Qulmoqning umumiy kimyoviy tarkibi
Moddalar
|
%
|
Moddalar
|
%
|
Suv
|
12,5
|
Efir moylari
|
0,4
|
Kletchatka
|
13,3
|
Smola va taxir kislotalar
|
18,3
|
Kul
|
7,5
|
Oshlovchi moddalar
|
3,0
|
Azotli moddalar
|
17,5
|
Azotsiz ekstraktiv moddalar
|
27,5
|
Qulmoqni yig‘ib olish va unga qayta ishlov berish. Qulmoq g‘uddalarini yig‘ish uning texnik yetilganlik davridan boshlanadi.
Qulmoqning yetilganlik davri ikkiga - texnik va fiziologik davrga bo‘li- nadi. Texnik yetilganlik avgust oyining oxiri - sentabr oyining boshlarida, fiziologik yetilganlik oktabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Qulmoq g‘uddalari fiziologik yetilgan vaqtda g‘uddalar to‘liq ochilib, lupulin donalari to‘kilib ketishi sababli qulmoq texnik yetilgan davrda yig‘ib olinadi. Qulmoq sifatiga qarab 3 ta tovar navga bo‘linadi (4-rasm).
nav - butun qulmoq g‘uddalari 90%, to‘kilgan barglari 10% va boshqa begona chiqindilar 0,5% bo‘lishi mumkin (quruq modda miqdoriga nisbatan). Hidi mayin, yoqimli qulmoq hidiga xos bo‘ladi. Namligi 13% dan oshmasligi kerak. Taxir modda miqdori quruq modda miqdoriga nisbatan 15% dan kam bo‘lmasligi kerak.
nav - qulmoqning rangi sarg‘ish-yashil, 1% gacha zararkunandalar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin, to‘kilgan barglar 15% ni tashkil etadi, namligi 13% dan oshmasligi, umumiy taxir moddalarining miqdori 12% dan kam bo‘lmasligi kerak.
nav - g‘uddalar 5% gacha zararkunandalar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin, 5% gacha barglari to‘kilgan va boshqa chiqindilar bo‘lishi mumkin. Namligi 13% dan oshmasligi, umumiy taxir moddalarining miqdori quruq modda miqdoriga nisbatan 10% dan oshmasligi kerak.
Qulmoq korxonaga presslangan holda qo‘sh qoplarda (ichki qop yupqa matodan, tashqi qop dag‘al matodan bo‘ladi) yoki ballotlarda keltiriladi. U quruq, qorong‘i xonalarda 0,5-2°C da saqlanadi. Haroratning yuqori bo‘lishi, xonadagi namlikning ortishi va xonaga quyosh nurining tushib turishi qulmoq sifatining buzilishiga olib keladi.
Qulmoq preparatlari. Qulmoqning bebaho komponentlarini saqlab qo- lish va undan samarali foydalanish maqsadida qulmoq kukuni va ekstrakti ishlab chiqarila boshlandi. Bu mahsulotlar qulmoq g‘uddasiga nisbatan quyi-
dagi afzalliklarga ega: ishlab chiqarishning texnologik bosqichlarida qulmoq tarkibidagi taxir moddalardan foydalanish yuqori; saqlash davrida taxir moddalarning tarkibi o‘zgarmaydi; transportirovka qilish sarflari kam.
Shuning uchun dunyo miqyosida amalda 30% granula holidagi qulmoq- dan, 30% qulmoq ekstrakti va 40% qulmoq g‘uddasidan foydalaniladi. Ishlab chiqarishda briketlangan va granula holdagi hamda izomerlangan va izo- merlanmagan qulmoq ekstraktlari ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |