O'zbekiston respublikasining yoqilg'i energetika majmuasi geografiyasi mundarija kirish I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari


ENERGETIKA SOHASIDAGI MAVJUD MUAMMOLAR



Yüklə 127,36 Kb.
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü127,36 Kb.
#199885
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YOQILG\'I ENERGETIKA MAJMUASI GEOGRAFIYASI

2.3. ENERGETIKA SOHASIDAGI MAVJUD MUAMMOLAR
Yurtimizda 42 ta energoblok mavjud bo‘lib, ularning deyarli — 50%i ma’nan va jismonan eskirgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta yoqib elektr energiya ishlab chiqarmoqdamiz”, degan mazmundagi so‘zlaridan shuni anglasa bo‘ladiki, bundan buyog‘iga uni tejab-tergab ishlatish va O‘zbekiston hukumatining gaz turbinalardan voz kechish siyosatini yurgizish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu ishlarni tabiiy qazilma resurslarni qazib olish sohasi — ya’ni, gaz va neft sanoatida (Sho‘rtangaz, Gazli, Muborak va x.k) ham qo‘llash mumkin. Bu sohada ham mazkur muammolar mavjudligi ehtimoldan holi emas.
Muammolarning yechimi bo’yicha takliflar
1. Mavjud eskirgan bug' turbinalar o‘rnini yuqori haroratli mujassamlangan parabalotsilindrik quyosh kollektorlari egallashi mumkin. Ularning issiqlik harorati 200−600 gradusni tashkil etadi:
2. Issiqlik elektr markazlari hamda tuman issiqlik qozonxonalarida past haroratli quyosh absorberlarini qo‘llash mumkin. 10 gradusli suv haroratini qozonxonalarni 40 gradusgacha bu absorberlar yordamida ko‘tarilsa, qolgan yuqori haroratni olish uchun yoqilg‘i ishlatish mumkin. Buning narxi ancha arzon tushadi:
3.Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida quyosh energetikasini O‘zbekistonda rivojlantirish memorandum tuziladi. Bu memorandum asosida Germaniya hukumati O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish uchun beg‘araz moliyaviy yordam berishga va hamkorlik qilishga tayyor. Buni Germaniyaning aerokosmik va energetika markazining Afrika va Arab mamlakatlariga amalga oshirayotgan loyihalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur memorandum asosida O‘zbekistondagi soha vakillarini quyosh energetikasi bo‘yicha, mamlakat ichida hamda Germaniyada bilim va malakalari oshirib boriladi.
4. O‘zbekistonda ikki davlat hamkorligida texnika universitetini tashkil etish. Bunga xorijda ilm olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish hamda ish bilan ta’minlash.
5.Quyosh issiqlik kollektorlarini Germaniya tajribasi va texnologiyasi asosida mahalliy xom-ashyo asosida ishlab chiqarish. Dastlabki bosqichdagi ishlarda nemis mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi. Keyinchalik bu ishlar bevosita mahalliy soha mutaxassislar tomonidan amalga oshirib borish.
6. Turli quyosh kollektorlari va o‘lchash asboblari yordamida joylarda ilmiy- amaliy tadqiqot ishlarini olib borish hamda aholini quyosh energetikasini o‘z xonadonlarida o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan tegishli targ‘ibot ishlarini kuchaytirib boriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun turli ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari hamda bog‘cha-maktablar asosiy poydevor asos bo‘ladi.
8. Turli sabablar bilan — xizmat safari bo‘yicha yoki mehnat va o‘quv ta’tili davomida O‘zbekistonga kelayotgan xorijdagi vatandoshlarimizdan unumli foydalanib, ular bilan sohasiga oida turli uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar tashkil etish, press klublarga taklif qilgan holda, ularning bilim va tajribalarini soha yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarga yetkazib borish.
9. Har oy kamida bir marta, O‘zbekistondagi markaziy teleradiokanallar orqali muqobil energiyani iqtisodimizning turli jabhalarida samarali qo‘llash bo‘yicha teleradioloyihalar tashkil qilish lozim. Bunday targ‘ibot ishlarini muntazamligini ta’minlab, ushbu soha vakillari bilan uzviy bog‘langan holda tashviqot ishlari olib borish.
10. Internet tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatuvchi muqobil energiya portalini yaratish kerak bo‘lib, unda mahalliy olimlar bilan birga, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikdagi ishlar tahilili keng yoritib borish.
11. Energetika sohasida, jumladan quyosh, shamol biogaz, geotermal sohalarda Germaniya Universitetlarida doktorantura, magistratura va bakalavr bosqichlarida o‘zbek yoshlari uchun maqsadli o‘qish tashkil etish.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida energetika sohasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bo‘lim yoki tarkibida yetakchi olim va mutaxassislardan iborat Maslahat Kengashini tashkil qilish lozim. Mazkur bo‘lim yoki Kengashning asosiy vazifalari etib, energetika sohasiga investitsiyalar jalb qilish bilan birga, bu borada ta’lim va ilmiy sohalarni rivojlantirish va to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish belgilanadi. Yuqoridagi amaliy takliflarni loyihalashtirib, tadbiq etish uchun alohida Dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Prezident ikki yildan keyin hukumat boshqaruviga yoshlar keladi, deganlarini hisobga olib, loyihaning asosiy ishtirokchilar avvalo yoshlar bo‘lsa, mamlakatning kelajakda taraqqiy etgan, dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun o‘zlarining munosib hissasalarini qo‘shishdan iborat deb hisoblayman.
Ilgari Ravshan Xo’janov insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya va yashil narx-tarifni qanday tadbiq etish mumkinligi haqida Spot uchun maxsus yozgan edi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak neft gaz sanoati insonlar ehtiyoji va iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biridir shuning uhun ham O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirishning 2021-yilgacha bo‘lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi. Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko‘p. Ularni o‘zlashtirish va qayta ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Xo‘sh, yurtimiz boyliklari xalqimizga qanday manfaat keltirmoqda, dedi davlatimiz rahbari. 2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan. Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‘ilash hajmi bo‘yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to‘liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo‘lar edi. Shuningdek, ekspluatatsion burg‘ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos.
Tabiiy gaz qazish quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari ham yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi yo‘qotilmoqda. Prezidentimiz shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini oshirish va qazib chiqarishni ko‘paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi. Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018-yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo‘naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi. Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi neft-gaz sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi, sarflangan har bir dollar iqtisodiy foyda keltirishi zarurligi ta’kidlandi. Davlat manfaatlari nuqtai nazaridan, mahsulot taqsimlash kelishuvlari va qo‘shma korxonalar shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sohaning logistika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo‘lishini kafolatlaydigan transport yo‘laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Gaz taqsimlash tizimi jismonan eskirgani va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o‘rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, avtotransportlarni gazga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi. Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. Yuqoridagi belgilangan vazifalar va qilinayotgan ishlar neft-gaz sanoatining jadal rivojlanishiga zamin bo`lishiga umid bildiramiz.



Yüklə 127,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin