Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə65/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Kanalar o’rgimchaksimonlarning amaliy jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan guruhi bo’lib, hozirgi vaqtda ularning 10000 dan ortiq turlari ma’lum, shuning 4000 dan ko’proq turi odam, turli hayvonlar hamda o’simliklarning parazitlari hisoblanadi. Parazitlik qilish bilan birga odam va hayvonlar orasida turli- tuman invazion va infeksion kasalliklarni qo’zg’atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi.
Parazitlik hayot kechirish tarzi ularning tashqi va ichki tuzilishida chuqur iz qoldirgan. Boshko’krak qoringa qo’shilib ketgan va yagona tanani hosil qilgan. Xelisera va pedipalplari sanchib-so’ruvchi xartumga aylangan va u gavdaning oldingi uchida bo’rtib chiqib turadi. Rivojlanishi metamorfoz usulda amalga oshadi, ya’ni tuxumdan chiqqan lichinka 3 juft oyoqqa ega bo’ladi. U parazitlik bilan oziqlanib, rivojlanib tullaydi va navbatdagi bosqich – nimfaga aylanadi. Uning oyoqlari 4 juft. Nimfa qon so’rib, bir-uch marta tullab, jinsiy voyaga yetadi. Kanalar odam va hayvonlarning qonini so’rganda eng avvalo mexanik jarohatlar va yaralar hosil qiladi, zaharli so’laklarini organizmga yuborib zaharlaydi va kuchli bezovtalanishlarni yuzaga keltiradi. Kanalar hosil qilgan jarohatlar va yaralar orqali xo’jayin tanasida turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi
Parazit kanalarning faoliyati tufayli chorva hayvonlari va uy parrandalari ozib ketadi, mahsuldorligi keskin pasayadi, rivojlanishi izdan chiqadi, yosh mollar va parrandalar ko’plab qirilib ketadi.
Iksod kanalari - Ixodidae. Kanalar orasida eng yirigi ushbu oila vakillari hisoblanadi. Ular bir necha millimetr dan 2-3 sm kattalikda. Iksod kanalarining individual taraqqiyoti bir nechta bosqichdan, ya’ni tuxum, lichinka, nimfa va imagodan iborat. Ushbu bosqichlar o’zaro morfologik va biologik xususiyatlari bilan o’zaro farq
qiladi. Tana bo’g’imlarga bo’linmagan. Och kana yassi va uzunchoq shaklda, rangi och sariq qo’ng’ir qoramtir, hatto qora tusli bo’ladi. Qon so’rib to’ygan urg’ochisi kulrang va och sariq tusli. Erkaklarining orqa tomoni boshdan oxirigacha ancha qalin xitin qoplag’ich bilan qoplangan. Urg’ochilarida esa qoplag’ich tananing oldingi uchini qoplab turadi. Ana shu qoplag’ichlariga qarab erkak va urg’ochilarini ajratish mumkin. Urg’ochi kana erkagi bilan qo’shilgandan keyin, xo’jayin qonini so’rib yerga tushadi va tuproqqa tuxum qo’yib halok bo’ladi. Tuxumdan mayda olti oyoqli lichinkalar chiqib xo’jayinlariga yopishadi. Masalan it kanasi - Ixodes ricinus ning lichinkasini xo’jayinlari sichqonsimon kemiruvchilar, tipratikan, ba’zi sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Lichinka o’z xo’jayinlari qonini 4-6 kun davomida so’rib, tuproqqa tushib tullab, nimfaga aylanadi. U yana yuqorida tilga olingan xo’jayinlariga, shuningdek parrandalarga yopishib qonini so’rib to’ygandan keyin tuproqqa tushib imagoga aylanadi. Ma’lum vaqtdan keyin imago o’ziga qulay bo’lgan xo’jayinlari (qoramol, ot, qo’y, echki, bug’u, tulki, bo’ri, quyon kabilar) ga yopishib qon so’radi. Qon so’rib to’ygan kananing kattaligi 11-12 mm, eni 6-7 mm bo’lsa, och urg’ochi kananing kattaligi esa 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm ga teng bo’ladi. It kanasi asosan Yevropa va Osiyo qit’alarining o’rmonli zonalarida tarqalgan.
Ushbu oilaning yana bir xavfli parazit turlaridan tayga kanasi - Ixodes persulcatus Kamchatka, Sibir, Kareliya o’rmonlarida va taygada keng tarqalgan. Tayga kanasi 3 xo’jayinli.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin