Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning mohiyati



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#165363
1   2   3   4   5   6   7   8
Sayohatchi – bu birinchi navbatda kasb bo’lib, odamlarning kasbi yoki kun ko’rish manbai, yo bo’lmasa sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo’lib, turizm maqsadlaridan tubdan farq qiladi.
Turist – O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo’nab ketgan) jismoniy shaxs1.
Turizm – sayohatlarning bir turi bo’lsa-da, biroq o’ziga xos jihatlariga ko’ra, ma’lum bir tavsifga ega bo’lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi, turistni sayohatchi deyishimiz mumkin, ammo sayohatchini har doim ham turist deya olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchrovchi soha bo’lib hisoblanadi. Turizm bu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi bo’lib, turistning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha maxsus xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday maxsus xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyati avvalambor turistik firmalar, mehmonxonalar va shu xizmatlar bilan bog’liq bo’lgan turli xil boshqa tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati asosan bo’sh vaqtda amalga oshiriladi. Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun uchta omil bo’lishi shart: dam olishga ajratilgan bo’sh vaqt, tegishli mablag’ va xohishistagi. Uzoq vaqt davomida turizm faqat badavlat kishilarga mansub bo’lgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo’sh vaqtini va jamg’arilgan mablag’larini turli turistik safarlarga borishga bemalol sarflay olishi mumkin.
Iqtisodiy omillarni hisobga olish nuqtayi nazaridan tashrif buyuruvchilar – tunovchi, ya’ni bir kecha yotib qoluvchilar va bir kunlik, ya’ni 24 soatgacha (mehmonxonada) bo’luvchi turistlarga bo’linadi. Turizmning mohiyati va turistik faoliyatni yaxshi bilish uchun 2.1-jadval ma’lumotlarini to’liq o’zlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2.1-jadval Turizm jarayonida turistni sayohatchidan ajratib turuvchi asosiy farqlari




Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin