Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

Me’yor – predmet borlig‘ining chegarasi. U predmet xossalari miqdor va sifat 
o‘zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi. Me’yor – bu shunday bir chegaraki, 
unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur etkazmaydi. Gegel fikricha, 
«Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir»
1
. Masalan, 
1
Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1.М.: – С.145. 


vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining 
miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor 
tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» 
orqali engiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon 
bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga 
o‘tadi»
2
. Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi 
o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat 
xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir 
holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolYusiyasining muhim va keng tarqalgan 
mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolYusiya 
tendensiyalarini aniqlash, turli sistemalarning o‘tmishi va kelajagi xususida 
gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning 
muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, 
mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari 
rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.
Me’yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat 
faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki 
o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i 
hamdir. Miqdorning me’yor doirasida o‘zgarishi sifatning o‘zgarishiga sabab 
bo‘lmaydi, lekin me’yordan oshilganda narsa o‘zining avvalgi mohiyatini 
yo‘qotadi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy 
ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan 
o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi. Miqdor va 
sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va sifat 
tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida miqdor 
o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga 
sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor 
ko‘rsatkichlariga olib keladi.
Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro 
bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida Yuz beradi. 
Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari 
bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi. Sakrash – bu bir sifatning 
boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, 
bosqichma-bosqichligidagi uzilish. Masalan, sakrash – bu Erda hayotning paydo 
bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum 
o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buYuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlar. Har 
qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim 
ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham 
dalolat beradi.
SHunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonuni 
uning rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur 
hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash» 
2
Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467.


kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning 
rivojlanishi, harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda Yuz beradi, degan savolga 
javob berib, ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o‘tishning 
ichki mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning 
mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy 
tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin