o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zagarishiga sabab bo‘ldi.
yoki qadim
zamonlardan
boshlab
mehnat
qurollarining
takomillashtiriluvi
mehnat
unumdorligining oshishiga ham, ishlab chiqarishning rivojiga ham, pirovardida esa
insoniyat taraqqiyotiga ham sabab bo‘ldi.
Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati
shundaki, ular umumiy xarakterga ega. Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta
hodisa yoki voqea sodir bo‘lishi mumkin emas. Erning quyoshga nisbatan hozirgi
holatda joylanishi hamda Er sharining sirt tuzilishi va uning ham quyosh, ham o‘z
o‘qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitini o‘zgarib turishiga sababdir.
Binobarin, sababiyat yoki sababiy bog‘lanishlar voqelikdagi barcha narsa va
hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir.
Sababiy
bog‘lanishlarni «bahona» va «shart-sharoit» singari tushunchalar bilan almashtirish
mumkin emas. Masalan, sabab doim voqea, hodisalarga xos hamda ular o‘rtasidagi
bevosita, ichki munosabatlarni bildiradi. Bahona esa sababga nisbatan tashqi turtki,
xolos. Sababni voqelikka aylanishi, biron-bir oqibatni kelib chiqishi uchun
ikkinchi darajali ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Masalan,
birinchi jahon urushi
boshlanib ketishiga gersog Ferdinandning o‘ldirilishi bahona bo‘lgan. Urushning
kelib chiqishiga haqiqiy sabab aslida muayyan davlatlar o‘rtasidagi raqobatning
keskinlashganligi hamda bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lib
olishga qaratilgan
siyosatning Yuritilishi edi. Har bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi
uchun, albatta, ma’lum shart – sharoit zarur bo‘ladi. Lekin, shart – sharoit
oqibatning sababini anglatmaydi. SHart – sharoit – muayyan oqibat tug‘ilishiga
ta’sir ko‘rsatuvchi holat bo‘lib, sababni oqibatga
aylanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Sababsiz yolg‘iz shart – sharoitning o‘zi
oqibatni keltirib chiqarmaydi.
Olamdagi moslik, o‘simlik
va organizmlarning muhit, shart – sharoitga
moslashganligi ba’zi organizmlarni muhitga ko‘ra hatto o‘z rangi, tashqi qiyofasini
o‘zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba’zi
kasalliklar
fasllar, quyosh fa olligini oshishi hollari bilan bog‘liq ravishda kuchayishi kabi
hodisalar sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, CH. Darvin o‘zining evolYusion
ta’limotini, turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu
maqsadga muvofiqlik hodisasi ilmiy o‘rganish asosida yaratgan edi.
Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv
voqelikda mavjud bo‘lgan
umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi.
Kategoriyalarda kishilik jamiyati ko‘plab avlodlarining tajribasi va faoliyati
mujassamlashadi. Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va
kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi.
Kategoriyalar quyidagi ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik,
tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: