A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
Siniq qirqim .13.1-chizma,a da murakkab siniq qirqim namunasi ko’rsatilgan.Qirqqim yaqqol tasvirda qulay bo’lishi uchun detalni shartli burib tasvirladik .Detalni o’zaro kesuvchi tekisliklar bilan kesish natijasida hosil bo’lgan qirqim siniq qirqim deb ataladi.bu yerda A tekislik V ga parallel bo’lib,V ga o’zining haqiqiy kattaligida,A1 yordamida hosil bo’lgan qirqim V ga o’zgarib,ya’ni qisqarib proyeksiyalanadi (bu yerda ikkinchi A shartli A1deb belgilanadi).Chizmada bu ikkala tekislik hosil qilgan qirqimlarni bitta tekislikka keltirib tasvirlash zarur.Buning uchun A tekislik o’z o’rnida qoldirib A1ni chapdan o’ngga A bilan bitta tekislik hosil qilguncha buriladi.Shunda A1 tekislikdagi tasvir ham V ga o’zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.Natijada A va A1 dagi qirqimlar bir-biri bilan bitta tekislikka keltiriladi (13.1-chizma,b).va ikkala tekislikdagi qirqimlardan yaxlit bitta qirqim hosil bo’ladi.
Chizmada bu tekislikning o’zaro kesishishi yani siniq chizig’i detalning V ga parallel simmetriya o’qi bilan qo’shilib qolgani uchun u joy shtrix-punktirchiziqda tasvirlanadi.Bu chizmada ham qanday qirqim qo’llanilganligini bilish kerak bo’lsa,detalning ustki ko’rinishiga qaraladi.
9- sinf I. Mavzu:Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash. II. Darsning maqsadi: o’quvchilarga aksonometrik proyeksiyalrda qirqimlarni tasvirlash haqida tushunchalar berish.
Dostları ilə paylaş: |