kimyo oʻqituvchisi kimyo fani tarixi va fan rivojiga ajdodlarimiz qoʻshgan ijodiy hissasi va ularning tarixiy ahamiyati haqida alohida toʻxtab oʻtishi lozim.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin