PivoTexnologiya indd



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə9/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#37466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
PivoTexnologiya

Alumin bochkalar. Pivo va kvaslarni quyish uchun alumin bochkalar ishlatiladi. Ularning hajmi 100 dm3, og‘irligi 20 kg bo‘ladi. Bochkaning ishchi bosimi 0,07 MPa dan oshib ketmasligi kerak. Bochkalarning saqlanish va ekspluatatsiya qilish muddati 5 yil.

Keglar. Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan «keg» tipidagi bochkalar pivo, kupaj qiyomi va alkogolsiz ichimliklarni quyish uchun ishlatiladi. Ularning hajmi 20, 30 va 50 dm3 bo‘ladi.

Avtosisternalar. Ichimliklarni tashish uchun teploizolatsiyalangan avto- sisternalar ishlatiladi. Ularning avtomobil-sisterna, yarim prisep-sisterna va prisep-sisterna turlari mavjud.

Avtomobil-sisternalarning hajmi 1600, 2000, 3300 va 4100 dm3, yarim prisep-sisternalar 6200, 9000, 11000 va 19300 l, prisep sisternalar 500, 900, 1100, 3300 va 4100 dm3 li bo‘ladi.

Suyuqlikning boshlang‘ich harorati 6°C, atrof muhitning harorati 30°C bo‘lsa, avtosisternaning izolatsiya qavati suyuqlik haroratini 2°C dan ortiq oshirmasligi, atrof muhitning harorati 30°C bo‘lsa, suyuqlikning haroratini



  1. soat davomida 4°C dan ortiq tushirmasligi kerak.

Yashiklar. Tayyor mahsulotni joylashtirish uchun taxta, polimer, simli va kartondan yasalgan yashiklardan foydalaniladi. Chet el texnologiyasi bilan ishlaydigan korxonalarda esa tayyor mahsulot bloklarda chiqariladi.

  1. FILTRLOVCHI MODDALAR

Filtrlovchi materiallarga filtr karton, sterillovchi karton, kvars qum, filtrlovchi mato, diatomit va perlit kiradi.

Filtr karton. T, KFO-1 va KFO-2 markali filtr karton ishlatiladi. Ular to‘g‘rito‘rtburchak shaklda bo‘lib, o‘lchami 400x800 mm va 610^620 mm, qalinligi 1,9-2,1 mm, namligi 10% dan yuqori bo‘lmaydi. Bunday filtr kar- tonlar chet el firmalarida ham ishlab chiqarilib, ular o‘lchamlari bilan farq qiladi. Pivoni filtrlash jarayonida filtrda kizilgur suspenziyasi qavatini hosil qilishda filtr kartondan tayanch material sifatida foydalaniladi.

Sterillovchi karton pivoni ikkinchi bor filtrlashda (kizilgur bilan filtr- langandan so‘ng) ishlatiladi. Filtr kartonning o‘lchami 600x614 mm, filtrlash tezligi 1,2-1,5 gl/soat. Bu karton yordamida achitqi, bakteriya va mayda muallaq moddalar ajratib olinadi.

Kvars qum suvni filtrlash uchun tavsiya etilgan. Uning o‘lchami 1-3,5 mm gacha va 3,5-5 mm li bo‘ladi. Yirik kvars qumlar shag‘al deyiladi. Ularning o‘lchami 3-15 mm gacha bo‘ladi.

Filtrlovchi mato. Matoli filtrlarda filtrlovchi to‘siq sifatida paxta tolali mato, movut va sun’iy toladan olingan matolardan foydalaniladi. Filtrlovchi vositaning filtrlash qobiliyatini yaxshilash uchun uning yuzasiga diatomit, asbest, jelatin va boshqa moddalardan bir qavat qatlam hosil qilinadi.

Diatomit kukuni. U o‘lchamiga qarab 3 xil bo‘ladi. Diatomit kukunining bo‘laklar o‘lchami 2-60 mkm, namligi 1-4% dan yuqori emas, pH = 5,5-9, zichligi 344-448, chet eldan keltirilgan diatomit kukunining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 140-700 dm3/ (m2 • daq.)



  1. YUVUVCHI VA DEZINFEKSIYALOVCHI MODDALAR

Butilkalarni yuvishda suvga qo‘shiladigan yuvuvchi vosita sifatida kaustik soda, kalsinirlangan soda, trinatriy fosfat va boshqa moddalardan foydalaniladi. Yuvuvchi vositalarga bir qator talablar qo‘yilgan:

  • tara sirtidagi iflos moddalarni eritishi va bo‘ktirishi;

  • yuvuvchi modda faol ta’sir etishi;

  • iflos moddalarni samarali ketkazishi;

  • toza va sifatli yuvishi;

  • suvning qattiqligiga ta’sirchan bo‘lmasligi;

  • cho‘kma qoldirmasligi;

  • yog‘ va moylarni ko‘pirtirishi;

  • metallarni korroziyaga uchratmasligi va zararsiz bo‘lishi;

  • oqava suvlarda biologik parchalanishi;

  • tez eruvchan bo‘lishi.

Korxonalarda yuvuvchi va tozalovchi vositalardan tashqari dezinfek- siyalovchi vositalar ham tez-tez ishlatib turiladi. Biroq dezinfeksiyalovchi moddalarni surunkali ishlatish mikroorganizmlarning bu vositalarga ko‘nikma hosil qilib, yashovchanligini oshiradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan dezin- feksiyalovchi moddalarning boshqa turini ishlatish tavsiya etiladi.

Dezinfeksiyalovchi moddalarga kalsiy xlor, natriy gipoxlorid, antiformin, formalin, xloramin B va boshqalar kiradi.



  1. SUV. SUVNI ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH

  1. SUVNING SIFATINI TAVSIFLOVCHI ASOSIY KO‘RSATKICHLAR

Pivo ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan suv katta ahamiyatga ega. Chunki u ishlab chiqarishning ko‘pgina jarayonlarida ishlatiladi. Masalan, solod ishlab chiqarishda, pivo sharbatini pishirishda, yordamchi materiallarni pishirishda, uskuna va jihozlarni, butilka va bochkalarni yuvishda va oraliq mahsulotlarni isitish yoki sovitishda ham ishlatiladi.

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan suv faqatgina iste’mol suviga qo‘yiladigan talabga javob berishidan tashqari, ishlab chiqarish korxonasining talablariga ham javob berishi kerak.

Suv tiniq, rangsiz, yoqimli mazaga ega, undan begona hid va ta’m kelmasligi hamda zararli mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lmasligi kerak. Suv kimyoviy ko‘rsatkichlari: qattiqligi, ishqoriyligi, oksidlanuvchanligi va quruq qoldiq miqdorida cho‘kma bo‘lmasligi bilan talabga javob berishi kerak.

Suvning qattiqligi. Tabiiy suvning xususiyati tarkibidagi eruvchan kalsiy va magniy tuzlari miqdorini aniqlash bilan ifodalanib, u suvning qattiqligi deb yuritiladi.

Suvning qattiqligi 1 l suv tarkibidagi kalsiy va magniy ionlarining umumiy miqdori (mg-ekv) bilan tavsiflanadi. Bir litr suv tarkibida 1,5 mg-ekv kalsiy va magniy ionlari bo‘lsa, bu suv juda yumshoq suv, 1,5-3 mg-ekv bo‘lsa yumshoq,


  1. 6 mg-ekv bo‘lsa o‘rtacha qattiqlikdagi suv, 6-10 mg-ekv - qattiq, 10 mg-ekv dan ko‘p bo‘lsa juda qattiq suv deyiladi. Qattiq suvlarni ishlab chiqarishda ishlatishdan oldin ularga qayta ishlov berilib, kalsiy va magniy ionlari olib tashlanadi va shu yo‘l bilan suv yumshatiladi.

Suvning qattiqligi 3 xil bo‘ladi: vaqtinchalik, doimiy va umumiy qattiqlik.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin