Reja: Tarbiyada muomala mahorati


Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati



Yüklə 11,49 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü11,49 Kb.
#169327
1   2   3   4
Reja Tarbiyada muomala mahorati-fayllar.org

Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati. Adolat - iymon -e’tiqodga, pok niyatiga eltuvchi bir o‘lchov. Adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. O‘tmish ajdodlarimiz adolat va adolatsizlikka alohida e’tibor berib, bu tushunchani siyosiy, falsafiy, komil insonning tarbiyasida u katta vosita ekanligini asarlarida bayon etganlar. Husayn Voiz Koshifiy ,,Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: ,,Adolat - insonlarning bir-biriga yaxshilik ko‘rsatishidir”. Adolat va adolatsizlikning asriy ko‘rinishlari insonning qilmishi, harakati, tili, muomalasi, ma’daniyati, tashqi qiyofasida o‘z aksini topadi. Tarbiya jarayonida pedagogk ta’sir ko‘rsatish mahorati o‘quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy sifatlarning mohiyatini anglatish jarayonidaqo‘llanadigan o‘qituvchi - tarbiyachining ish usullaridan biridir.O‘quv - tarbiya jarayonida o‘qituvchi - tarbiyachi o‘z maqsadiga erishish uchun doimo o‘quvchilarga o‘z talablari bilan yondashadi. Ularni rag‘batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi. Kishilik jamoasi paydo bo‘lgandan boshlab inson hech qachon yolg‘iz yashay olmagan. Jamoani tashkil qilish va uning tarbiyaviy ta’sirining nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan o‘rganilib, ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilgan.
Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirib, ilg‘or
tajribalarga suyanib, o‘quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o‘rtoqlik- do‘stlik , o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o‘zlashtirishdan iborat. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari jamoasini tashkil qilishda o‘qituvchidan turli – tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: O‘qituvchidan jamoa a’zolarining yangi sharoitga moslashuvi davrida ularga ishonch, xushmuomalalik, talablarni to‘g‘ri qo‘ya bilish, shu bilan birga, o‘quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo‘lish talab etiladi; O‘quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o‘zagini tanlash; Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish; Jamoada yangi an’ana qonun - qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish; Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash.


Yüklə 11,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin