hodisalarning ro‘yobga chiqishini anglatuvchi imkoniyatning Yuzaga
chiqmaganligi ma’nosini anglatadi. Ikkinchi ma’nodagi voqelik umumiy olamning
bir bo‘lagi sifatida konkret narsa va hodisalar tarzida namoyon bo‘lishi bilan birga
inson ongidagi ifodasi hamdir. Demak, voqelik olam qonunlarining zaruriyat
asosida ro‘yobga chiqqan imkoniyatni, mavjud bo‘lib turgan narsa va hodisalarni
bildiradi.
Mazmun va shakl - olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning
dialektikasini o‘rganishda, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda
muhim o‘rin tutadigan kategoriyalar.
Mazmun muayyan narsa, hodisa,
jarayonlarning o‘ziga xos sifati, xususiyatlari, muhim belgilari, elementlarning
yig‘indisini anglatsa,
SHakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning
ichki hamda tashqi tuzilishini ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni
moddiyligida va harakatda ekanligidadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni
uning tarkibidagi 30dan ortiq manfiy, musbat va nol zaryadli elementar zarralar,
ularning rezonanslari, elektron maydon kabilarning shunchaki mexanik
birligidangina iborat emas. Ayni paytda, ularning harakati muayyan maydonlar
orqali bir – biriga ta’sir va aks ta’sir ko‘rsatishini ham bildiradi. Atomning shakl
uning tarkibiga kiruvchi elementar zarralarning joylanish tartibi, zarralar va
maydon orasidagi munosabat asosida Yuzaga keluvchi aloqalar, bog‘lanishning
xususiyati bilan belgilanadi. SHuningdek, har qanday badiiy asarning mazmuni
unda aks ettirilgan voqea orqali g‘oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu
asarning tuzilishi, tili, hamda hikoya, roman va shu kabilar tarzida ifodalanadi.
Faylasuflardan ayrimlari shakl va mazmunning mavjudligini inkor etsalar,
boshqalari shakl va mazmunning o‘zaro birligini anglamaganlar. Jumladan,
Aristotel marmardan xaykal yo‘nayotgan haykaltaroshni kuzatar ekan, shakl
mazmundan bo‘lak va mustaqil mavjud bo‘ladi, unga mazmun tashqaridan
kiritiladi, shu tufayli marmar jonlanadi, degan xulosaga keldi. I.Kant esa mazmun
va shaklni faqat inson aqli, tafakkurining mahsuli, natijasi deb tushundi. Gegel
mazmun va shakl dialektikasini tan olgan bo‘lsa ham, lekin mazmun ham, shakl
ham mutlaq g‘oya rivojlanishining bosqichlari, turli ko‘rinishlardagi ifodasidir,
degan fikr Yuritgan. Hozirgi zamon falsafasi vakillaridan biri, fizik olim E.
SHredingerning fikricha, voqelikda narsalardan mustaqil shakllargina mavjud,
jumladan, «elementar» zarralarning moddiylikka aloqasi yo‘q, ular har
qachongiday, sof shakl olamda shakldan bo‘lak hech nima bo‘lishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: