Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 485,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix28.10.2022
ölçüsü485,98 Kb.
#66688
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Rivojlanish falsafasi reja

Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli 
asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Xususan, 1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va 


tashqi ziddiyatlar; 2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali 
ziddiyatlar; 3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar; 
4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi. 
Asosiy ziddiyatlar strukturaning qarama-qarshi tomonlari o‘rtasida, ikkinchi 
darajali ziddiyatlar esa – bog‘lovchi bo‘g‘inlar o‘rtasida Yuzaga keladi. Asosiy 
ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning sifat 
jihatidan muayyanligi va yaxlitligi mavjud bo‘lmaydi. Ikkinchi darajali ziddiyatlar 
tasodifiy xususiyat kasb etadi, ularning borligi yoki yo‘qligi predmetning sifatini 
o‘zgartirmaydi. Muhim ziddiyatlar – bir lahzalik ziddiyatlardir: ular ichki yoki 
tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, inson hayoti qil 
ustida turadigan avtomobil halokati Yuz bergan paytda barcha ichki ziddiyatlar 
(psixologik konfliktlar, stresslar va fiziologik patologiyalar) ikkinchi darajali 
ahamiyat kasb etadi. 
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – ob’ektiv hodisa, tabiat va jamiyatning 
asosiy va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har 
kuni to‘qnash keladi, qarorlar qabul qiladi, baholar beradi, o‘z qilmishlaridan 
pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday 
voqea, vaziyat, taxminning ichki ziddiyatlarini ko‘rib, o‘zi qabul qilayotgan 
qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga sola bilish tafakkurning etuklik 
belgisidir.
Dialektika tizimida bu qonunning markaziy o‘rni nima bilan belgilanadi? 
Birinchidan, bu qonun har qanday harakat va rivojlanish manbaini yoritadi, ya’ni 
rivojlanish nazariyasining eng muhim savollariga javob beradi. Ikkinchidan, bu 
qonun dialektikaning qolgan barcha qonunlari va kategoriyalarining asosi 
hisoblanadi. Ko‘rsatilgan qonunlar va kategoriyalarning har birida biz birlik va 
kurash munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan qarama-qarshiliklarga duch kelamiz. 
Uchinchidan, dialektik ziddiyatlilik qonuni yagonani tafakkurda ikkilantirish va 
uning qarama-qarshiliklarini ularning tahlilini sintez bilan birlashtirish orqali 
o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli 
o‘laroq, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish 
jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga 
oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va 
amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, 
sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. 
Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni 
muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan 
o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan 
uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q 
bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat 
bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda 
muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. 
Sifat – narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun 
zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, 
balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat 


sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va 
aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar 
mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, 
bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘ 
bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning 
agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. 
Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning 
o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta 
sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi 
Xossa – predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular 
bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. 
Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar 
predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar 
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar 
o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har 
qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga 
ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar 
majmuidir..
Miqdor – predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi 
darajasi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash 
yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga bog‘lanmasdan aniqlanishi 
mumkin. SHuningdek, miqdor turli predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida, 
predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. 
Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil 
tuzilmalarni o‘rganishga tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini 
beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor 
ko‘rsatkichlarini aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, 
funksiya, to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani aniq matematik 
apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning 
cheksiz makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning 
samarali vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan 
sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda 
tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va 
mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet 
muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir 
paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni vaqtda 
o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.

Yüklə 485,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin