Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan



Yüklə 169,7 Kb.
səhifə14/25
tarix31.03.2022
ölçüsü169,7 Kb.
#54535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
KIRISH

O'qituvchinmg tarbiyaviy maqsadlarni to'g'ri tanlashi volyuntaristik (ko'ngilchanlik) xarakterga ega bo'lmasligi lozim. U pedagogikaning uslubiyoti, jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar, ushbu jarayon yo’zasidan qabul qilingan maxsus qonun va qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar va milliy qadriyatlar to'g'risidagi falsafiy tasavvurlar, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

Tarbiya texnologiyasida o'qituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada bo'lishi va bosqichma-bosqich bir-biriga bo'ysunishi, ketma-ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati — davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta'lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya'ni davlat ta'lim standartlari, maxsus ta'lim tizimlarining va ta'lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja — muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.



Shaxsni shakllantirish, boshqarish tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma'naviy va axloqiy xislatlarga ega bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta o'ylab to’zilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'z-o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, o'qituvchining tarbiyalash maqsadlarini to'g'ri belgilashi va yo'lga qo'ya olishiga nisbatan g'oyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.


Yüklə 169,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin