Ayniyat va tafovut. Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar
ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. Tafovut
kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi
bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning
echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib,
ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi.
«Ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi.
Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar,
jihatlarga o‘xshashlik munosabati. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa
narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Ziddiyatning vujudga
kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-
qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida Yuz beradi.
Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun
ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham
farqlash zarur. Predmetli-moddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda uning
qarama-qarshiliklarining amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon
bo‘lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qarama-qarshiliklarning
rivojlanish xususiyati va faollik darajasini, mazkur ziddiyatni echish xususiyatini
belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan,
«etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy
tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday
yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya,
disgarmoniya, konflikt.
SHuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda
mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo‘ladi. Holatlar,
miqdor ko‘rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi xususiyati, ularning
tizimdagi roligina o‘zgaradi.