Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə66/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

II.Tarbiya - maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadining mavjudligi bilan, ta’sir ko’rsatishining maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari shakllari hamda usullarini qo’llanishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlardan ajralib turadi. Sog’lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukkammal shaxs vujudga kelmaydi.
O’kuvchilarning hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil qilish, ijobiy axloqiy, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi shaxsning tarkib topishida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, birgina faoliyatning o’zida shaxsning har-xil va hatto bir-biriga qarama-qarshi sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Buning asosida maktab o’quvchisi amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor shaxsan o’quvchining o’zi uchun qanday ma’noga ega bo’lishiga qarab, unda har-xil sifatlarni tarkib topishiga sabab buladi.
M: O’quvchi o’rtog’ini prinsipial asosda tanqid qilsa – unda qat’iylik, halollik; agar uz aybini o’rtogiga qo’yish bulsa – xudbinlik individualizm, egoizm paydo buladi.
Faoliyat – odamni shaxs sifatida shakilantirish asosi hisoblanadi. Bola o’yin, o’kish va mehnat faoliyatiga qanday munosabatda bo’lsa, unda shu faoliyat asosida ijobiy va salbiy sifatlar shakllanishi mumkin. O’kish va uyinga ijobiy munosabat, ilmga intilishga qiziqish, mehnatsevarlik kabilar bilan, salbiy munosabat esa ishyoqmaslik, dangasalik o’zini idora qila olmaslik kabilar shakllanishiga sabab bo’ladi.
Shuning uchun ham faoliyatining yetakchi tiplarini uyushtirish bola shaxsini shakllanishiga maqsadga muvofiq ta’sir etish vositasidir. . .
Axloqiy ehtiyojlarning tub mohiyati bu: 1) insonning axloqiyligi boshqalar bilan muloqotda bo’lishini ijtimoiy shart-sharoit mavjud bo’lishini; 2) indivdual ongning axloqiy tomonlarni shakillanishini ijtimoiy shart-sharoitdagi tarbiyaga bog’liqligi bilan belgilanadi. Va nihoyat, hayotning konkret hollarini hisobga olgan holda axloqiy ehtiyojni his-tuyguga, fikrlashiga bog’likligi muhimdir.
Axloqiy fazilatlarni namoyon bo’lishi ijtimoiy burch tushunchasi bola ongiga qanday singdirilishiga bog’lik. Burch- bu jamiyat va jamoaning inson oldiga qo’ygan turli-tuman talablarini ifodalovchi tushunchadir. Ijtimoiy burch – keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, bu odamiylik, vatanparvarlik burchi, kasb burchi, ota-ona oldidagi burchdir.
III. Yoshlarning axlokiy fazilatlarini tarbiyalashda umuminsoniy va milliy boyliklardan foydalanish muhimdir. Chunki umuminsoniy va milliy boyliklar hamda ularning shaxs shakllanishidagi roli ahamiyatlidir. Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslangan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson kilib tarbiyalashga asos bo’la oladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin