Samarqand davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə71/169
tarix28.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#81453
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169
Маъруза матни PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLARINI O’QITISh METODIKASI

III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1.Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy mohiyatiga qaratadi.
3.2.O‘quv mashg‘ulotining natijalarini qayd qiladi. Talabalar mustaqil faoliyatining maqsadga erishganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.4. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: seminar mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishlari uchun savollar

Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.



9- Mavzu: PEDAGOG PSIXOLOGIYASI.
1.Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati.
2.«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun asosida o’qituvchi shaxsiga qoyiladigan talablar haqida tushuncha berish
3.O’qituvchi atamasi, uning shaxsi va kasbi haqida tushuncha
4.O’qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o’rni haqida tushuncha berish.
O‘qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
«O‘qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq, ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z fikrini davom etirib, «O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq, ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi» deb ta’kidlaydi.
Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino fikricha, «O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim».

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin