qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun Yuz berishi muqarrar bo‘lgan
hodisadir.
Tasodif – mohiyatdan, mazkur jarayonning qonuniy rivojlanishidan kelib
chiqmaydigan hodisadir.
Zaruriyat va tasodif - voqealar rivoji davomida sodir bo‘ladigan
hodisalarni tavsiflaydigan, ob’ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy
kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning
mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‘tgan
ko‘plab faylasuflarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan edi. Ba’zi faylasuflar
voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‘lar ekan, demak,
olamda tasodif bo‘lmaydi, har qanday hodisa ma’lum sabablar tufayli Yuzaga
keladigan zaruriyatdir deb qaraganlar. Dunyoda tasodifga o‘rin yo‘q, mavjudlik va
taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar. Qadimgi dunyo
falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari yangi zamon falsafasining
Golbax, Spinoza kabi namoyandalari metafizik determinizm pozitsiyasida
turganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar. Levkipp biron – bir buYum
sababsiz Yuzaga kelmaydi, ammo u ma’lum zamin, zaruriyat tufayli tug‘iladi,
degan edi. Demokrit va Golbax nazarida ham barcha hodisalar zaruriy bo‘lib,
kishilar tabiat qonunlaridagi sababiy bog‘lanishlarning turini to‘la bilmaganliklari
uchun tasodiflarga o‘rin beradigan, hodisalar sababi bilangina ham tasodifiylik
barham topadi, binobarin u sub’ektiv mazmundagi kategoriyadir, deb
hisoblaganlar. Olam, undagi o‘zaro munosabat, aloqadorlikni, sababiyatni inkor
etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamdagi zaruriyat yo‘q, - aqliy
faoliyatning shakli (I.Kant), tafakkurga xos tushuncha (E.Max, K.Pirson), kishilar
iroda va istagining namoyon bo‘lish natijasidir, deb hisoblaydilar.
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar
dialektikasini xarakterlovchi va ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa,
jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‘zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir.
Dostları ilə paylaş: