Rivojlanish falsafasi
REJA:
1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolYusiyasi.
Rivojlanish
konsepsiyalari.
2. Qonun tushunchasi va uning turlari. Falsafaning
asosiy
qonunlari.
3. Kategoriya
gushunchasi
va
ularning
turlari.
Fan
va
falsafa
kategoriyalarining tasnifi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: dialektika, bahslashish, munozara,
Geraklit, ob’ektiv va sub’ektiv dialektika, qonun, qonuniyat, rivojlanish, progress,
regress, qarama-qarshilik, kurash, ziddiyat, ayniyat va tafovut, sifat, miqdor,
me’yor, sakrash, inkorni-inkor, kategoriya, alohidalik, xususiylik va umumiylik,
sistema, struktura, element, butun va qism, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va
voqelik, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat.
1. «Dialektika» (Yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining
«dialog» (Yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi
bilan umumiy jihatlari bisyor.
Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish
san’ati sifatida tushunilgan,
bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida
haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama
qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob
qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Geraklit dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan
daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o‘tishi
bilan
hamma narsa o‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‘qotadi va asta-sekin o‘zining
qarama-qarshiligiga o‘tadi: ho‘l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir
narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‘likka o‘tadi. Bu mulohazalarda hozirgi
talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan.
SHu sababli dialektikaning
tarixan
birinchi shakli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasidir.
O‘rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada
dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash
uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan.
Metafizika unsurlarini o‘z ichga olgan dialektikaga qaytish
YAngi davr falsafasi
(Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.) da Yuz bergan. SHunga
qaramay dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini klassik nemis falsafasida
Georg